Xvii asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda ko`p millatli Avstriya imperiyasi. Vengrlar va Chexlar Gabsburglar hukmronligi ostida reja


Download 73.75 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi73.75 Kb.
#1411552
  1   2   3
Bog'liq
xvii asrning ikkinchi yarmi va xviii (7)


Aim.uz

XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda ko`p millatli Avstriya imperiyasi. Vengrlar va Chexlar Gabsburglar hukmronligi ostida
REJA:

1. 30 yillik urushdan keyin Gabsburglar monarxiyasi.


2. Avstriya podsholigidagi o`lkalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Dehqonlar.
3. XVIII asr 2-yarmida Chexiyada feodallarga qarshi milliy kurash.
4. XVII asrning 2-yarmi va XVIII asrda Vengriya.
5. XVII asr oxiri - XVIII asrda Chexiyada feodallarga qarshi milliy kurash.
6. XVIII asrda Vengriyaning Avstriya monarxiyasi tarkibidagi ahvoli.

O`ttiz yil davom etgan urush Gabsburglar xonadoniga mansub bo`lgan imperatorlarning o`z hokimiyatini kuchaytirish va nemis knyazlarini siyosiy jihatdan o`ziga bo`ysundirish yo`lidagi urinishlari barbod bo`lganini ko`rsatdi. Biroq Gabsburglar xalqlar va territoriyalar ustidan yuritib kelgan o`z hukmronligini saqlab qoldi. Bu xalqlar va territoriyalar XVI asrning boshlaridan e`tiboran "Gabsburglar xonadonining meros o`lkalari" deb atala boshlagan o`lkalari XIX asrdan boshlab qisqacha Avstriya deb atala boshlandi. Bu davlatning bir muncha kattaligi va uning turklar hujumidan saqlanishda janubiy sharqda tayanchlik rolini bajarib kelishi, Gabsburglarning imperator degan nomni uzluksiz saqlab kelishini ta`minladi. Biroq, Gabsburglar, imperatorlar bo`lib kelgan bo`lsa-da, ular ko`p sonli va tarqoq o`lkalarning hokimlari edilar. XVII asrda, Gabsburglar qo`l ostidagi markazlashgan davlatga aylanmoqda edi, bunga sabab, turklarning bosqinchilik xavfi edi. 1526 yilda Moxach yonida birlashgan chex-vengr qo`shinlarining tor-mor keltirilishi, turklar tomonidan Vengriyaning ko`p qismini bosib olinishi chex magnatlari va vengr dvoryanlarning bir qismini o`z qo`l ostidagi territoriyalarini zo`r berib kengaytirishga intilib kelayotgan Gabsburglarni o`z podsholari deb bilishga majbur etdi. Germaniya sostavidagi o`lkalarni o`ziga qo`shib olishga uringan Fransiyaning bosqinchilik siyosati ham Gabsburglar hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Shu sharoitda Yevropaning qoq o`rtasida markazlashgan yangi katta bir davlat tashkil topdi. Bu davlat o`zining etnik jihatidagina emas, balki o`z sotsial strukturasi jihatidan murakkab bir davlat edi, chunki uning sostavidagi elatlar va davlatlar xo`jalik va sotsial jihatidan bir-biridan juda farq qilar edi.


Bu davlatning asosiy o`zagi nemis viloyatlari yuqori-quyi Avstriya, Tirol’ va janubiy-g’arbiy Germaniyadagi Shvabiya yerlari deb atalgan o`lkalar edi. Janubda Shtiriya, Karintiya va Krayna bilan tutashgan edi, Karintiya bilan Shtirya esa asosan slovyan viloyatlari edi. Slovyan o`lkalari bo`lgan Chexiya, Moraviya, Sileziya va o`zining entik sostavi jihatidan murakkab davlat bo`lgan sobiq Vengriya qirollligining bir qismi bosib olinishi natijasida Gabsburglar qo`l ostidagi o`lkalarning milliy sostavi yanada murakkablashib ketdi. Feodal munosabatlar u qadar avj olmagan Tirolni e`tiborga olmaganda, Gabsburglar qo`l ostidagi boshqa hamma o`lkalarda dehqonlar o`z xo`jayinlariga feodal tutqun bo`lib, og’ir ahvolda kun kechirar edilar. Germaniyaning qolgan qismidagi kabi, bu yerda ham yer-suvga berkitilgan dehqonlarning barshchinaga asoslangan yirik pomeshchiklar xo`jaligi avj olgan viloyatlar hamda xo`jayinlariga natura yoki pul shaklida feodal renta to`laydigan mayda dehqonlar xo`jaligi hukm surgan viloyatlar bor edi. Shafqatsiz sotsial zulm ustiga milliy qullik ham hukm surgan yerlardagi dehqonlarning ahvoli ayniqsa og’ir edi. Bu hol chex xalqining boshiga tushgan musibatlarda juda yaqqol namoyon bo`ldi, chex xalqining milliy mustaqillikdan mahrum bo`lishning barcha oqibatlarigina emas, balki o`ttiz yillik urushning mahv etuvchi natijalarini ham boshidan kechirdi. Bu urush natijasida mayda va o`rta hol chex dvoryanlarining ko`p qismi mamlakatdan haydab chiqarildi, yoki yer-suvdan mahrum etildi. Bu dvoryanlarning yer mulklari musodara qilindi, so`ngra imperator qo`shinlarining va katoliklar ligasi otryadlarining ofitsyerlariga ulashildi yoki kim oshdi yo`li bilan sotildi. Dvoryanlarning yer mulklariga ega bo`lib olgan yangi xo`jayinlarning ko`pchiligi nemislar edi. Bu yangi dvoryanlar dehqonlarning tutqunligini kuchaytirib yubordi. Dehqonlarning yer suvlarini talash hisobiga pomeshchiklarning yer suvlarini ko`paytirdi va barshchina to`lashni uzluksiz oshirib borib, dehqonlarning ahvolini yanada og’irlashtirib yubordi. Chexiyada zulmning kuchayishiga dehqonlar XVII va XVIII asrlar davomida ommaviy qo`zg’olonlar ko`tarish bilan dehqonlarning doimiy tus olib ketgan g’alayonlari va Avstriya podsholigidagi ishchilar talab qiluvchi kapitalistik sanoatning rivojlana boshlashi dvoryanlarga dehqonlarni batamom qullikka olish uchun imkon bermadi. Rasman dehqonlar tutqun emas, balki fuqaro deb hisoblanardi. Eng badavlat dehqonlarning bir qismi haq to`lagan badavlat dehqonlar deb ataluvchilar ya`ni shaxsiy tutqunlikdan haq to`lab ozod bo`lgan dehqonlar o`z uchastkalariga rasmiy egalik qiluvchi shaxsan yerkin dehqonlar edilar. Uzoq yillar davom etgan urushlar natijasida vayron bo`lgan Vengriyada dehqonlarning ahvoli yana ham og’ir edi. Dvoryanlar mamlakatdagi yer suvlarining hammasiga egalik qilar hamda turli xil yengillik va imtiyozlardan foydalanar edi, ular har qanday soliq va o`lponlardan ozod qilingan edi. Vengr dehqonlari, Vengriya qirolligi territoriyasidagi slovyan, transil’van dehqonlari pomeshchiklarga krepostnoy tutqun bo`lib, erkin suratda. bir joydan ikkinchi joyga ko`chish huquqidan mahrum etilgan edi. Foydalanish uchun pomeshchik tomonidan berilgan yer uchastkasi evaziga dehqon hosilning bir qismini pomeshchikka berish, natura va pul shaklida har xil obroklar to`lashi kerak edi. Pomeshchikning mulkida barshchina ishlarini o`tash majburiyati vengr dehqoni elkasidagi eng og’ir yuk edi. Barshchinaning miqdorini faqat pomeshchikning o`zi belgilar edi. Gabsburglar g’arbiy o`lkalaridagi dehqonlarning ahvoli Chexiya va Vengriyadagi dehqonlarning ahvolidan o`zgacha edi. Dvoryanlar o`z hovli-joylarida istiqomat qilmay, armiyada xizmat qilishni afzal ko`rar va Avstriya byurokratiyasi safidan o`rin olar edi. Dehqonlar o`z yer uchastklaridan rasmiy foydalanuvchi yer egalaridan iborat edi, biroq jamoa yer suvlarining feodal tomonidan bosib olinishi va feodal rentaning ko`payishi XVI asrdayoq Germaniyadagi dehqonlar urushi vaqtida ham, bu urushdan keyin ko`pdan-ko`p qo’zg’olonlarga olib kelgan edi. Misol: 1596-1597 yillarda Shtiriyada va yuqori Avstriyada dehqonlarning katta qo`zg’oloni bo`lib o`tgan edi. Aholisi slovyanlardan iborat bo`lgan viloyatlardan dvoryan pomeshchiklarning ko`p qismi nemislar edi, bu esa dehqonlarning ahvolini yanada og’irlashtirib yuborgan edi.
Sanoat qishloq xo`jaligida feodal munosabatlarning hukm surishi va ichki bozorning tangligi Avstriya sanoatining rivojlanishiga to`g’anoq bo`ldi. Biroq XVII asrda mamlakatning sanoat sohasidagi taraqqiyotida bir qancha muhim o`zgarishlar yuz berganini ko`rsatib o`tish mumkin. XVII asrda va XVIII asrning boshlarida asosiy o`rinda turgan hunarmandchilik korxonalari bilan bir qatorda mamlakatda ma`lum darajada qishloqdagi kosibchilik ishlab chiqarishi zaminida manufakturalar paydo bo`la boshladi. XVII asrning boshlarida sexlar monopoliyasi va belgilangan tartiblarni zaiflashtirishga qaratilgan bir qancha farmonlar chiqdi. Iosif I (1705-1711) usta degan unvon berilganini bildiradigan patentlarni ko`plab in`om qildi. Uning vorisi Karl VI zamonida (1711-1740) Shunday bir farmon chiqarildiki (1725), unda shogirdlarga, usta degan unvon olmasdan o`z kasblari bilan shug’ullanish ruxsat etilmadi.
Avstriya imperiyasi siyosiy taraqqiyot sohasida Yevropadagi boshqa davlatlardan juda ham orqaga qolgan edi. Mamlakat ichida ko`pdan-ko`p boj, chegaralari va bojxonalar bo`lishi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib yuborgan edi, bu boj chegaralari va bojxonalar ichki bozorning tashkil topishini juda ham qiyinlashtirib qo`ygan edi. O`rta asr sexchilik tuzumi, ayrim viloyat, shahar va toifalarning imtiyozlari ham davlatning iqtisodiy taraqqiyotiga va birlashuviga to`g’anoq bo`lib kelmoqda edi. Davlatni idora qilish ishining bir qadar bo`sh markazlashtirilishi katta yer magnatlaridan iborat hukmron to`daning manfaatlariga mos tushar edi, bu magnatlar o`rta asrlardagi feodallarning siyosiy traditsiyalarini davom ettirar, davlatni mudofaa qilish manfaatlari yoki dehqonlar qo`zg’olonlarini bostirish zarurati talab qilgan vaqtdan boshqa mahalda qirol hokimiyatining haddan tashqari kuchaytirilishiga qarshi edi.
XVII asr 2-yarmida Gabsburglar bilan boshqa nemis knyazlari o`rtasidagi kurash butunlay to`xtamagan edi. Yana boshlanib ketgan Turkiya agressiyasiga zarba berish va agressiv Fransiyaga qarshi kurashish uchun barcha german hokimlarining manfaatlari yo`lida kuchli Gabsburglar davlati barpo qilish zarur edi. "Imperatorlar" butun Germaniya ishlariga kam aralashib, o`zlarining merosiy o`lkalari ichida o`z hokimiyatlarini mustahkamlash ishi bilan avvalgi vaqtlarda qaraganda ko`proq shug’ullandilar. Chunki sinfiy ziddiyatlarning keskinlashib borayotganligi dehqonlar harakatining avj olib ketayotganligi bunga majbur qildi. Sanoatning rivoji bilan Gabsburglar barcha merosiy o`lkalardagi magnatlarni sekin bo`ysundira bordilar. Lekin Gabsburglarning asosiy siyosiy tayanchi o`rta va mayda dvoryanlar edi. Bu hollarning hammasi va shu bilan birgalikda markaziy byurokratik jamiyat apparatining mustahkamlanishi Gabsburglar davlatining absolyut monarxiyaga aylanayotganligini bildirar edi. Mahalliy "darajalar" yig’ilishlariga seymlar yoki lontaglarga kelganda shuni aytish kerakki ular o`z ahamiyatini, toifalarining vakolatli muassasalari sifatida ish olib borish ahamiyatini asta-sekin yo`qotib, juda tor huquq doirasiga ega bo`lgan zemstvo yig’ilishlariga aylana bordi. Ular o`z oldilariga saroy tomonidan qo`yilgan talablarga XVII asrdayoq majbur etilar edi. 1711 yilda Rakotsi qo`zg’oloni mag’lubiyatga uchragandan so`ng ilgarigi vaqtlarda bir qadar mustaqil bo`lib kelgan, Vengriya seymi ham og’ir ahvolga tushib qoldi. Gabsburglar hokimiyatining dehqonlarga qarshi kurashda mustahkam tayanch deb bilib, bu hokimiyatga umuman taslim bo`ldi. Bu qo`zg’olonlar vaqtida pomeshchiklarning qasrlariga o`t qo`yilar, pomeshchiklar va ularning yer suvlarini boshqaruvchi ishboshchilar o`ldirilardi. Dehqonlar barshchina o`tashdan, natura majburiyatlarini to`lashdan bosh tortar edilar. Davlat manfaatlarini ta`minlashga qaratilgan mulohazalar ham dehqonlar reformasini o`tkazishga majbur etgan jiddiy bir sabab bo`ldi. Feodallar tomonidan solinayotgan haddan tashqari ko`p majburiyatlar dehqon xo`jaligini tushkunlikka olib kelgan edi. Dehqonlar davlat soliqlarini to`lay olmas hamda rekrutlarni yaxshi yetkazib bera olmas edilar. XVIII asr boshlarida hukumat bir necha bor farmon chiqarib, bu farmonlarga pomeshchiklarning dehqonlarga nisbatan beboshligini cheklashga urindi, biroq farmonlar qog’ozdagina qolib, mutlaqo amalga oshmadi. Mamlakatning yetti yillik og’ir urush natijasida vayron bo`lishi, dehqonlar masalasini juda ham keskinlashtirib yubordi. Avstriyaning bir qancha rayonlarida dehqonlar qo`zg’olonlari ko`tarildi. Hukumat qo`zg’olonlarni bostirish uchun qo`shin yubordi. Dehqonlarning rahbarlarini qatl etdi. Biroq jazo choralar ko`rish yetarli yordam bermadi. Hukumat reforma o`tkazishga majbur bo`ldi. 1767 yilda Avstriya, Sileziyada, 1775 yil esa Chexiyada va Moraviyada qo`zg’olonlar ko`tarildi. 1771 yil va 1775 yil 18 avgust farmonlarining chiqishiga ana shu qo`zg’olonlar sabab bo`ldi, bu farmonlarda dehqonlar tomonidan barshchina to`lanadigan obroklarning me`yori belgilandi. Barshchina 10 soat bo`lishi bilan haftada 3 kun o`tiladigan bo`ldi.
Pomeshchiklarning vodchina sudi hamda ularning dehqonlarga qarshi yer-suvga egalik qilish huquqlari cheklab qo`yildi, imperatorning yer mulklaridagi krepostnoy huquq bekor qilindi. Mariya Tereziya chiqargan qonunlar qishloq xo`jaligidagi mavjud tartiblar negizini o`zgartirmadi. Yerga egalik formalariga krepostnoylikka, butun agrar munosabatlarga dahl qilmadi, Dehqonlar biriktirilganicha qolaverdi, barshchina ham dehqonlar majburiyati bo`lib qolaverdi. Iosif II dehqonlar masalasini yumshatish tadbirini olg’a surdi. 1781 yil 1 noyabrida Chexiyada, Moraviyada va Avstriya monarxiyasining boshqa o`lkalarda krepostnoy tutqunlikni yo`qotish to`g’risida yorliq chiqardi. Bu yorliqda dehqonlarning krepostnoy tutqunligi bekor qilinib, bu tutqunlik o`rniga yangi fuqaro munosabatlari o`rnatildi, bunday munosabatlar Avstriyaning bir qismida qadimdan hukm surib kelar edi. Fuqarolar shundan so`ng ham pomeshchiklarga itoat qilish kerak bo`lsa-da, lekin shaxsiy erkinlikka chiqdilar. Dehqonlar endi o`z xohishlaricha uylana olar edilar, ular pomeshchiklarning yer suvlarini o`z ixtiyorlari bilan tashlab ketish huquqiga ega bo`lib, o`zlari xohlagan kasb va hunarni o`rganishlari mumkin edi. Fuqarolar xo`jayinning hovli ishini bajarish majburiyatidan ozod qilingan edi. Biroq dehqonlar o`z chek yerlari uchun yer egalari foydasiga barshchina va boshqa xil majburiyatlarni o`tashlari lozim edi, Dehqonlarning yer uchastkalari uchun pomeshchiklar bilan fuqarolarning ixtiyoriy kelishuvi asosida haq to`lanadigan bo`ldi.
Dehqonlarning uchastkalari uchun haq olish keng yoyildi. 1783-1789 yillarda hukumat dehqonlar o`taydigan majburiyatlarni birlashgan yer solig’i joriy qilish va yangidan yer ro`yxati tuzish yo`li bilan tartibga solishga urindi. Hamma majburiyatlar pulga chaqib undiriladigan bo`ldi. Yangi daromadning 70 %i dehqonda qoldirilib, 12 %i davlat solig’i uchun, qolgan 18 %i yer egasiga pomeshchikka to`lanardi. Iosif II qo`shimcha mahsulotni ko`paytirmoqchi va hukmron sinfni agrar inqilob xavfidan saqlamoqchi bo`lgan edi. Dvoryanlar namoyondalaridan birining bildirgan noroziligiga javoban Iosif II : "Dehqonlar bizga hech narsa bermay qo`yadigan vaqt kelishini kutib o`tirmay, ularga ayrim yengilliklar berganimiz yaxshi bo`lmasmikin" degan edi. Iosif II o`lgach (1790) . 1789 yilda Fransiyada bo`lib o`tgan inqilobdan so`ng, reaksion dvoryanlar Iosif II o`tkazgan hamma reformalarning bekor qilinishiga erishdi desak bo`ladi. Absolyutizmning siyosiy tuzumi har qanday reformaga dushmanlik ko`zi bilan qaradi. Avstriya absolyutizmning hamma o`lka va viloyatlarning nemis dvoryanlari va bryurokratiyasiga batamom bo`ysundirish yo`lidagi urinishlariga monarxiyaning ayrim qismlari qarshilik ko`rsatdi.
Vengriya feodallari, dehqon va kon ishchilari harakatini bostirib, shaharlarni siyosiy jihatdan cheklanishga majbur etdi va o`zaro urushlar olib borish qirolning markaziy kuchlarini zaiflashtirib qo`ydi. Turklarga qarshi olib borilgan urushda vengr qo`shinlari 1526 yilda Moxach yonida qattiq mag’lubiyatga uchradi. Sal vaqt o`tmay, Vengriya uch qismga bo`lib tashlandi. Vengryaning markaziy qismini ya`ni aholisi vengrlar, xorvatlar, serblardan iborat bo`lgan katta qismini turklar bosib oldi, aholisi vengrlar va slovaklardan iborat bo`lgan g’arbiy va Shimoliy qismi Gabsburglar asoratiga tushdi, aholisi valaxlardan iborat bo`lgan sharqiy va janubiy sharqiy qismlari Turkiya sultoniga tobe bo`ldi va Transilvaniya knyazligi deb e`lon qilindi. XVII asrda Yevropada bo`lib o`tgan 30 yillik urush davrida Vengriya o`z mustaqilligini yo`qotgan, 3 qismga bo`lingan holda Gabsburglar sostaviga kirdi. Reformatsiya va cherkov yerlarini musodara qilinishi venger feodallari uchun juda qo`l keldi. Gabsburglar xonadoni ko`p o`tmay, reformatsiyaga qarshi kurash boshladi. U avval Avstriya chegarasiga yaqin joylardagi komitetlarga hujum qildi. So`ngra kurash butun mamlakat ichida avj olib ketdi. Vengr feodallari va dvoryanlarning ko`pchilik qismi, ya`ni o`zlari shafqatsizlik bilan ezayotgan krepostnoy dehqonlardan doimiy xavfsirab feodal va dvoryanlar murosaga kelish yo`liga kirdi. Katolik ruhoniylaridan tortib olingan yerlarning bir qismi egalariga qaytarib berildi. Reformatsiyaga qarshi olib borilgan kurash vengr dvoryanlarning anchasini krepostnoy dehqonlarni Gabsburglar boshchiligidagi katoliklar cherkoviga qaytardi. XVII asrdayoq vengr feodallarining katta qismi, ezilgan xalq ommasidan qo`rqishi sababli, Venani o`ziga tayanch deb bilib, Avstriyaning itoatgo`y malaylariga aylandilar. Vengr katoliklari Avstriya imperatori bilan til biriktirish yo`lini tutdilar. egr katolik Episkopi Suxan o`sha zamonda o`tgan kishilardan birining e`tiroficha, soxta hujjatlar yasadi, aldash mumkin bo`lgan kishilarning hammasini aldadi, qurol kuchi bilan g’ayri qonuniy soliqlar yig’di va yolg’iz o`zi shuncha gunoh qildiki, buni so`z bilan ifodalash qiyin. Transilvaniyaning protestant hukmdorlari, Gabor Betlen (1580-1629) o`z o`lkalarining mustaqilligi uchun muvaffaqiyatli kurash olib bordilar, vengrlarning butun Vengriyani ozod qilishga qaratilgan milliy harakatini vujudga keltira olmay, mag’lubiyatga uchradilar, chunki ular o`z kurashlarida keng xalq ommasiga tayanmadilar. Protestantlar Transilvaniyasi katoliklar g’arbiy Vengriyasidan farq qilsa-da, lekin dehqonlarni ezishda Transilvaniya pomeshchiklaridan aslo qolishmas edi. Protestant Cherei (1625-1659) Transilvaniya oliy maktabida o`qish-o`qitish ishlarining vengr tilida olib borilishiga erishmoqchi bo`lib: "G’aflatda yotgan, jaholat bosgan mojar, g’aflat uyqusidan uyg’onish vaqting keldi" deganida, uni bidatchi deb surgun qildilar. Vengr pomeshchiklari uchun krepostnoy qaysi millatdan bo`lmasin ruminmi, xorvatmi, slovakmi, ukrainmi va vengrmi mutlaqo baribir edi. Ular bu krepostnoylarni birday ekspluatatsiya qilaverar va "itoatsizlik qilgani" uchun jazolayverar edilar, Gabsburglar o`zlarining Vengriyadagi o`lkalariga yangi soliqlar soldi. Bu soliqlarni yig’ish uchun mas`ul bo`lgan vengr dvoryanlari u soliqlarning butun og’irligini dehqonlar ustiga qo`yishga harakat qildi. Qashshoqlikka solingan krepostnoy dehqonlar qirol soliqlarini to`lash bilan bir vaqtda pomeshchik foydasiga ado etiladigan majburiyatlarni o`tay olmas edilar. Vengr dehqonlari oxirgi chorak g’allalarini berishga majbur bo`lganliklaridan o`zlari och qolar edilar. Gabsburglar soliqlar yig’ish uchun Vengriyaga joylashtirilgan Avstriya qo`shinlariga tayanib, dehqonlarning bor-budlarini soliqqa olardi.
Sobiq Vengriya qirolligining deyarli hamma territoriyasini Gabsburglar monarxiyasi sostaviga qo`shib olish ishi ana Shunday vaziyatda, Avstriya bilan Turkiya o`rtasidagi qirg’in soluvchi urushlar jarayonida, XVII asr oxirlarida tugallandi. Imperator tomonidan bosib olingan territoriyada vengr magnatlari chegaralaridagi qal`alarini qo`riqlash ishlarini 1618 yildayoq avstraliyaliklarga topshirgan edi. 1683 yil Avstriya va Turkiya o`rtasida urush chiqdi. 1686 yil Avstriya qo`shinlari Buda qal`asini turklar asoratidan ozod qildi. Turklar Vengriyadan asta-sekin chiqarila boshlandi, 1699 yildan e`tiboran butun Vengriya Gabsburglar qo`l ostiga o`tdi. 1687 yil gabsburglar qo`shinlari turklarni Transilvaniyadan surib chiqardi, Transilvaniya avval vassal mamlakat deb e`lon etildi, Transilvaniyada batamom Gabsburglar hokimiyati o`rnatildi. Transilvaniya pomeshchiklar yangi sharoitda o`zlarining feodallik imtiyozlarini saqlab qolib, rumin va vengr dehqonlarini ezishni davom ettirdilar. Imperator tarafdori, Vengriya noibi pal esterxazi bu vaqtda Avstriya malaylari to`g’risida quyidagilarni yozgan edi: "Ular aholidan shu qadar ko`p ozuqa tortib olayaptiki mamlakatda ochlik boshlanmoqda va xalq o`zining bolalarini, xotinlarini, yosh qizlarni ajnabiylarga sotishga majbur bo`lmoqda. . . Ko`p kishilar o`z oilalarini, o`zlarini ham o`ldirmoqda. Minglab kishilar o`rmonlarda bekinib jon saqlamoqda». Gabsburglarning harbiy qismlarini Vengriya qirolligi yerlariga joylashtirish sistemasi dehqonlarning ahvoliga juda og’ir ta`sirini ko`rsatib o`tish lozim. Gabsburglar bu sistemani 1671 yilda joriy etdilar va uni XVII asrda ham qo`lladilar.
Dehqonlar soldatlarga "yashash" uchun joy berish bilan birga, ularni ozuqa bilan ham ta`minlashga majbur edilar. Bu sistema esa dehqonlarni talashdan boshqa narsa emas edi. Avstriya va Turkiyaning 1683-1699 yillardagi urush vaqtida shunday hollar ro`y berib turdiki, harbiy qismlar tomonidan talangan qishloqlar huvillab qolardi, hamma oziq-ovqat mahsulotlari tortib olingandan so`ng dehqonlar xotinlari, bola chaqalari va ko`ch-ko`ronlari bilan qochib ketardilar yoki ochdan o`lardilar. Avstriya qo`shinlarining talonchilik bilan shug’ullanishi natijasida Vengriya tekisligidagi boy shaharlar tushkunlikka yuz tutdi. Masalan, general Karaff qo`mondonligidagi Avstriya qo`shinlari Avstriya- Turkiya urushi vaqtida Debretsin aholisidan 1800 ming forint soliq olgandan so`ng bu shahar uzoq vaqtgacha vayron bo`lib yotgan. Gabsburglar tomonidan bosib olingan vengr yerlari Avstriya saroy ahllariga va generallariga sotildi, vengr feodallari o`z yer mulklarini katta pul to`lash yo`li bilan qo`llarida saqlab qoldi. Vengr yer magnatlari Gabsburglarga yoqish maqsadida 1687 yilda Gabsburglar sulolasini Vengriyadagi qirol hokimiyatining vorisi deb e`lon qildi. Vengr feodallari "Oltin yorliq" dan qirolning g’ayri qonuniy harakatlariga qarshilik ko`rsatish to`g’risidagi moddani chiqarib tashladilar. Avstriya bilan Turkiyaning 1683-1699 yillardagi urushi turklarning haydab chiqarilishiga va Vengriya bilan Transilvaniyaning Gabsburglar monarxiyasiga qo`shib olinishiga olib keldi. Turk istilochilari o`rniga Gabsburglar homiyligidagi mustamlakachilar keldi. Ko`p millatli Vengriya qirolligining parchalab tashlangan yerlari turklar haydab chiqarilganidan so`ng Gabsburglar qo`l ostida birlashdi, biroq Vengriyaning ba`zi o`lkalarigina bevosita Vena saroyiga bo`ysundirildi, qolgan o`lkalarida butun hokimiyat Avstriya amaldorlari qo`lida qoldi. Gabsburglar Vengriyani o`z monarxiyasining boshqa viloyatlardan hech qanday farqi bo`lmagan oddiy viloyatiga aylantirish maqsadida, aholisi vengrlar, slovaklar, ruminlardan va boshqa xil xalqlardan iborat bo`lgan viloyatlarda Gabsburglar muntazam ravishda nemislashtirish va katolik dinini yoyish ishlarini olib bordilar. Bu viloyatlarda ko`chirib keltirilgan ko`pdan- ko`p nemislar paydo bo`ldi. Nemis tili davlat tiliga aylana boshladi. Avstriya ma`murlari milliy ongning har qanday ko`rinishini darhol yo`qotdilar. Protestantlarni ta`qib etish kuchliroq suratda yangidan boshlanib ketdi. Iezutlar ahvoliga katolik dinini zo`rlab qabul qildirdilar.
Faqat ozgina vengr dvoryanlari, Gabsburglarga qarshi kurash uyushtirishga urindilar. Bu urushlarning hammasi muvaffaqiyatsiz tugadi. Masalan; 1670-1671 yillarda Ferents I Rakotsi rahbarligida uyushtirilgan kurash gruppasi fosh qilinib, unda qatnashganlarning ko`pi qatl etildi. Bunday kurashlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari kurash qatnashchilarning xalq ommasidan batamom ajralib qolganligi, bu xil kurash tashkilotchilarning faqat tashqaridan yordam olmoqchi bo`lib, ish ko`rganligi bo`ldi. Vengr dvoryanlari bu tajribani 70 yillarning oxirlarida boshlab ma`lum darajada e`tiborga olib ish ko`radigan bo`ldilar. Avstriyaning kolonizatsiya siyosati, katolik cherkov zulmining kuchayishi, Avstriya ma`muriyati va yollanma qo`shinlari tomonidan qilinayotgan jabr sitamlar keng dehqonlar harakati ko`tarilishiga sabab bo`ldi (1678-1685) , vengr dvoryanlari bu harakatdan o`z sinfiy manfaatlari uchun foydalanishga urindi. Jabr-zulmlar vengr va slovak dehqonlarini issiq o`rinlarini sovutib, qochib ketishiga majbur etardi, 1514 yilda bo`lib o`tgan dehqonlar urushida qatnashganlarni xotirlash maqsadida "kurutslar" deb atalgan qochoq dehqonlar Transilvaniya bilan chegaradosh bo`lgan sharq rayonlariga borardilar. Ular bu rayonlardan yordam olishni umid qilar edilar. Gabsburglarga qarshi kurashda qatnashgan dvoryanlar, protestantlar ham shu rayonlarga kelib bekingan edilar. Dehqonlarga 1671 yilda qatl etilgan dvoryanlarning do`sti Imre Tyokyoi boshchilik qilardi. Unga bu vaqtda imperatorga qarshi urush olib borayotgan Fransiya qiroli Lyudovik XIV yordam berishni va`da qilgan edi. 1678 yilda kurutslar Tyokyoi rahbarligi ostida Shimoliy Vengriya uyushqoqlik bilan hujum boshladi. Vengr va slovak dehqonlari kurutslarni shod - xurramlik bilan kutib olib, Gabsburglarning qo`shinlariga qarshi kurashda ularga yordam berdilar. Sal vaqt ichida Vengriyaning ancha hududi, Transilvaniya chegarasidan tortib to Garamgacha ozod qilindi va Tyokyoi o`zini ozod qilingan territoriyaning knyazi deb e`lon qildi. Biroq, Tyokyoining xalqqa tayanishdan ko`ra, avval Fransiyaga so`ngra esa vengr va slovak aholini ezib, xonavayron qilib kelgan Turkiyaga ko`proq tayanishga intilishi butun harakatini barbod etdi. Imperator Leopol’d I avval yon berdi-yu, lekin turklar Venani qamaldan bo`shatgandan so`ng, hujumga o`tdi. Avstriya qo`shinlari 1684-1685 yillar mobaynida Tyokyoidan Tarnavani deyarli butun Slovakiyani tortib oldi, natijada 1685 yilda Tyokyoi knyazligi tugadi. 1685 yildan boshlab, ya`ni Avstriya qo`shinlari turklarni surib chiqarib, bu hududlar ishg’ol qilganidan keyin vengr isyonchilarini jazolashga kirishildi. Ammo vayronlik keltiruvchi urushlar to`xtovsiz bo`lib turgan hamda sotsial va milliy zulm kuchayib borayotgan bir sharoitda XVII asrning oxiri va XVIII asr boshlarida dehqonlarning bir necha yangidan- yangi katta qo`zg’olonlari bo`lib o`tdi. Gabsburglar olib borayotgan mustamlakachilik siyosatidan eng ko`p jafo chekayotgan krepostnoy dehqonlar avstriys bosqinchilariga va ular bilan hamkorlik qilayotgan vengr feodallariga qarshi kurash olib bordilar. O`rmonlarda va botqoqliklarda bekinib yurgan qochoq krepostnoy dehqonlar otryad-otryad bo`lib to`planib, nemis va vengr yer magnatlarini yer mulklariga juda ko`p hujumlar qilib turdilar. Dehqonlar otryadlari muntazam avstriys qo`shinlariga ham katta talofat yetkazdilar. Slovakiya, Shimoliy Vengriya, Zakarpat Ukrainasi asosiy jang maydoniga aylanmagan bo`lsa ham, lekin har holda Gabsburglarning nemis landeknextlari (Yollanma soldatlari) ko`p jabr ko’rgan o`lkalarda, 1696 yilda Tamash ese boshchiligida dehqonlar qo`zg’oloni ko`tarildi. 1697 yilda Shimoliy-g’arbiy Transilvaniyada rumin va vengr krepostnoy dehqonlarning katta qurolli qo`zg’oloni ko`tarildi. Bu qo`zg’olonga Ferents Tokai, Dvyord’, Salontai va Marton Kabai singari dehqonlarning ko`p otryadlari qo`shildi. Qo`zg’olonchilar Avstriya qo`shinlaridan g’olib kelib, Sharoshtanak va Tokai qal`alarini ishg’ol qildilar, qo`zg’olonchilar 3 oydan ortiq vaqt davomida Avstriya qo`shinlarining hammalarini muvaffaqiyatli suratda daf qilib turdilar, Shundan so`ng Gabsburglar bilan vengr feodallari qo`zg’olonchi otryadlarni katta kuch yordami bilangina tor-mor keltirdilar. Bu qo`zg’olon butun Transilvaniya tomonidan quvvatlab, vengr va rumin krepostnoy dehqonlarning feodallar ekspluatatsiyasiga qarshi kurashni kuchayotganligini ko`rsatdi. Gabsburglar qo`shinlarining shavqatsizligi vengr xalqining o`z zolimlariga bo`lgan nafratini kuchaytirdi.
Ispaniya merosi uchun olib borilgan urush vaqtida, Avstriya armiyasining g’arbdagi janglar bilan band bo`lishi 1703-1711 yillarda Vengriyada Gabsburglarga qarshi milliy ozodlik urushi boshlanishi uchun zamin tug’dirdi. Dehqonlarning XVII asrdagi qo`zg’olonlari stixiyali bo`lgan bo`lsa-da, bu urush endi stixiyali emas edi. Bu urushda butun vengr xalqi qo`zg’aldi. Bu qo`zg’olon bayrog’iga "Vatan uchun, ozodlik uchun" degan shior yozilgan edi. qo`zg’olon ko`targan dehqonlar krepostnoy huquqdan qutulish umidida edilar. Dvoryanlarning o`t qo`yilgan hovli joylarining yonishi tunlarda qo`zg’olonchilar yo`lini yoritib turardi. Qo`zg’olon 1703 yilda Munkach rayonida boshlandi. Avval u faqat dehqonlar qo`zg’oloni bo`lib, pomeshchiklarga, soliq yig’uvchilarga, olib sotarlarga va hannotlarga qarshi qaratilgan edi. qo`zg’olon ko`targan dehqonlar feodallar foydasiga to`lanadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortdilar. Gabsburglarning mahalliy ma`murlari binolarini kunpayakun qildilar, mu so dara qilingan oziq-ovqat mahsulotlari omborlariga hujumlar qildilar, ayrim hollarda manfur zolimlarni jazoladilar. Bu harakat tusiga kirib, aholining boshqa tabaqalari, ya`ni Gabsburglar zulmidan norozi bo`lgan tabaqalar shahar kambag’allari, oz va o`rtacha miqdorda yer mulki bo`lib, Gabsburglar tomonidan xonavayron qilingan dvoryanlar, quyi darajadagi ruhoniylar ham qo`shildi. Krepostnoy dehqonlar qo`zg’oloni o`sib, keng milliy ozodlik harakatiga aylana boshladi. Qo`zg’olonga Ferents II Rakotsi rahbarlik qildi, u dvoryanlar tomonidan imperatorga qarshi uyushtirilgan kurashda qatl etilgan Ferents I ning o`g’li edi. Ferents II Rakotsi vengr xalqiga qaratilgan xitobnomalarida uni Vengriyaning mustaqilligini tiklashga va ajnaviy Gabsburglar hukmronligini yo`qotishga chaqirdi. Bu chaqiriqdan ilhomlangan dehqonlar krepostnoy tutqunlikdan qutulishdan iborat bo`lgan o`z maqsadlarini kurash jarayonida amalga oshirmoqchi edilar.
Dehqonlarning yo`lboshchilardan biri tamash ese Rakotsiga bunday xat yozgan edi: "qo`liga qurol olib, siz janoblarga sadoqat bilan xizmat qilayotgan krepostnoy dehqonlar bundan so`ng krepostnoy bo`lmaydilar". "Kurash kambag’allarni ezuvchi zolimlarga qarshi boshlandiku axir", qo`zg’olon bir necha hafta ichida butun mamlakatni qamrab oldi. Kurutslar paydarpay g’alaba qozondilar. Kurutslarning ko`p otryadlariga Tamash ese, Tamash Borbeli, Al’bert Kish va boshqalar rahbarlik qildilar. Dehqonlarning jangovar g’alabalariga erishuvida katta ahamiyatga ega bo`lgan narsa, qo`zg’olonda kurutslarning XVII asr oxirlarida bo`lib o`tgan dehqonlar qo`zg’olonida qatnashgan kurutslarning eski qo`shinlarining yaxshi qurollangan otryadlari ham qatnashdi. 1707 yil sentyabrda Varshavada shartnoma imzolandi, shartnomada Rakotsi bu davrda Pyotr I bilan mustahkam aloqa bog’ladi. Pyotr I unga Polsha taxtini bermoqchi bo`ldi. Shartnomada Rakotsi Polsha taxtiga o`tiradigan bo`lsa, Pyotr I Vengriya bilan Transilvaniyani ozod qilishda Rakotsiga yordam berishini va`da qildi, Fransiya esa Rossiya bilan ittifoqchi bo`lish to`g’risida shartnoma imzolaydigan bo`ldi. 1708 yil yozida Rakotsi huzuriga rus elchisi bordi. Birok shvedlarning Polshani bosib olish va Fransiya bilan olib borilgan muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashi Varshava shartnomasini amalga oshirishga xalal berdi.
Dvoryanlarning katta qismi kurutslarning g’alabalariga erishayotganini amalda ko`rgach, qo`zg’olonni Avstriyaga qarshi kurashga aylantirib yuborishga urinib, bu harakatda rahbarlik mavqeini egalladi. Bu pomeshchiklar qo`zg’olondan o`zlarining Gabsburglar cheklab qo`ygan barcha feodallik huquqlarini tiklash uchun foydalanishga intildi. Dvoryanlarning ikkinchi bir qismi, asosan katta yer-suv magnatlari qo`zg’olonchilarga qarshi kurashib, gabsburglar qo`shinlariga yordam berdi. Masalan, esterxazi Gabsburglar bilan shartnoma tuzdi, bu shartnomaga ko`ra milliy ozodlik harakati mag’lubiyatga uchragandan so`ng musodara qilinadigan hamma yer-suvlarning 25% unga berilishi kerak edi. Harbiy sanoat markazi Debretsin shahri edi. Rakotsi progressiv tadbirlarni amalga oshirdi, lekin u qo`zg’olonchi dehqonlarning asosiy ommasini qiziqtirgan eng muhim masalani hal qila olmadi. Krepostnoy huquqni bekor qila olmadi. U feodallar foydasiga o`tiladigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortgan dehqonlarni qattiq jazolay boshladi. qo`zg’olon rahbarlarining roli yildan-yilga pasayib bordi. Dehqonlar orasidan tayinlangan komandirlar vazifasidan olinib, ularning o`rniga aristokrat-generallar tayinlandi. Bu generallar kurutslarga dushmanlik nazari bilan qarar edi. Natijada qo`zg’olonning sotsial zamini toraydi va dehqonlar Rakotsi armiyasidan sekin-sekin chiqib keta boshladi. Hatto 1704 yilda Onat seymining Gabsburglarni Vengriya taxtidan mahrum etish va Rokotsining davlat boshlig’i deb e`lon qilinishi ham dehqonlarni zavqlantira olmadi. Oqibatda Gabsburglarga qarshi olib borilgan ko’p yillik urushning mashaqqatlari dehqonlar ustiga tushdi Rakotsi o`z armiyasining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, 1709 yilda farmon chiqardi, ozodlik urushida qatnashgan barcha dehqonlar unga ko`ra, erkin deb e`lon qilindi va bir qancha yengilliklar berildi. Biroq farmon kechikib chiqarilgan edi, shuning uchun ham u e`tiqodi qaytgan dehqonlarni armiyaga torta olmadi va ozodlik harakatiga yangi kuch baxsh eta olmadi. Rakotsi tashqaridan yordam olishni Gabsburglarga qarshi olib borilgan urush muvaffaqiyatli tugallashi uchun zarur bo`lgan asosiy shart deb hisoblardi. Lyudovik XIV Vengriya qo`zg’oloniga hech qanday harbiy yordam bermadi. Rakotsining Polsha, Shvetsiya, Turkiya va Prussiyaga qilgan murojaati ham hech qanday natija bermadi. Monaxlarning birortasi Gabsburglar bilan ochiqdan-ochiq to`qnashishga va Vengriya taxtini qabul qilishga ko`nmadi. Rakotsi armiyasi bir qancha vaqt katta janglarda mag’lubiyatga uchragandan so`ng 1710 yilda Mulkachga chekindi. Ana shu og’ir paytda Rakotsi Pyotr I huzuriga borib, Rossiyadan yordam so`radi. Poltava jangidan so`ng Rossiya va Vengriya o`rtasidagi uchrashuvlar do`stona tus olib ketdi. Rakotsi shved armiyasining qolgan qutganini o`z qo`l ostidagi territoriyadan o`tkazishdan bosh tortdi. Rakotsining Fransiya saroyidagi vakili Fransiya bilan Rossiya o`rtasida ittifoq tuzish to`g’risida ilgari olib borilgan muzokaralarning yangidan boshlanishiga tashabbuskor bo`ldi. Biroq ruslar va turklar o`rtasida 1711 yilda boshlangan urush Pyotr I ning Rakotsiga qurolli yordam ko`rsatishga xalal berdi. Hukumat va armiyaga joylashib olgan reaksion dvoryanlar Rakotsining harbiy mag’lubiyatlarga va tashqi siyosat sohasida qiyinchiliklarga uchrashidan foydalanib, Gabsburglar bilan murosaga keltiruvchi sulh tuzishga intildi. Rakotsining generallaridan biri graf Shandor Karoy 1711 yil 1 mayda avstraliyaliklar bilan Satmar shartnomasini imzoladi. Rakotsi bu voqeadan ilgari Vengriyadan chiqib ketgan edi. Avstriya qo`shinlari Ferents II Rakotsi rahbarligida ko`tarilgan milliy ozodlik qo`zg’olonini vengr feodallarining yordami bilan bostirgandan so`ng, kurutslar qurolsizlantirildi va jazolandi, milliy ozodlik kurashida qatnashgan kishilarning yer - suvlari Vena sohibkorlari va yuqori mansabdagi katolik ruhoniylar qo`liga o`tdi. O`z vataniga xiyonat qilgan vengr dvoryanlari ham o`z ulushlarni oldilar. Ularga yer mulklari bilan birga gersog, graf va baron degan unvonlar in`om qilindi.
Gabsburglar bilan vengr feodallari birlashib Vengriyani Gabsburglar monarxiyasining mustamlakasiga aylantirishga harakat qildilar. Gabsburglar oyog’iga yiqilgan vengr dvoryanlari vengr, xorvat, serb, slovak, rumin, ukrain dehqonlarini ekspluatatsiya qilishni kuchaytirdilar. Dvoryanlar xalq ommasiga xiyonat qildi. Ammo xalq ommasi kurashni Davom ettirdi. Kechagi kurutslar o`rmonlarga chiqib ketib, bat’yalarga (qaroqchi) - partizanlarga aylandilar. 1711-1713 yillarda slovak dehqonlarining partizanlik harakati ko`tarilib, vengrlar, chexlar, polyaklar ham qo`shildi. Slovak xalqi qahramoni-kurutslar tomonidan olib borilgan ozodlik urushi qatnashchisi YUriy YAnoshik rahbarligidagi partizan otryadlari imperator qo`shinlari ustidan bir necha marta g’alabalar qozonishdi
Avstriya saroyi Vengriyada bir-biri bilan raqobat qilayotgan feodallardan iborat yangi aristokratiya barpo qildi. Bu aristokratiya birgina ishora: "Imperator talayversin, biz ham talasak bo`lgani" degani ishoraga amal qildi. Gabsburglar bilan vengr pomeshchiklari sinfining xalq ommasiga qarshi qaratilgan til biriktirishi XVII asr birinchi yarmida bir qancha qonunlar bilan - Progmatik sanksiya, 1741 yildagi qonun va boshqa bir qancha qonunlar bilan mustahkamlandi. 1741 yilgi qonunga ko`ra dvoryanlarga soliq solishga doir masalalar umuman hech mahal seymda muhokama qilinmasligi va feodallarning yer-suvlariga umrbod soliq solinmasligi kerak edi. Vengr dvoryanlari bu davrda komitetlar tarqoqligini kuchaytirib yubordi. Ko`pdan-ko`p urushlar bo`lib turishi natijasida Vengriya shaharlari juda tushkunlikka yuz tutdi. Jang maydonlari zonasidagi bir qancha shaharlar vayron bo`ldi. Shaharlar keyingi bir necha 10 yil mobaynida ham yuksaldi. 1777 yilda Vengriyadagi 8 mln. cha aholidan atigi 30 ming kishigina sanoatda ishlar edi. Dehqonchilik esa basharti rivojlangan taqdirda ham, faqat ekstentiv suratda rivojlandi. Yerga ishlov berishda hech qanday yangi metodlar qo`llanilmadi. Vengriyadagi krepostnoy dehqonlarning bobokalonlari yerga 500 yil oldin qanday usullar bilan ishlov bergan bo`lsalar, bu dehqonlar ham o`shanday usullar bilan ishlov berardilar. Avstriya hukumati Vengriyani qishloq xo`jalik mahsulotlarini va xom ashyosini faqat Avstriyaga chiqarishga majbur etardi. Avstriya hukumati Vengriya, Slovakiya, Zakarpat Ukrainasi, Transilvaniya va Xorvatiyani Avstriyaning agrar mustamlakasiga aylantirishga intilar edi. Mariya Tereziya va Iosif II hukumatlari Vengriyadan Avstriyaning sanoat mollari sotiladigan bozor sifatida foydalanishga harakat qildi. 1775 yilda o`tkazilgan boj reformasi umuman boj va xiroj to`lovlarni 20% kamaytirgan reforma Vengriyaga nisbatan tadbiq etilmadi. Vengriyadagi eski sistema chetdan keltiriladigan va chetga chiqariladigan mollarga haddan tashqari ko`p soliq solish sistemasi kuchaya bordi. Mariya Tereziya, ayniqsa Iosif II Vengriya seymiga mutlaqo e`tibor qilmay farmonlar chiqardi.
1784 yildan boshlab vengr maktablarida o`qish- o`qitish ishlarini faqat nemis tilida olib borish ruxsat etildi, gimnaziyalarga ham nemischani biladigan o`g’il bolalargina olinar edi. Ma`muriy til ham nemis tili bo`ldi, davlat xizmatiga nemischani biladigan kishilargina qabul qilinar edi. Iosif II ning mazlum xalqlarga reformalar o`tkazish va nemislashtirish yo`li bilan yaxlit Avstriya davlati barpo qilishga urinishi vengr xalqining milliy adabiy tilini rivojlantirish yo`lidagi intilishini kuchaytirib yubordi. 1779 yilda "Vengriya vatanparvarlik jamiyati" tashkil etildi, lekin Iosif II bu jamiyatning o`z ishini keng yo`lga qo`yishga ruxsat bermadi. Birinchi ommaviy qiroatxona, so`ngra 1792 yilda kutubxona ochildi. 1784 yilda Budada vengr tilida birinchi marta teatr qo`yildi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Chexiyada yirik yer mulkining ko`payishi jarayoni kuchayib ketdi. O`rta va mayda darajadagi yer egaligining hissasi 10% gacha qisqardi. 30 yillik urushning oxirlariga kelib katta feodallar Chexiyadagi jamoa yerlarining 2/3 qismini o`z qo`liga oldi. Bu katta feodallarning ko`pchiligi Chexiyaga 1618-1620 yillardagi qo`zg’olonni bostirish maqsadida Fernand II bilan birgalikda bostirib kirgan ajnabiylar qo`lida edi. Shvartsenberglar, Vallenshteynlar, Lixtenshteynlar, Forstenberglar, Konleredo-Mansfel’dlar va Chexiyadagi boshqa katta yer-mulklari ana shu vaqtdan e`tiboran to`plana boshladi. Bu katta yer egalari 1618-1648 yillardagi urushdan so`ng ishlovsiz qolgan yerlarni ham o`z qo`liga oldi. Huquqi tiklangan katolik yer egaligi ham ajnabiylar qo`lida edi. Chexiya tuprog’ida feodallarning katta yer egaligi XVII asrning ikkinchi yarmida avj olib ketdi. Bu yer mulklarda feodal xo`jaliklar tashkil qilinib, bu xo`jaliklarda ko`plab g’alla yetishtirildi, baliqchilik qilish uchun katta hovuzlar qurildi. qo`y boqish uchun yaylovlar kengaytirilib, ayrim xo`jaliklarda qo`ylar soni mingga etdi. Tabiiy sharoiti imkon bergan xo`jaliklarda yog’och oqizildi. Sotish uchun g’alla, baliq, yung, yog’och-taxta, pivo etishtiriladigan bo`ldi. Feodal xo`jaliklar dastlabki vaqtlarda ichki bozor ehtiyojlarini ham ta`minlay boshladi. Tovar mahsulot ishlab chiqarishning o`sishi qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishidan dalolat beradigan ko`rsatgich edi. Katta feodal xo`jaliklarning tashkil topish jarayoni tugallanishi bilan dehqonlarning ikkinchi marta tutqunlikka solinishi kuchaydi. Bu jarayon tugallanishi bilan Chexiya nemislashtirilib va milliy zulm kuchayib bordi. XVII asr o`rtalarida dehqonlar xo`jaligi yerning hiyla qismidan mahrum bo`ldi, yerlarni feodallar yaylov, o`tloqlar tashkil qilish va hovuzlar qurish uchun tortib olgan edi. XVII asrning 50-70 yillarida dehqonlarning ko`pdan-ko`p g’alayonlari bo`lib o`tdi, bu g’alayonlarning ko`tarilishiga yangidan barshchina joriy qilinishi sabab bo`ldi. 1680 yilda qo`zg’olon ko`tarilib, butun Chexiyani va Movarxiyaning bir qismini o`z ichiga oldiki, bu qo`zg’olon XVII asrda bo`lib o`tgan hamma dehqonlar harakatlarining eng kuchlisi bo`ldi. Dehqonlar Praga noibiga qirol hokimiyatining Chexiyadagi vakiliga barshchinaning va boshqa majburiyatlarning kamaytirilishini iltimos qilib ko`pdan-ko`p nomalar yubordilar. Bu iltimoslar hech qanday natija bermaganidan so`ng, dehqonlar feodallarga qarshi bosh ko`tarib, barshchinani bajarishdan bosh tortdilar va qirol amaldorlarini o`z boshlariga tushgan musibatlarning asosiy aybdorlari deb hisoblab, ularni juda qattiq jazoladilar. Chegara rayonlarida chex dehqonlari bilan nemis dehqonlari birgalikda ish ko`rdilar. Shuning uchun ham Gabsburglar 1680 yilda barshchina to`g’risida birinchi qonun chiqarishga majbur bo`ldi. Qo`zg’olon bostirilgandan so`ng chiqarilgan qonundan ko`zlangan maqsad feodallarning imtiyozlarini dahlsiz qoldirgan holda dehqonlarni tinchlantirish edi. Dehqonlarning g’alayonlari to`xtamaganligi natijasida XVIII asr boshlarida barshchina to`g’risida yana bir nechta qonunlar chiqarildi. Xodlar yo`lboshchisi Yan Kozinani chex xalqi milliy qahramon sifatida xotirlaydi. XVII asrning birinchi yarmida Chexiyada manufaktura ishlab chiqarishi rivojlana boshladi. Chexiyaning Shimolida, ya`ni unumdor yerlari bo`lmagan, lekin o`rmonlari, suvi ko`p bo`lgan va qadimdan dehqonlar hunarmandchiligi bilan dong qozongan bu o`lkada mato, movut, ip gazlama, oyna ishlab chiqarishi keng yoyildi. Bu tashkilotchilarning ba`zilari Chexiyaning Shimolidagi butun rayonlarni o`z nazoratiga olib, tikuvchilarni ip bilan ta`minlab turdi va muayyan turda mato ishlab chiqarishni talab etdi. Tarqoq manufakturalarning dastlabki tashkilotchilari orasida janubiy vositachilari ham bor edi. XVII asrning oxirlarida Osetskiy monastirining movut manufakturasi vujudga keldi. 1715 yilda Gornoe Litvinovada graf Vallenshteyn Avstriya imperiyasida eng katta korxona bo`lgan movut manufakturasini tashkil qildi, bu manufakturaning ustaxonalarida 400 kishi ishlar edi va tevark - atrofdagi qishloqlarda istiqomat kiluvchi ko`pdan-ko`p xonaki yigiruvchilar mazkur manufaktura bilan bog’langan edi. Zodagonlar zo`r berib sohibkorlik ishi bilan shug’ullandi. Graf I. Kinskiy vositachi, bar qancha manufakturalar tashkilotchisi, savdo jamiyatining a`zosi edi. Frank Lotarinskiy yirik manufakturalar egasi bo`lib, sharq bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun ikkita savdo jamiyati tashkil etdi. Shaharliklar tashkil qilgan manufakturalar ancha oz bo`lib, ularda ishlovchi ishchilar soni odatda 100 kishidan oshmas edi. Markazlashgan manufakturalarda mehnat taqsimoti izchillik bilan olib borilar edi, masalan: movut manufakturasida sex hunarmandchiligidagi 8 operatsiya o`rniga 45 ta operatsiya olib borildi. Mehnat taqsimoti yangi, takomillashgan uskunalar vujudga kelishiga mehnat unumdorligining oshuviga olib keldi. XVIII asrning o`rtalaridan e`tiboran manufakturalar mahsulotining tobora ko`p qismi o`sib borayotgan ichki bozorda sotila boshlandi. Gabsburglar manufakturalar tashkil etish ishini rag’batlantirdi. Manufaktura tashkil etgan kishilarga yordam pul (dotatsiya) berilardi, manufaktura tashkil etgan kishilar chet mamlakatlardan olingan xom-ashyo uchun boj to`lashda yengillik olar va mamlakatning o`zida xom-ashyo sotib olishda boshqalardan ko`ra imtiyozliroq huquqga ega edilar. Chet ellarga xom-ashyo chiqarish va mamlakatning o`zida ishlab, chiqariladigan buyumlarni chet ellardan keltirish ta`qiqlangan edi. Manufaktura ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida XVIII asrning 30 yillaridan e`tiboran sexlarning faoliyati cheklana boshlandi. Avstriyaning Sileziyadan ajralib qolishi Chexiyada sanoatning yanada tezroq rivojlanishi uchun yordam berdi. Chexiya XVIII asr o`rtalaridan boshlab, Avstriya monarxiyasining eng sanoatlashgan viloyatiga aylana bordi. Chit va boshqa gazlama ishlab chiqaruvchi ip gazlama sanoati shu davrda vujudga keldi. Graf Bol’zaning Kosmoposhidagi manufakturasida 400 ta ishchi ishlar edi, tevarak atrofidagi qishloqlarda o`z uyida ishlovchi 4 ming ishchi ham shu manufakturaning ishini qilar edi. XVIII asr ikkinchi yarmida Chexiyaning Praga, Libertsa va boshqa shaharlarida chitga gul bosish sanoati rivojlana boshladi. XVIII asr o`rtalarida Chexiya qog’oz ishlab chiqarishda Avstriya imperiyasida yetakchi o`ringa chiqdi, Chexiya oynasi Yevropada va boshqa qit`alarda dong chiqardi. Kon ishi g’oyat darajada tushkunlikka uchradi. Kutna tog’ining o`zidagina kon ishchilarning soni XVI asr o`rtalaridan XVIII asr o`rtalarigacha 20 baravar kamaydi va yanada qisqarib bormoqda edi. To`quvchilik ishlab chiqarishi Chexiya sanoatining yetakchi tarmog’iga aylandi, to`quvchilik ishlab chiqarishda 1775 yilda 25 ta markazlashgan manufaktura bor edi. Ishchilarning 95 % to`quvchilik sanoatida ishlar edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi natijasida XVIII asr o`rtalarida Chexiya aholisi ko`payib, 2100 ming kishiga etdi. Manuftura ishlab chiqarishi eng ko`p taraqqiy qilgan Shimoliy Chexiya aholisi juda tez ko`paydi. Gornoe Litvinovadagi xonadonlar soni XVIII asr boshlaridan to 1775 yilgacha 20 baravardan ziyodroq ko`paydi, kichkinagina qishloqcha bo`lgan Gornoe Litvinova natijada katta shaharga aylandi.
Gabsburglar davlat hokimiyatini yanada markazlashtirishga va turli o`lkalardagi davlat muassasalarini umum Avstriya davlat apparati bilan birlashtirishga intildi. XVIII asr o`rtalarida doimiy yer solig’i joriy qilindi. XVIII asr 2-choragida Chexiya saroyining Venadagi mahkamasi umum Avstriya davlat muassasalari bilan birlashtirib yuborildi, viloyat boshqarmasi esa yo`qotildi. Chexiya ustidan hukmronlik yuritish Venadagi markaziy sud va moliya muassasalariga o`tdi. Chexiyaning davlat mustaqilligini sekin- asta yo`qotish Mariya Tereziya tomonidan 1749 yilda tugallandi. 1775 yilgi qo`zg’olon va dehqonlarning keyingi vaqtlaridagi g’alayonlari dahqonlarning shaxsiy tutqunligini bekor qilish va ularga bir joydan ikkinchi joyga o`tish huquqini berish to`g’risida 1781 yili qonun chiqarilishiga sabab bo`ldi. Bu qonun feodal krepostnik sistemani batamom tugatmadi, chunki qishloqda dehqonlarning yerga egalik qilishi bilan bog’liq bo`lmagan feodal majburiyatlar va pomeshchiklarning dehqonlarga hukmronlik qilishi saqlanib qolgan edi. O`sha 1781 yilda din erkinligi to`g’risida qonun chiqarildi, bu qonunda barcha dindagi kishilarga hunarmadchilik, savdo sotiq ishlari, sohibkorlik bilan shug’ullanish ruxsat etildi. Milliy zulm chex madaniyatining ta`qib etilishida ham ifodalandi. Praga Universiteti iezuitlar tashkiloti qo`lida edi. Iezut Koniash ta`qiqlangan kitoblar ro`yxatini bostirib chiqardi, 1414 yildan to 1750 yilgacha nashr etilgan chex kitoblarini shu davr ichida yozilgan hamma chex kitoblarining 1/3 qismini mazkur ta`qiqlangan kitoblar ro`yxatiga kiritdi.
Jaholatparast Koniash, shaxsan o`zim 35 ming kitobni yo`q qildim, deb maqtangan edi. YAn Amos Komenskiy (1592-1670) kabi mashhur chex olimlari mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo`lishdi. Chexiyaning XVII asrda o`tgan vatanparvari monarx Boguslar Bal’bin o`z ona tilini yo`qlab chiqqani uchun ta`qib qilindi. Biroq chex xalqi avvalo dehqonlar nemislashtirishga rozi bo`lmadi. U o`z ona tilini va urf odatlarini saqlab qoldi. Chex xalq ashulalari va qissalari nasldan-naslga o`tib keldi. Chex dehqonlari eng qattiq ekspluatatsiya hukm surgan sharotida ham xalq madaniyatini himoya qildilar. XVII-XVIII asrlarda xalq ijodi, she`riyat, qo`shiqlar, pyesalar, bashoratnomalar yozish katta rivoj topib, bu asrlarda dehqonlarning feodallarga va cherkovga qarshi qaynab toshgan qahr - g’azabi ifodalandi. "Panlarga hech qanday shafqat qilmaymiz"! "Ularning gunohlarini kechirmaymiz", degan so`zlar bilan tugaydigan bu ashula kurashga da`vat qiluvchi chaqiriq bo`lib yangradi. Bu davrda tasviriy san`at barokko uslubi huqm surib, bu uslubning atoqli namoyondalari rassomlik sohasida K. SHikreta, haykaltaroshlik sohasida - F. M. Brakov edi.
Ko`pdan - ko`p xorlar, bastakorlar, operalar ko`pgina chex musiqachilarning chet ellarga dong’i ketishi chex xalqining traditsion san`ati bo`lgan musiqa san`atining yanada rivojlanganidan dalolat berar edi.
Shunday qilib, Chexiya tarixida "Jaholat" deb nom olgan feodal va katolik reaksiya davri, yana shunday davr ham bo`ldiki, unda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan milliy madaniyat rivojlandi va chex xalqining ravnaq topishiga halal berayotgan qora kuchlarni yengishiga zamin yaratildi.



Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling