Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


Download 0.68 Mb.
bet19/40
Sana19.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1607748
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
XX asr boshlarida o‘zbek musiqasi

Vokal musiqa
Mavzu rejasi:
1. Qo‘shiq va romans o‘zbek kompozitorlari ijodiyotida.
2. Romans janrining rivojlanishi.
3. Jo‘rli va jo‘rsiz xor san’atining rivojlanishi.
4. Bir qismli vokal-simfonik janrlarning rivojlanishi.
5. Ko‘p qismli vokal-simfonik (syuita, kantata va oratoriya), janrlarning rivojlanishi. Syuitalar. Oratoriyalar.  
Vokal musiqa (qo‘shiq, romans, a’kapella xorlar) – cholg‘u jo‘rligida yoki jo‘rsiz kuylash uchun mo‘ljallangan musiqadir. Vokal musiqaning asosini tashkil etuvchi matn (she’r) – mazkur janr mukammaligida muhim ahamiyatga egadir.

Qo‘shiq – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr; vokal musiqaning eng ommalashgan, ko‘proq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga mo‘ljallab to‘qilgan she’riy asarlarning umumiy ifodasi.
XX asrning 20 – yillarida yaratilgan dastabki qo‘shiqlar asosan xalq farovonligi, fidokor mehnatkashlar hayotini ifodalashga qaratilgan bo‘lib, ushbu janrda jonbozlik ko‘rsatgan bastakor va kompozitorlar qu‘yidagilar edi: To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Komiljon Jabborov, Imomjon Ikromov, Fahriddin Sodiqov va h.k.


O‘zbek vokal san’atining yorqin namoyandasi, an’anaviy va akademik vokal ijro uslubining mohir ijrochisi, Xalq artisti Saodat Qobulova

30-yillarga kelib janr rivojiga taniqli bastakor – kompozitorlardan tashqari Toshkent davlat konservatriyasining talabalari ham o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘sha boshlaydilar. Xususan: M.Burhonovning “Tabassum qilmading hech...”, “Ey bulbul, girya makun” romanslari, A.Kozlovskiyning “Tanovar”, “O‘zgancha”, “Gul yuz uzra”, “Fig‘on” kabi vokal – simfonik asarlarini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
Keyingi yillarda vokal musiqa yangi janr turlari bilan boyidi. Mavjud qo‘shiq va romanslardan tashqari a’kapella xorlari, yirik vokal shakllar sohasida esa kantata, oratoriya va syuitalar yuzaga keldi.
Qo‘shiq janri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan keksa avlod kompozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M.Ashrafiy, M.Leviyev, S.Yudakovlarning nomini alohida eslab o‘tish joiz.

Bastakorlar o‘zbek milliy usullari negizida vals usuliga ko‘proq murojaat eta boshlaydilar. Misol tariqasida Nabijon Hasanovning “Toshkent piyolasi”, “Dilrabodan bu chiroy” qo‘shiqlarini keltirish mumkin.
Shuningdek mazkur janr rivojida O‘zbekiston (gimn) madhiyasini (1946) yaratish yuzasidan e’lon qilingan tanlov ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Ko‘plab kompozitorlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishlariga qaramay, M.Burhonov tomonidan yaratilgan



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling