Xvi XIX asrning birinchi yarmi


Download 460 Kb.
bet48/93
Sana23.02.2023
Hajmi460 Kb.
#1223658
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Bog'liq
8 O\'zbek

Abulg’ozi Bahodirxon.1616-yili Arab Muhammadxonning o'g'illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton nayman va uyg'ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko'tardilar. Ota farzandlariga yon bosdi. Ular boshqaruviga topshirilgan hududlarga Vazir shahrini ham qo'shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. 1621- yili ular yana isyon ko'tarishdi. Bu safar otalari Arab Muhammadxon tarafida uning boshqa ikki o'gli — Asfandiyorxon va Abulg'ozi Sulton urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash Sulton va Elbars Sulton qo'shinlari g'olib keldi. Noqobil farzandlarning amri bilan asir olingan otaning ko'ziga mil torttirildi va Xivaga keltirib qamab qo'yildi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, xon qatl etildi.
Abulg'ozi Sulton Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi. Asfandiyorxon esa Hazoraspda yashi-rindi. Keyinchalik u Eron shohi Abbos I huzuriga yo'l oldi va Lining yordamida 1623- yilda Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg'ozi Sulton Xivaga qaytdi. Akasi Asfandi­yorxon (1623—1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o'rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada, Abulg'ozi Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qo-chib yurishga majbur bo'ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo'lgan turkmanlarning chaqirig'i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. Akasi endi unga Xivani topshirishga majbur bo'ladi. Biroq olti oydan so'ng Abulg'ozi Eron tasarrufiga o'tgan Niso va Darunga (Ashxobod bilan Qizil Arvat o'rtasida joylashgan manzilgoh) hujum qilinganlikda ayblanib, hibsga olinadi va Eronga, shoh Safi I (1629—1642) huzuriga o'z navkarlari qo'riqchiligidajo'natiladi. Abulg'ozi Sulton Eronda 10 yil tutqunlikda kun kechirdi (1630— 1639). O'n yildan so'ng tutqunlikdan qochib, 1642- yilda Orol o'z-beklari qarorgohiga yetib keladi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-yilda Abulg'ozi Bahodirxon Xiva xonligi taxtini egallaydi. Uning yigirmayillikxonlikdavrijang-ujadallar bilan kechdi. Buxoro xoni qo'shinlari bilan bir necha marta to'qnashdi.
Inoqlar .Abulg'ozi qabila boshliqlari nufuzini oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo'ldi. U xonlikdagi barcha qabilalarni to'rt guruhga bo'ldi: qiyot-qo'ng'irot, uyg'ur-nayman, qang'il-qipchoq, nukuz-mang'it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshlik aloqalari hamda joylashgan yeri hisobga olindi. Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli masalalarni hal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar.

Download 460 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling