Xvii asr o'rtalaridan boshlab Farg'ona vodiysida mustaqillik uchun
Download 18.22 Kb.
|
Xiva
XVII asr o'rtalaridan boshlab Farg'ona vodiysida mustaqillik uchun kurash qizib Markaziy Osiyo hududida shakllangan yangi xonlik Qo‘qon xonligi sulolasi boshlandi. Deyarli 170 yil mavjud bo‘lgan bu xonlik davrida uning chegarasi Farg'ona vodiysidan tashqariga chiqib, Qozog‘istonning janubiy tomonlari, bugungi Qiig‘iziston yerlari, Tojikiston mulklari, Toshkent vohasi yerlarini o‘z ichiga oldi. Qo'qon xonligi davri rivojlanishi XVIII asr oxiridan sezilarli bo'lib bordi. X o n lard an Olimxon (1800—1810), U marxon (18 1 0 —1822) Muhammad Ali Ma’dagi (1822—1842) hukmronligi yillarida xonlik chegaralari mustahkamlana boshladi. Toshkent, Chimkent, Sayram yerlari hisobiga xonlik chegaralari kengaydi. Shu davrda qator qal’a va qo‘rg‘onlar qad ko‘tardi. Mahram qal’asi, Oq masjid (hozirgi Qizil O'rda), Avliyoota (Jambul), Peshpek (Bishkek) kabi qator harbiy istehkomlar bunyod qilindi, ayniqsa, xonlik poytaxti Qo‘qon shahrida katta qurilish ishlari amalga oshirildi, masjid-madrasalar qad ko'tardi. Shahar markazida bozor va guzarlar, juma masjid, chorrahalarda esa katta bo'lmagan karvonsaroylar qurildi. Bu davr me’morligi kam bezakli bo'lib, binolarni katta qismi loy va paxsadan bunyod etildi. Farg'ona vodiysi me’morligi shu davr me’morlik uslublarida ishlangan bo'lishiga qaramay, o'ziga xos ko'rinishga ega ekanligini ham e’tirof etish kerak. Jumladan, Namangandagi Xo'jamning qabri maqbarasi shu xususda e’tiborlidir. Uning gumbaz osti ko'rinishi muqamasli qilib ishlanganligi bilan xarakterlanadi. Me’mor Muhammad Ibrohim tomonidan bunyod etilgan bu maqbarada rang ham ishlatilgan bo'lib, u gumbaz osti holatida o'ziga xos ko'rinish hosil qiladi. Farg'onaning bosh shahri bo'lgan Marg'ilondagi Zulqamayn maqbarasi minorali bo'lib, ular (ikkita minorasi saqlanib qolgan)ning tepa qismi muqamasli. Bulardan tashqari, F a rg 'o n a d a avliyolarga atab qurilgan qator mozorlar saqlanib qolgan. Bular uncha katta bo'lmagan peshtoq-qubbali binolar bo'lib, ulaming eshiklari o'ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. Bu davrda ishlatilgan ustunlar ham muqamasli bo'lib, ulaming ustunlari ham o'ymakorlik san’ati bilan pardozlangan. XVIII asr o'rtalaridan Xo'qand qishlog'i Qo'qon xonligi poytaxtiga aylantirildi. Bu xonlik qurilishi uchun buxorolik ustalami yangi poytaxtga taklif etdilar. Natijada bu yerga Buxorodan ko'plab ustalar ko'chib kela boshladi. Natijada shu davrda qurilgan binolar bezagi va tarhida Buxoro ta’siri sezilarli o'rin egalladi. Buni Norbo'tabiy madrasasi misolida ko'rish mumkin. Tasviriy san’at haqida qo'qonlik musawir Xoji Nosir Muhammad Shokirboyning Fuzuliyning «Layli va Majnun» asariga ishlangan miniatyuralari tasawur beradi. Ular o‘ta sodda dekorativ yo'nalishda yechilgan. Qo'qon xonligi mahobatli dekorativ rassomligida gul va daraxt shoxchalari tasvirlarida, turli handasiy shakllardan tashkil topgan pannolarda uchraydi. Adabiyot san’atining rivoji bo'yicha Qo'qon Markaziy Osiyo hududida o'zini yaqqol namoyon qildi. Bu yerda yashab ijod qilgan Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Mahzunalar o'z davrlari ruhini she’rlarida aks ettirdilar. Qo'qon xonligi tugatilib 1876-yillar o'rtasida Farg'ona viloyati tashkil etilgandan keyin Qo'qon shahri yangi viloyat markaziga aylantirildi. Farg'ona shahriga asos solindi. Bu yerda shu shaharsozlik asosida to'g'ri va tekis ko'chali ma’muriy jamoat binolari loyihalashtirildi. Bu binolar uchun shu davrda mavjud uslublar va ulaming elementlari ishlatildi. Namangan, Andijon, Qo'qon shahri ta’mirlanib, yangi tarh asosida binolar barpo etildi. Qurilish san’atida asosan rus me’morchiligi orqali kirib kelgan yevropacha uslublar keng ishlatildi. Shu davrda qurilgan uy va saroylar, sobor va cherkovlar, pochta, telegraf, kasalxona, temir yo'l bekatlarida yevropacha me’morlik an’analari mahalliy sharoitda o'ziga xos ko'rinish kashf etdi. Download 18.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling