Xvvi-xx asr boshlarida Hindiston


Hindiston milliy kongress partiyasining tuzilishi. Tilak va


Download 223.5 Kb.
bet7/11
Sana13.05.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1456143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hindiston (1)

2.1. Hindiston milliy kongress partiyasining tuzilishi. Tilak va uning inqilobiy faoliyati.
Xalq harakatiga boshchilik qiladigan darajada kuchga ega bo`lgan, muayyan dasturi bor siyosiy partiya Hindiston Milliy Kongressi 1885 yilda Bombay shahrida to`zildi. Keyinroq «Musulmonlar ligasi» ham to`zildi va shundan e`tiboran inglizlar hind-musulmon raqobatini kuchaytirib yubordilar. Unga Kalkuttada 1884 yili to`zilgan «Hindiston Milliy ittifoqi» tashkiloti ham qo`shilib ketdi. Delegetlarning yarimi hind yuqori tabaqa ziyolilaridan bo`lsa, yarmi sanoatchilar, savdogarlar va katla yyer egalari edi. O`sha davrda qabul qilingan nizomda mamlakatda O`z-o`zini boshqarishda hindlar bilan inglizlarning lengligi aytilgan edi. Yana bir bandi Hindiston sanoatehilari manfaatlarini ko`zlab, chet eldan keltirilgan mollarga bojxona larifi joriy qilishga bag`ishlaridi.
Dastlabki vaqtlarda Hindiston Milliy Kongressiga ingliz mustamlaka ma`muriyati qarshilik qilmadi. Bunday munosabatni Angliyaning Hindislondagi vitse-qiroli lord Datfyerin: «Milliy Kongress inqilobdan arzonroq» deb izohlagan edi. Chindan ham 1880 yillarda Hindistonda milliy ruh kuchaygan edi. Xalq mustamlaka zulmi azobidan holdan toygan. hukmron doiralari vaziyatni nazorat qilib turishlari qiyin bo`lib qolgan edi. Shuning uchun ham HMK partiyasi to`zilishini inglizlar xayri hoh bo`lib, ular bu liberial tashkilot vaziyatni yumshatib turadi, deb hisoblar edilar. Lekin ingliz ma`murlari biroz vaqt o`tgach, HMK partiyasi tutgan yo`ldan dahshatga tushib, uni parchalab, zaiflantirib qo`yishga harakat qila boshladilar.
HMK partiyasining talablan dastlabki paytlarda juda mo`tadil edi. bu talablar Buyuk Britaniya hukmronligini saqlab qolib, ba`zi islohallarnigina ko`zda lutardi. Masalan, ehetdan keltiriladigan gazlama (tovar)larga bojlarni belgilash, mahalliy vakillik muassasalarining vakolatlarini kengaytirish, hindlarni boshqaruv ishiga jalb etish, texnik ta`limni uyushlirish va-boshqalar edi. Lekin mamlakatda kapitalistik munosabatlar rivojlanib borgan sari metropoliya bilan koloniya o`rtasida kurash, ziddiyat kuchayib hordi. Hind xalqining esa mustaqillikka intilish harakati ham yetilib, ular inglizlarning hiy la-nay ran glarini tushunib yetdilar. Tilak va uning inqilobiy faoliyatida, dastlab HMK ning tepasiga turadigan loyiq kuch topilmadi. Nihoyat 1890 yillarda HMK da ilg`or, xalq chil, so`l radikal-demokratik oqim shakklandi uning rahbari Bal Gandrthara Tilak (1856-1920) edi. Maratxlik, ijtimoiy (til, tarix. huquqiy) bilimlar bilan yaxshi qurollangan Tilak mustamlakachilik to`zumi bilan kelishuvchi HMK dan yo`z o`girdi. U Hind xalqining milliy ongini uyg`otish, milliy g`ururini ko`tarish yo`lidan borib, ayni vaqtda dinga va uning onimani birlashtiruvchi kuchga katta baho bcrdi. 15
Uning sevgan qahramonlari Garibaldi va Madzini edilar. Kollejni tugallash paytida butun kuchini, vatan mastaqilligiga sarflashga, sadoqatli bo`lishga qasarayod qildi. Tezda u Puna shahrida maktab tashkil qilib, unda o`quvchilarga mustaqillik g`oyalarini singdira boshladi. 1880 yilda «Kesari» (Shyer) gazetasini tashkil etdi, yoshlar o`rlasida vatanparvarlik g`oyalarini targ`ib o`di. Ayniqsa, maratxlar qahramoni, chet ellik bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib borgan Shivaji xotirasiga bag`ishlab xalq bayramlarini tashkil qildi, «Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas», -degan edi Tilak, bu harakat katta ta`sirga ega bo`lib, mustamlakachilar undan qo`rqib qoldilar, hatto 1897 yilda Tilak qamoqqa olindi. Biroq xalq talabi bilan u tezda ozod qilindi. Bu voqeamng o`zi Hindistonda mustaqillik harakati jadal rivojlanayotganidan dalolat berar edi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling