Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi.
Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.
Xulosa
Xullas, sovet rejimining paxta ishioqibatida O’zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko’plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag’on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o’zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag’on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamd tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g’arazli ishlariga ko’maklashgan yrim qo’rqoq va xoinlar ham faollik ko’rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.
Do'stlaringiz bilan baham: |