Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


Download 351.75 Kb.
bet20/39
Sana15.11.2023
Hajmi351.75 Kb.
#1773804
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi-fayllar.org

A’kapella. (ital. capella musiqada xor jamoasi. Dastlab faqat qo’shiqchilardan iborat bo’lgan; keyinchalik, cholg’u musiqa rivoji natijasida vokal-cholg’u musiqa jamoalariga aylangan. O’zbekistonda xor san’ati ravnaq topib, turli xor jamoalari, shu jumladan, O’zbek davlat filarmoniyasi xor kapellasi (1952), O’zbekiston televideniesi va radiosi xor kapellasi (1960) tashkil etilgan; 3) ba’zi maxsus orkestrlarning nomi (harbiy kapella, raqs kapellasi va b.); 4) a kapella – cholg’ular jo’rligisiz xor ijrochiligi. Professional xor san’ati uslubi sifatida o’rta asrlarda katolik cherkovidagi diniy marosimlarda yuzaga kelgan.
O’zbekistonda a kapella janrining asoschisi M.Burhonovdir. Uning an’analarini O’rta Osiyo kompozitorlari va o’zbek kompozitorlaridan S.Boboyev, M.Nasimov, Ik.Akbarov, B.Umidjonov, M.Bafoyevlar davom ettirishgan[1].
Ikkinchi jahon urushi yillarida musiqiy hayot
Urush yillarida xalqlarning iqtisodiy turmushlari mushkul bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda madaniy va musiqiy hayot to‘xtab qolmadi. Respublikadagi hamma teatr va konsert tashkilotlari, musiqa maktablari, o‘quv bilim yurtlari, konservatoriya va boshqa madaniyat maskanlari o‘z ish faoliyatlarini urush muhitiga moslab, davom ettirdilar. Yozuvchilar, kompozitorlar va butun san’atkorlar ahli Vatanparvarlik harakatining peshqadami bo‘ldilar. Ular bu og‘ir damlarda xalqni va ziyolilarni oldilariga qo‘yilgan jangovor vazifalarni yaxshi tushunar va amalga oshirish yo‘lida kuch – quvvat, bilim g‘ayratlarini ayamasdan ishladilar va ijod qildilar. Odatda, zambaraklar guldiraganda, musiqa sukunat saqlaydi deydilar. Ammo o‘tgan urushda buning aksi bo‘ldi. Musiqalar jarangladi, yangi – yangi vatanparvarlik, insonparvarlik qo‘shiqlar va turli janr va shakllarda mazmundor, fashizmga qarshi nafratlar nayzasi otiladigan musiqiy asarlar, konsert dasturlari va kinofilmlar bunyodga keldi.





Download 351.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling