Xvii XIX asrlarda madaniyat va san'at XVII – XVIII asrlarda yevropa san’ati. XVII-XVIII asrlarda italiya san’ati


XVII - XVIII ASRLARDA ISPANIYA SAN’ATI


Download 254.5 Kb.
bet5/12
Sana10.11.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1762736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
xvii xix asrlarda madaniyat va san\'at

XVII - XVIII ASRLARDA ISPANIYA SAN’ATI
XVII asrning 80-yillaridan XVIII asrning 80-yillariga qadar bо‘lgan davrda ispan san’ati о‘zining eng gullagan "oltin" davrini boshidan kechirdi. Bu rivojlanish, ayniqsa, teatr va adabiyotda (Servantes, Lone de Vega), tasvirii san’atning dastgoh rantasvirida yorqin namoyon bо‘ldi. Me’morlik va haykaltaroshlik san’atida ham ayrim salmoqli asarlar paydo bо‘lgan bо‘lsa-da, biroq, bu san’at turlari yetakchi о‘ringa kо‘tarila olmadi.
San’atning asosiy buyurtmachisi katolik cherkov va dvoyanlar edi. Bu uning mazmuni va mavzusini chegaralar edi. Diniy syujetlar asosiy о‘ringa chiqdi. Hayotiy mavzudagi san’at borasida esa portret san’ati yetakchilik qildi.
Xusepe de Ribera(1591-1652). XVII asr birinchi yarmida Ispan san’atida yorqin iz qoldirgan rassomlardan biri Ribera edi. U Ispaniyaning shu davrdagi realistik san’atining muhim madaniyat о‘chog‘i bо‘lgan Valensiyada tug‘ilib, shu yerda rassomlik sirlarini о‘rgandi. Uning ijodkor bо‘lib yetishida Italiya bо‘ylab sayohati muhim rol о‘ynadi. Bu yerda Italiya ustalarining san’atini о‘rgandi. Unda Karavajoning asarlari chuqur taassurot qoldirdi. Ribera ijodida diniy mavzu yetakchi о‘rin tutadi. Mifologiya, portret janrida ijod qildi. Lekin rassom qaysi mavzu yoki janrda ijod etmasin, hodisalarni doim real, hayotiy talqin etadi. Portretlarda о‘z davri kishilari obrazlarini yaratadi. Ribero ham El Greko singari avliyolar, darvesh va gadolarning tasvirini ishlaydi. Ularning obrazlari aniq ifoda etiladi. Rassom hikoyanavislikka kо‘proq e’tibor beradi, tasvirlanayottan har bir obrazni aniq kо‘rsatishga harakat qiladi. U о‘zining bir figurali kompozitsiyalarini, odatda, bevosita real borliqdan etyud ishlab, uni umumlashma obraz darajasiga kо‘tarishga intiladi. Asardagi yorug‘-soya qarama-qarshiligi rassom dastxatining tо‘laqonli kо‘rinishini ta’minlaydi. Rang surtmalarining erkin va quyuq ishlatilishi uning asarlariga plastik kuch bag‘ishlaydi, obrazlardagi ulug‘vorlikni oshiradi. Bular Riberani Karavajoga yaqinlashtiradi. "Avliyo Varfolameyni qiynash" (1630) rassomning ilk asarlaridandir. Bu asar rassom ijodiga xos xalq vakillarini tо‘laqonli kо‘rsatishi va ifodning jо‘shqinligi bilan e’tiborni jalb etadi. Rassom sodir bо‘layotgan voqea fojiaviyligini aniq va ta’sirchan ifoda etadi. Tasvirlangan qiyofalardagi ekspressiya, rassom dastxatining harorati asar dinamikasini kuchaytiradi. Rassom odam gavdasiny yuksak mahorat bilan tasvirlash orqali о‘zining yorug‘-soya imkoniyatlaridan о‘rinli foydalanish qobiliyatini namoyon qiladi. Uning bolalarga bag‘ishlangan asarlari ham о‘zining samimiyligi bilan ajralib turadi. "CHо‘loq bola" asari, ayniqsa, e’tiborlidir. U nogiron bolaga nisbatan chuqur samimiylik va hurmat bilan ishlangan bu asarda optimistik ruh mavjud. Rassom shо‘x, hatto, biroz qitmir bola obrazini ishonarli talqin etadi. Rassomning ijodiy kamolotga erishgan yillarda yarattan asarlarida ranglarning bir-biriga о‘tishi mayin, ularning koloriti yorqin. Yorug‘lantirishda tabiiylik kuchayib boradi. "Avliyo Onufriy" (1b27), "Avliyo Inessa" (1641) kabi asarlari shu jihatdan e’tiborlidir. Rassom tasvirlanuvchining ichki kechinmalarini lirik ruhda tasvirlashga harakat qiladi. Uning kompozitsiyalaridagi kenglik havo bilan tо‘la boshlaydi. Bu obrazni yanada ta’­sirchan bо‘lishini ta’minlaydi.

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling