takror ishlab chiqarish
1) ishlab chiqarish jarayoni;
2) taqsimlash jarayoni;
3) ayirboshlash jara yoni;
4) iste’mol qilish jarayoni.
27. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda borishi hamda kishilar yashash va turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi? Infratuzilma;
28. “Siyosiy iqtisod” tushunchasi shakllangan grekcha “politikos”, “oykos”, “nomos” so‘zlari qanday ma’noni anglatadi? «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo'jaligi, «nomos» - qonun degani. ya'ni uy yoki ijtimoiy xo'jalik qonunlari ma'nosini beradi.
29. Jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, “asosan, tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” degan qarash qaysi g‘oyaviy oqimga tegishli? Merkantilizm
30. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda “Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga tegishli? U.Petti
31. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining quyidagi vazifalaridan qaysi biri barcha iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi? Ilmiy vazifasi
32. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takror-lanib turadigan, doimo mavjud bo‘ladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab-oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar qanday qonunning mohiyatini anglatadi? Iqtisodiy qonun
33. Iqtisodiy qonunlarning obʻyektiv xarakteri nimani anglatadi?
Ularning mavjud bo’lishi va amal qilishi kishilarning xohish-irodasiga bog’liq emas
34. Iqtisodiyotning asosiy muammolari quyidagi javoblardan qaysi birida berilgan? Nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish
35. Jamiyat ehtiyojlarining miqdoran o‘sib va tarkiban yangila-nib borishiga nima ta’sir ko‘rsatadi? Aholi sonini o’sishi, fan – texnika taraqqiyoti
36. Quyidagi omillardan qaysi biri jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarining o‘sib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi? mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
37. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi? Uzviy, to’g’ridan-to’g’ri (o’zaro uzviy)
38. Ehtiyojlarga xos bo‘lgan muhim xususiyat turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishi nimani anglatadi? Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi.
39. Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uning qondirilish ko‘lami va darajasini ifodalaydi? Umumjamiyat miqyosida yoki mamalakat darajasida qondiriladigan ehtiyojlar
40. Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang: Bilvosita qondiriladigan ehtiyoj
41. Ishlab chiqarish omillari egasi: yer, kapital, mehnat, tadbir-korlik hisobiga mos ravishda yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi? yer rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda
42. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu... ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbat
43. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi? Universal qonun bo’lib, doimo amal qiladi
44. Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi? ishlab chiqarish
45. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy omili hisoblanadi? Bino va inshootlar, mashinalar, asbob va uskunalar, xom-ashyo
Do'stlaringiz bilan baham: |