Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


Download 351.75 Kb.
bet2/39
Sana15.11.2023
Hajmi351.75 Kb.
#1773804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi-fayllar.org

Musiqali teatr
Mavzu rejasi:
1. O‘zbek musiqali teatrining rivojlanishi.
2. Musiqali dramalar: “Halima”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Gulsara”, “Tohir va Zuxra”, “Alpomish”, “Ravshan va Zulxumor”, “Nurxon”, “Vatan ishqi”, “Zafar”, “Alisher Navoiy Astrobodda”, “Momo yer”, “Ishqing bilan”, “Kimga to‘y, kimga a’za”, “Yusuf va Zulayho”, “Fotima va Zuhra”
3. Musiqali komediyalar: “Oltin ko‘l”, “Toshbolta oshiq”, “Jon qizlar”, “Ajab savdolar”, “O‘jarlar”.
O‘zbekistonning madaniy hayotida XX asrda bunyodga kelgan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi Respublika davlat musiqali drama va komediya teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi davlat musiqali teatri va Respublikamizning barcha viloyatlaridagi hamda Qo‘qon va Bekobod shaharlaridagi musiqali drama va komediya teatrlari xalqimizning ma’naviy hayotida alohida ahamiyat kasb etib kelgan. O‘zbek teatrining yillar davomida bosib o‘tgan tarixiy va ijodi yo‘li va faoliyati keng qamrovli va samarali ekanligini e’tirof etish lozimdir.
Tarixdan ma’lumki, o‘zbek va O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotlarida XX asrga qadar qadimiy Yunon va YYevropa davlatlarida shakllangan “musiqali drama”, “musiqali komediya”, “operetta”, “vodivil”, “opera”, “balet” kabi janr hamda teatr san’ati turlari bo‘lmagan. Mahalliy xalqlarning yuqoridagi mavzularda tilga olingan teatr elementlari, xalq tomoshalari, “mim” (taqlid), “masxaraboz”, “askiya”, “qo‘g‘irchoq”, teatrning ro’plab turlari qadim qadim zamonlardan rivojlanib kelganlar. Ularni umumlashtirib “xalq teatri” atamasi qo‘llanmoqda. “Xalq teatri” san’ati uzoq asrlar davomida past baland, mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tdi. Markaziy Osiyoda turli davrlarda bunyodga kelgan davlatlarninig siyosiy va diniy mafkurasida “xalq teatri”ga munosabat turlicha bo‘lgan edi. Masalan, O‘rta Osiyo xalqlari Islom dinini qabul qilganidan buyon, ya’ni eramizning VII asridan boshlab “xalq teatri”ga din arboblari tomonidan munosabat keskin ravishda o‘zgardi. Turli bahonalar bilan tahqiq qilishlariga qaramasdan “xalq teatri” aktyorlari o‘z kasbiy mahoratlarini avlodlardan-avlodlarga yetkazib, yetarli ijod qilib, ulkan ma’naviy me’ros qoldirdilar. Ular bizning XXI asrga qadar yetib keldi.
“Xalq teatri”ning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarkibiy tarmog‘i bu – musiqadir. Masxaraboz, qiziqchi, ayniqsa qo‘g‘irchoq tomoshalarida ishtirok etuvchi aktyorlar o‘zbek xalq terma, aytishuv, lapar, yalla, qo‘shiq va turli cholg‘u kuylardan keng foydalangan holda ijro etganlar. Xalqqa ko‘rsatilayotgan tomosha voqealariga musiqa bevosita aloqador bo‘lmasa-da, obrazga kirishda va zavq ta’sirini kuchaytirishda albatta musiqa ishlatilgan. Tomosha boshlanishidan avval tomoshabinlarni to‘plashda karnay, surnay, nog‘ora, doira kabi cholg‘u – sozlardan tashkil topgan ansambl ham doimiy ravishda ishtirok etgan. “Xalq teatri”ning aktyorlari o‘z kasbining ustasi bo‘lishlari bilan birga, ular badiiy so‘z, askiya, musiqa va raqs san’atlarini ham yaxshi bilganlar. Shuninig uchun sinkritik aktyorlar asar lavhalaridagi yoki farsdagi ijobiy yoki salbiy timsolni (obrazni) ichki va tashqi qiyofasini ochib berishda, xarakterini yaratishda yoki talqin qilishda o‘zlarining aql-idroklari bilan ko‘rsatilayotgan tomoshani zavq baxsh etuvchi ta’sir kuchini uyg‘unlashtirishga harakat qilar edilar. “Xalq teatri” tomosha ko‘rsatish davrida aktyorlar “tanqid” va “taqlid” (“muqallid”) qiluvchi ikki guruhga bo‘linib, savol va javob orqali qisqa-qisqa dialog-muzokaraga muhim ahamiyat berar edilar. Bunday masxaraboz-qiziqchi aktyorlarning hunar vazifasi (qamrovi) juda keng edi. Ular mohirona dialog, monolog, qo‘shiq aytish, raqsga tushish, turli jismoniy harakat, “akrobat” ya’ni muallaqchilik san’atlaridan keng ravishda foydalanganlar. Aktyorlar asardagi shaxs (obraz) qiyofasiga kirish, ularni kiyim nusxalariga o‘xshatish, grim, turli maskalarlan ham keng foydalanganlar.
O‘zbek “xalq teatri”da dramaturg – yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa repertuarida bo‘lmasa ham, lekin ijroda aktyorlar o‘tmish tarixni, o‘z davridagi xalq hayotini, jamiyatdagi va ayrim tabaqa-jamoalarda ro‘y bergan muammo va ikir-chikirlarni yaxshi o‘rganib, hayotda uchrab turadigan shaxslarni, zargarlarni, mullavachchalarni, savdogarlarni, dallollarni va boshqa kasb egalarining ayrim shaxsiy nuqsonlarini, yomon hatti – harakatlarini, nayrangbozlik va tovlamachiliklarini tanqid nishoniga olib, fosh qilishga harakat qilib, jamiyatni sog‘lomlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shar edilar. Bundayin “xalq teatri”ning repertuari to‘g‘risida teatrshunos A.L.Troitskaya 1936 – yili Farg‘ona vodiysiga ekspeditsiya tashkil qilib “xalq teatri”ning tarixini va ish faoliyatini o‘rganib, “Из истории народного театра и цирка вУзбекистане”[1] maqolasida shunday yozadi: “G‘afurjon Toshmatov, Ismat qori, Ibrohim Teshaboev, Aka Buxor, ayniqsa Yusufjon – qiziqchi Shakarjonovlar bilan tanishib, hamda arxivlarni o‘rganib “xalq teatri” to‘g‘risida, uning tarixi, repertuari, boshqarish va moliyaviy faoliyatlarini o‘rganishga harakat qildim. Repertuardagi “Mudarris”, “Zarkokil”, “Tabibchilik” “Attorlik”, “Murab”, “Hammom”, “O‘lik sotdi”, “To‘g‘on”, “Tol sotti”, “Xum o‘g‘risi”, “Er bo‘lish” va boshqalarni mazmunlari bilan keltirmoqdaman”.
Bunday “xalq teatri” qadim zamonlardan to XX asrning 17-yiliga qadar o‘zbek xotin – qizlar davralarida ham mavjud bo‘lgan. Xotin – qizlar “xalq teatri”ni, tarixiy yo‘nalishini mashhur ijrochilari va repertuari to‘g‘risida teatrshunos – olim M.Qodirov “Женский народный театр Узбекистана” nomli maqolasida mukammal yoritgan. Teatr repertuarida ijtimoiy – iqtisodiy va oilaviy mavzular o‘z aksini topgan. Muallif “Ari”, “Loy sovun”, “Podachi”, “Gung” (“Soqov”), “Kundoshlik”, “Qaynona va kelin janjali”, “Charx”, “Kelin salom” kabi asarlarni mazmunini keltiradi.
Umuman “xalq teatri” o‘zbek xalqiing ma’naviy hayotida ulkan rol o‘ynaydi va kelgusida Yunon va YYevropa uslubidagi drama va musiqali drama teatrining O‘zbekistonda bunyodga kelishiga zamin yaratdi.
Shuni aytish joizki, talabalar hamda tomoshabinlar orasida “Nima uchun dunyo xalqlarinng tilida “teatr”, “drama”, “komediya”, “operetta”, “opera”, “balet” atamalari bir xil nom bilan ataladi” degan tabiiy savol tug‘iladi. Bunga javob topish uchun bir zum fikrimiz bilan olam charxpalagini orqaga aylantiramiz. Teatrni paydo bo‘lish tarixiga murojaat qilsak, shunday javob topamiz. Miloddan avvalgi davrlarda qadimgi Yunon davlatida sahnada tomosha ko‘rsatishni “teatr” (ko‘ryapman), sahna asari nomini “drama” – harakat, fikr, g‘oya to‘qnashuvi, dialog va monolog badiiy so‘z orqali ifodalanadi ya’ni jamiyatning nuqsonlarini, insonlarninig orasida tug‘ilgan qarama – qarshiliklar, ziddiyatlar, g‘oyaviy to‘nashuvlar va ularning echimi yaxshilik bilan yoki fojiali tugaydi.

Download 351.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling