Xvii-xviii asrlarda Niderlandiya Reja: XVII-XVIII asrlarda Niderlandiya rivojlanishi
Niderlandiya birinchi jahon urushi davrida
Download 177.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqXVII-XVIII asrlarda Niderlandiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Niderlandiya ikkinchi jahon urushi davrida
- Urushdan keyingi yillarda
Niderlandiya birinchi jahon urushi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi jahon urushi (1914—18)da Niderlandiya oʻzining betarafligini maʼlum qildi. 1917-yil iqtisodiy qamal natijasida Niderlandiyada ishlab chiqarish va savdo susayib ketdi. 1918-yil bahordan dengizda kema qatnovi ham toʻxtadi. 1925—29 yillarda Niderlandiyada sanoatning yangi tarmoqlari (radioapparatlar ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash) vujudga keldi. Jahon iqtisodiy boʻhroni davri (1929—33)da Niderlandiyada sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, eksport va import 2 baravar kamaydi. Niderlandiya ikkinchi jahon urushi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash] Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Niderlandiya betaraflik eʼlon qildi. 1940-yil 10-mayda fashistlar Olmoniyasi toʻsatdan bostirib kirdi va 14-mayda Niderlandiya taslim boʻldi. Qirolicha Vilgelmina va hukumat Buyuk Britaniyaga koʻchib ketdi. Niderlandiyani natsistlar idora qila boshladi. 1944-yil sentabr — 1945-yil martda Ittifoqchi davlatlar qoʻshinlari Niderlandiyaning janubini, 1945-yil aprelda sharqini ozod qildilar. 1945-yil may oyi boshlarida Olmoniya qurolli kuchlarining Niderlandiyadagi qismlari taslim boʻldi. Urushdan keyingi yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash] 1948-yilga kelib, Niderlandiyada ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetdi. Chetga sarmoya chiqarish keskin koʻpaydi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi tezlashdi. 1950-yillarda milliy ozodlik harakati kuchayishi natijasida Niderlandiya mustamlakalaridan mahrum boʻldi. Niderlandiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30-aprel (Qirolicha kuni). Niderlandiya 1991-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 10-iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash] Davlat islohot partiyasi, 1918-yilda tuzilgan; Markaz demokratlari, 1993-yilda tashkil etilgan; Demokratlar-66, 1966-yilda asos solingan; „Soʻl koʻkatparvarlar“, 1991-yilda tuzilgan; Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, 1948-yilda tashkil etilgan; Mehnat partiyasi, 1946-yilda tuzilgan; Islohotchi siyosiy federatsiya, 1975-yilda asos solingan; Islohot siyosiy ittifoqi, 1948-yilda tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1972-yilda tashkil etilgan; Ittifoq 55+, 1994-yilda tashkil etilgan; Xristian-demokratik daʼvat, 1976-yilda asos solingan; Keksalar umumiy uyushmasi, 1994-yilda tuzilgan. Niderlandiya kasaba uyushmalari federasiyasi, 1976-yilda tashkil etilgan; Kasaba uyushmalari xristian milliy uyushmasi, 1909-yilda tuzilgan.¿ Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Niderlandiya — yuqori darajada rivojlangan industrial agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 24,4 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 4,3 %. Niderlandiya muhim dengiz va quruqlikdagi transport yoʻllari kesishgan yerda joylashgan. Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash] Sanoatining texnika darajasi yuqori, malakali ishchi kuchi bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz Niderlandiyaning asosiy kon boyligidir. Neft, toshkoʻmir ham qazib chiqariladi. Ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmoqlari — kemasozlik, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik, kimyo, neftni qay-ta ishlash va neft kimyosi, elektrotexnika, radioelektronika, oziq-ov-qat, toʻqimachilik. Aviasozik va avtomobilsozlik ham rivojlangan. Rangli metallurgiya sanoatida alyuminiy, rux va qalay eritiladi. Amsterdam, Rotterdam, Utrext, Harlem va boshqa shaharlarda umumiy mashinasozlik, Rotterdam, Sxidam, Dordrext, Amsterdamda yirik kemasozlik, Born va Eyndxovenda avtomobilsozlik, Rotterdam, Amsterdam va Flissingen atroflarida neftni qayta ishlash korxonalari bor. Plastmassa, oʻgʻit hamda sintetik tola uchun xom ashyo ishlab chikariladi. Gaz va osh tuzi xom ashyo bazasida kimyo sanoati rivojlangan. Farmatsevtika sanoati, lok, boʻyoq va boʻyovchi moddalar ishlab chiqarish juda taraqqiy qilgan. Xengelo shahrida katta tuz zavodi bor. Niderlandiyaning qadimgi sanoati — olmosga sayqal berish, asosan, Amsterdam shahrida joylashgan. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining 1/3 qismini goʻsht-sut korxonalari beradi. Meva-sabzavot konservalari, pivo, kakao, shokolad ishlab chiqarish rivojlangan. Toʻqimachilik sanoatida, asosan, ip gazlama va sunʼiy ipakdan shoyi ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 74 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Qishloq xoʻjaligi koʻp miqdorda tovar mahsulot ishlab chiqarib, mamlakat eksport qiymatining 1/4 qismiga teng. Qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli yerlar (2,2 mln. ga)ning 60 % oʻtloq, 35 % haydaladi, 3 % bogʻ, poliz va gulchilik xoʻjaliklari. Niderlandiya — chetga eng koʻp sut mahsulotlari, tuxum, parranda goʻshti, goʻsht konservalari, choʻchqa goʻshti chiqaruvchi mamlakatlardan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik va parrandachilik beradi. Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gulchilik dehqonchilikdan olinadigan mahsulot qiymatining 60 % ni beradi. Niderlandiya — issiqxonalarda yetishtirilgan sabzavot, meva va uzumni eksport qilishda dunyoda 1-oʻrinda. Niderlandiya koʻp miqdorda kartoshka eksport qiladi. Bundan tashqari, qand lavlagi, donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Yiliga 2 mlrd. donadan koʻproq lola piyozi yetishtiriladi. Baliq ovlanadi[11]. Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash] Savdo flotining tonnaji jihatidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida 3-oʻrinda turadi. Yuk aylanmasi boʻyicha dunyoda eng katta portlardan biri — Rotterdam porti yiligi 280 mln. tonna yuk oʻtkazadi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 80 % avtomobil transportiga, 17,1 % suv transportiga, 2,9 % temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Temir yoʻl uzunligi — 2850 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 118,2 ming km. KLM aviakompaniyasi yoʻlovchilar tashish boʻyicha dunyoda 7-oʻrinni egallaydi. Amsterdamda xalqaro aeroport bor. Eksport va import[tahrir | manbasini tahrirlash] Niderlandiya chetdan poʻlat, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar, mineral yoqilgʻi sotib oladi. Chetga tayyor buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, roʻzgʻor bop elektr asbob-uskuna va ashyolar chiqaradi. Niderlandiya, asosan, Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq qiladi. Chet el sayyoxligi rivojlangan (yiliga 3 mln. sayyoh kelib ketadi). Asosiy mijozi boʻlgan GFR ga importning salkam 33 % va eksportning 22 % toʻgʻri keladi. Pul birligi — yevro. Download 177.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling