Xvii-xviii asrlarda Niderlandiya Reja: XVII-XVIII asrlarda Niderlandiya rivojlanishi


Download 177.5 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi177.5 Kb.
#1634724
  1   2
Bog'liq
XVII-XVIII asrlarda Niderlandiya


XVII-XVIII asrlarda Niderlandiya
Reja:

  1. XVII-XVIII asrlarda Niderlandiya rivojlanishi

  2. XVIII asrlarda Niderlandiya



Niderlandlar (niderlandchaNederland), Niderlandlar Qirolligi (Koninkrijk der Nederlanden) (norasmiy nomi — Gollandiya) — Gʻarbiy Yevropada, Shimoliy dengiz sohilida joylashgan davlat. Maydoni 41,5 ming km2. Aholisi 16,743,507 kishi (2012). Poytaxti — Amsterdam shahri. Hukumat qarorgohi Gaaga shahrida. Maʼmuriy jihatdan 12 provinsiya (provincie)ra boʻlinadi. Niderlandiya Antil orollari, Aruba oroli Niderlandiya mulki hisoblanadi.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirolicha Beatriks rasmiy turda davlat boshligʻi hisoblanadi
Niderlandiya — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha) (1980-yildan V.A.Beatriks xonim). Uning huzuridagi Davlat kengashi aʼzolari qirol tomonidan tayinlanadi[3]. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali Bosh shtatlar (parlament), ijroiya hokimiyatni qirol bilan hukumat amalga oshiradi[4].
Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Niderlandiya Oʻrta Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida joylashgan. Shimoldan sayoz qoʻltiq va buxtalar oʻrab turadi. Soqili 56 m gacha balandlikdagi doʻngliklardan iborat, toshqindan saqlanish uchun toʻgʻon va dambalar qurilgan. Yer yuzasi, asosan, payettekislik. Niderlandiya hududining 40 % dengiz sathidan pastda, faqat 2 % 50 m dan yuqori. Eng baland joyi 321 m. Niderlandiyaning payettekislik qismlari doim dengiz suvi bosish xavfi ostida. 1282-yilgi kuchli suv toshqini natijasida Zeyder-Ze qoʻltigʻi hosil boʻlgan. 33 km li damba qurilgach, Zeyder-Zening janubiy qismi chuchuk suvli berk koʻlga aylangan. Niderlandiyaning sharqi morenali tepalik; shimoliy qum va gilli dengiz va daryo yotqiziqlaridan, sharqi muzlik yotqiziqlaridan, daryo deltalari esa allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Koʻmir, neft va gaz, torf, osh tuzi, kaolin konlari bor.
Iqlim — dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi iliq. Atlantika okeanidan yil boʻyi shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 1—3 °C, iyulniki 16—17 °C. Yillik yogʻin 650-750 mm. Tez-tez tuman tushadi. Qattiq sovuqlar ahyon-ahyonda boʻladi. Qor kam, yomgʻir koʻproq yogʻadi. Daryolar yil boʻyi sersuv; yiriklari: Reyn, Maas, Shelda. Sohil tuprogʻi unumdor, daryo vodiylariniki allyu-vial-oʻtloqi tuproq. Niderlandiyaning shimol va sharqida, asosan, chimli podzol, ayrim joylarida botqoqlangan tuproq. Niderlandiya hududining 70 % madaniy landshaft, 8 % oʻrmon. Qumli joylari butali vereyekzor (archagul), daryolar sohili tolzor. Hayvonot dunyosi juda kambagʻal. Yovvoyi quyon, tiyin, suvsar, sassiq-koʻzan, yelik yashaydi. Niderlandiyada qushlarning 180 turi bor. Daryo deltalaridagi suzuvchi qushlar qishlaydigan joylar qoʻriqlanadi. VelyuzomKennemer doʻngliklari, Xoge-Velyuve milliy bogʻlari va 8 ta qoʻriqxonasi bor.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiya aholisi (ming kishi) 1961—2003
Aholisining aksariyati gollandlar[5]. Yirik etnik guruhlardan flamandlar[6]frizlar bor[7]Olmonlaryahudiylar[8]indonezlar va boshqalar ham yashaydi[9]. Dindor aholining 50 % ga yaqini katolik, 37 % protestant. Rasmiy til — niderland (golland) tili. Niderlandiya dunyoda aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan. Aholisining 89 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Amsterdam, RotterdamGaagaUtrext[10].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Niderlandiya hududida odamlar neolit davridan yashaydi; miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt qabilalari yashagan. 1-asr boshida bu qabilalarni olmonlar siqib chiqargan. Miloddan avvalgi 1-asrda Niderlandiya hududining bir qismini rimliklar bosib olgan. Milodiy 3—4-asrlarda Niderlandiya hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (5-asr), Niderlandiya hududi uning tarkibiga, 843-yilgi Verden shartnomasiga binoan, „Mukaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 10 — 11-asrlarda Niderlandiya hududida bir necha mustaqil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va hokazo) tashkil topdi. 12-asrdan shahar rivojlana boshladi. 15-asrning 2-choragigacha Niderlandiyada feodal tarqoqlik hukm surdi. 1433-yilda Gollandiyani, soʻngra Niderlandiyaning boshqa knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar. Karl V imperiyasi parchalangach, Niderlandiya (1556-yildan keyin) Ispaniyaga qaram boʻlib qoldi. 16-asr Niderlandiya inqilobi natijasida mamlakat ispanlar zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. 17-asrda savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida Niderlandiya Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanib, OsiyoAmerikaAfrikada yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, IndoneziyaGviana, Kichik Antil orollarini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813-yillarda Gollandiya qirolligi Fransiya tarkibiga kirdi. 1815-yilda Belgiya bilan birlashib, Niderlandiya qirolligi tashkil etildi. 1830-yil inqilob natijasida Belgiya Niderlandiyadan ajralib chiqdi.

Vilgelm I Oranskiy Niderlandiya mustaqilligining asoschisi hisoblanadi
1848-yilda Niderlandiya konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 yillarda sanoat tez oʻsdi. 1860-yildan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. 1876-yilda Amsterdam — Shimoliy dengiz, 1882-yilda Rotterdam — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam Olmoniya uchun tranzit portga aylandi. 1861-yilda birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandiyada 19-asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi.

Download 177.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling