Xx asr 80-yillari o’rtalarida respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat


Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada, siljish suratlari tobora pasayib sekinlashib bordi


Download 0.72 Mb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1312705
1   2   3
Bog'liq
XX asr 80-yilla-WPS Office

Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada, siljish suratlari tobora pasayib sekinlashib bordi.

Biroq 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurish demokratik jamiyatni yarayish uchun urinishlar bo’lda.

Bu urinishlar natejasida jamiyatda biroz bo’lsada boshqaruv respublika ixtiyoriga berildi. Demokratlashgan jamiyat vujudga kela boshladi, korxona va tashkilotlarda xo’jalik mustaqilligi kengaytirildi, boshqaruv apparati qisqardi va shu kabi bir qator o’zgarishlar jamiyatning barcha qatlamlariga yetib bormadi va konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi.

Jamiyatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi.

Ijtimoiy munosabatlar mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha ishchilar misol uchun vrach va sanitar bir xil maosh olardi. Natejada aholining mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi.

Yurtimizda yosh avlod ta’lim olishi uchun o’quv qurollari u yoqda tursin hatto o’quv muassasalari ham yomon ahvolda edi.

Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atiga 40 foizi maktab uchun mo’ljallab qurilgan binolar qolganlari esa moslashtirilgan binolarda o’qirdi.Ko’plari avariya holatida edi. O’quvchilarning ko’pchiligi ikkinchi yoki uchinchi smenada o’qir edi.

O’quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo’jaligi ishlari bilan bandligi o’quv ishlarini ishdan chiqarar edi.Kadrlar tayyorlashda ham faqat son izidan quvilib sifat esdan chiqdi.

Mahalliy rahbarlar faqat nomiga qo’yilgan asosiy ish mahalliy rahbar bo’lmagan ikkinchi rahbar qo’lida edi. Kadrlar tanlashda O’zbekistonning hech qanday o’rni va roli bo’lmagan. Bu haqidagi quyidagi I.Usmonxo’jayevning iqrori nihoyatda ahamiyatlidir: “Bir so’z bilan aytganda, hamma narsani markaz hal qilardi. U nima desa, shu bo’lardi.Hattoki obkomning bo’lim boshlig’idan tortib, raykomning birinchi kotibigacha Moskva ixtiyorida turardi.Moskva topshirig’iga ko’ra 40 yoshdan oshgan kishi raykomning birinchi kotibi, 50 yoshdan oshgan kishi esa obkomning birinchi kotibi bo’la olmasdi.U har qancha ishbilarmon bo’lsin, baribir Moskva uning nomzodini o’tkazmasdi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling