Xvi XIX asrning birinchi yarmi


-yilda Chingizxon hujuminatijasida Ko'hna Urganch shahri taqdiri nima bo'lganligini eslang


Download 460 Kb.
bet51/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

1221-yilda Chingizxon hujuminatijasida Ko'hna Urganch shahri taqdiri nima bo'lganligini eslang.
1646- yilda Abulg'ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqorida qayd etilgan Amudaryoning o'z yo'nalishini o'zgar-tirib Oral dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganch-ning (Ko'hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo'lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko'hna Urganch bo'lib qoldi.
Vazir shahri . Vazir Xorazmning shahar-qal'alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo'lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o'rtalarida asos solingan.
XVI asrda shayboniylarning o'zaro urushlari shaharni vayron bo'Iishiga olib kelgan. 1558- yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: „Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o'zaro urushlar oqibatida to'rt marta vayron bo'ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor".
1593—1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlan chog'ida ham shahar yana vayron etildi.
Abulg'ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko'chirgan. Shu tariqa shahar o'z ahamiyatini butunlay yo'qotgan.
Hunarmandchilik. Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko'p bo'lgan. Hunarmand malakali usta bo'lishi uchun ko'p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o'z kasbini to'ng'ich o'g'liga o'rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo'shimcha kishining mehnati talab qiltnsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o'rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o'zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o'z mahoratini namoyish etishi kerak bo'lgan. Sinovdan o'tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi.
Hunarmandlar o'z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlaming faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo'l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi.
Uyushma boshlig'i xonning xazina siyosatini o'tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi.
Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona — do'koniga ega edi.Hunarmand o'z uyida ham do'kon ochishi mumkin edi Ko'pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishh do'konlami ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling