Xvii-xviii asrlarda Buxoro Xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti reja
Download 15.96 Kb.
|
XVII
XVII-XVIII asrlarda Buxoro Xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti REJA: 1. XVII-XVIII asrlarda Buxoro Xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti 2. Mamlakatning hududiy parchalanishga yuz tutishi, uning muhim sabablari. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, shuni anglashimiz lozim, o`zbeklar qadimdan o`z davlatlariga ega bo`lgan xalqdir. Uning davlatchilik tarixi ilk bor xunlar, somoniylar, gaznaviylar, saljuqiylar, chig`atoy ulusi, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, mag`itlar, Qo`qon va Xiva xonliklari. Buxoro amirligi orqali Turkiston muhtor jumhuriyati, Buxoro va Xorazm xalq jumxuriyatlari, nihoyat O`zbekiston Sovet sotsialiyatik respublikasi orqali O`zbekiston Respublikasi shakliga yetib keldi.Xalqimizning boshidan kechirgan o`ta mashaqqatli, murakkab hayoti uning ma’naviyatida hokimiyat va uning istiqloliga chuqur ta’sir etdi. Movarounnaxrda esa bu davrga kelib feodal tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharda temuriy shahzodalar o`zlarning mustaqil hukmronligini o`rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o`zaro kurashlarda Dashti Qipchoq o`zbeklari kuchlaridan flydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxon nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo`lsa, oradan uch yil o`tgach Abdulxayrxon Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko`maklashdi. Bu o`zaro kurashlar Movoraunnaxr axolining axvolini yomonlashishiga olib keldi. Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo`zg`ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487 – 1488 yillarda O`tror. Sayram, Yassa (Turkiston), Sig`noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnaxr xududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi. Mahalliy xukmdorlar o`rtasidagi o`zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Ko`chmanchi o`zbeklar bir necha oy shaharni shavqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zaxriddin Muhammad Bobur o`sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini egalladi. Ammo mahalliy oq suyaklarning ko`pchiligi Boburni qo`llab quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo`lgan jangda yengiladi va Samarqandni ko`chmanchi o`zbeklarga topshiradi. Ko`chmanchi o`zbeklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), Xirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg`oniston xududlarigacha cho`zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatdagi feodal tarqoqlik hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib kelgan bo`lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo`yib mamlakatning birligini mustaxkamlay oldi. Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron Shohi Ismoil 1 tomonidan to`xtatildi. 1510 yil Marv atroflarida bo`lgan jangda ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinlari, tor – mor etildi va Shayboniyxon halok bo`ldi. Eroniylar tomonidan qo`llab – quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Qo`lob, Kunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo, 1512 yilda shayboniylardan bo`lgan Ubaydulla Sulton qo`shinlari G`ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarni uchratdi. Shundan so`ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Xindistonda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Ko`chmanchi o`zbeklar esa Movarounnaxrda o`rnashib qoldilar. XVII asrdagi feodal urushlar Movarounnaxrning xo`jalik inqirozini chuqurlashtirdi. Feodallarning moliya ishlarini o`z holiga tashlab, dexqon xo`jaliklarini tushkun holga keltirdi. Mayda dehqon xo`jaliklari ko`lamida yirik feodallarning mulklari ajralib ko`zga tashlanardi. Masalan, Imomkulixonning ukasi Nodir Muxammadning yilqilar uyurini hisobga olmaganda otxonasida 800 bosh nasldor oti, 8000 bosh qo`yi bor edi. Buxoroda dala ishlarida ko`plab qullar ishlashardi. Imomqulixonning zamondoshi Yalangto`shbiyning 3000 nafar quli bo`lib, ularni shahar qurilishlarida ishlatgan. Feodal munosabatlarining kuchayishi uning ayrim vakillarining xarbiy-siyosiy kudratining ortishiga olib keldi. Yalangtushbiy va unga o`xshashlar katta qo`shinga ega bo`lib, boburiylar mulki Qobulga , Xurosonga yurishlar qilgan. Buxoroda xon tayinlash marosimida avvalgidek oq namatga o`tkazish, shuningdek Samarqanddagi kulrang toshga o`tkazishi singari temuriylar udumi saqlanib qolgan. Buxoro xonligida qo`shinlar muntazam bo`lmay, lozim bo`lganda xon farmoniga ko`ra qo`shin to`plangan, yarim mustaqil ko`chmanchilar-qozoqlar va qoraqolpoqlar o`z sultonlari bilan birga Buxoro xoniga yordamga borishgan. Qurol-yarog`lari nayza va kamondan iborat bo`lgan. Xonlar turli sultonlari singari shaxsiy gvardiyaga ega bo`lishgan, o`zga millat qullari (ruslar va qalmiqlardan) tashkil topgan. Tuyalarga ortilgan kichik to`plarni xisobga olmaganda, arteilleriya deyarli yo`q edi. Faqat Buxoroning o`zida 13 ta stanoqsiz mis to`pi bo`lib, shularning bittasidan bayramlarda o`q uzilardi. To`p o`qlari yetishmas edi, bu yerda oltingugurt ko`pligidan undan ko`plab porox ishlab chiqarilardi. Xullas, iqtisodiy inqirozning tashqi sabablaridan biri chamasi, XVI asrda dengiz yo`llarining ochilib, XVII asrda qadimgi karvon yo`llari bo`ylab savdoning to`xtashi bo`lsa kerak. O`rta Osiyo xalqlari jahonning savdo va siyosiy markazlaridan uzilib qolib, yuvropada fan va texnika sohasida erishilgan eng yaxshi kashfiyotlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo`lishdi. Shayboniylar sulolasi qulashi bilan xonlikka saylash butkul o`zbek qabilalarining sardorlariga bog`liq bo`lib qoldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida inqirozni bartaraf etish boshlandi. Savdo birmuncha rivojlandi. Qozoq cho`llari Rossiya tassarufiga o`tishi bilan O`rta Osiyoning Rossiya bilan savdo munosabatlari yaxshilandi. Xiva va Samarqand savdo markazlari sifatida o`z mavqeini tiklay boshladi, yangi shaharlar barpo etildi. Mol – pul munosabatlarining rivojlanishi xonliklarda davlat hokimiyatini birmuncha mustahkamlashnishiga imkon berdi. Buxoro xonlikning aholi tarkibida: qadimdan bu yerda yashab kelgan tojiklar, turk – qarluklar, arablar, eronliklar, marvliklar, lo`lilar, juhudlar, qisman hindular va forslar o`troq edi. Mamlakat tepasida turgan mang`it sulolasi va unga yaqin ko`chmanchi o`zbeklar imtiyozli o`rinda edi. Buxoro amaldorlarining aksariyati o`zbeklar edi. Ular o`zlarini "oqsuyaklar" deb atashar, mahalliy turkiy tilli aholi esa "sartlar" deb yuritar edi. Sartlar Xivaning eng ko`p sonli aholisi hisoblanardi. (Bu nom etnik nom emas, sart – o`troq, shaharlik, savdogar degan ma’nolarni anglatgan). Saidlar (payg`ambar Muhammad allayhissalomning uch xalifsasi avlodlari yoki sohta avalodlari) nomini olgan arablar guruhi ham imtiyozli qatlamga mansub edi. Hind, juhud va shu kabi g`ayridinlar juda kamsitilardi. Hindlar yo choy sotishar yoki sudxo`rdik qilishardi. Juhudlar esa gazlama bo`yashar, poyafzalni ta’mirlashar va shunga o`xshash ishlarni bajarishardi. Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling