- XVII BOB.
- Feodal jamiyati va uning yemirilish davridagi iqtisodiy ta’limotlar
- Abu Hamid al-G’azzoliyning iqtisodiy fikrlari.
- Ibn Xaldunning iqtisodiy fikrlari.
- G’arbiy Evropadagi iqtisodiy g’oyalar
- 17.1. Arab-islom mutafakkirlari iqtisodiy fikrlari
- O’rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ancha to’g’ri aks ettirgan iqtisodiy g’oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi. Ular o’sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
- Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to’g’ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda (arabcha – qiroat, ya’ni o’qish) keng tarzda o’z aksini topgan.
- «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», degan ko’rsatmalar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi), «Daryo bo’yida tahorat qilsangiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir.
- Masalan, Niso surasida (29-oyat) «Mollaringizni o’rtalarinigizga nohaq (ya’ni o’g’rilik, qaroqchilik, sudxo’rlik, poraxo’rlik, qimor kabi) yo’llar bilan emangiz! Balki. o’zaro rizolik bilan bo’lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo’rlik, poraxo’rlik kabi illatlar shar’iy jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta’kidlanadi
- 17.2. Abu Hamid al-G’azzoliyning iqtisodiy fikrlari.
- Al-G’azzoliy (1058-1111 yillar), boshqa arab olimlari kabi jamiyatning falsafiy, sotsiologik va iqtisodiy tomonlarini o’z davrining ustuvor diniy e’tiqodlariga bog’lagan asarlar yozgan. U o’rta asrlar islom dunyosining eng yirik zakovat egalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari Avliyo Tomas Akvinskiyga o’z ta’sirini o’tkazgaligi ma’lum. Uning bozorda ko’ngilli almashuvlarga bergan ta’rifi o’n birinchi asrda mehnat taqsimoti bilan bog’liq munosabatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirishga imkoniyat bergan.
- Dastlabki vaqtlarda, bir kishi bug’doyni ekkan, o’rgan va yanchgan, so’ng xamir qilib non yopgan, vaholanki bu holat bir oilaning mehnati natijasi bo’lishi mumkin.
- Al-G’azzoliy o’z davrida bitta non mingta yoki undan ko’proq ishchi mehnatining mahsuloti bo’lishi mumkinligini kuzatgan.
- Kengayib borayotgan ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti iqtisodiy almashinuvga olib kelinishini tushunib, barterning qiyinchiiklarini yengillashtiradigan pulga bo’lgan munosabatni ko’rsata olgan. U davlat xarajatlari, soliqqa tortish va qarz olish; tanga pullar va tanga pullarning arzonlashuvi; foiz va sudxo’rlik; qay tarzda eng yaxshi usul bilan soliq solish, jamiyat bo’ylab soliq yukini engillashtirish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni ham o’rgandi.
- 17.3. Ibn Xaldunning iqtisodiy fikrlari.
- Ibn Xaldun (1332-1406 yillar) tomonidan ko’p “iqtisodiy” masalalar: foyda, taklif, talab, narx, jami ortiqcha miqdorlar va sarmoyaning shakllanishi kabi holatlar chuqur o’rganilganligi va tahlil qilinganligini ko’rish mumkin. Ayrim manbalarda Ibn Xaldun islom dunyosida ilk iqtisodiy qarashlar bilan shug’ullangani qayd etiladi, ayrim bahs va munozaralarga ko’ra bunday taniqlilik al-G’azzoliyga tegishli. Ulardan avval ming yillik davomida mashhur bo’lib kelgan Aristotel va Platon kabi, arab faylasuflari iqtisodiyotga nisbatan ko’proq fundamental muhimlikka ega bo’lgan masalalarni o’rganish jarayonida iqtisodiy faoliyatni dastlabki tadqiqotlarida ayrim qiziqarli yutuqlarga erishdilar.
- Qadimgi Misr — Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 10—6 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terichilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shug’ullanishgan. Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bo’lib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4 ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o’tishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bo’lishiga olib kelgan.
- 17.4. G‘arbiy Evropadagi iqtisodiy g‘oyalar
- Rim imperiyasi emirilgandan keyin, G‘arbiy Evropada juda ko‘p feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda o‘sha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy savollar bo‘yicha o‘rta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |