Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


Download 351.75 Kb.
bet34/39
Sana15.11.2023
Hajmi351.75 Kb.
#1773804
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi-fayllar.org

Kinofilmidan



Sayfi Jalil (“Zulmatni tark etib”, 1973), A.Malaxov (“Toshkent non shahri”, 1967), F.Yanov-Yanovskiy (“Qo‘g‘irchoqboz”, 1970; “Mayin yomg‘ir yog‘adi” multfilmi, 1984 va b.). Ayniqsa, Rumil Vildanov ijodi e’tiborga molik, 100 dan ortiq filmga musiqa yozdi: “Inson qushlar ortidan boradi”, 1980 – 90 yillarda Vladimir Milov (“Alibobo va qirq qaroqchi” 1980 y.), Mirhalil Mahmudov “Kelinlar qo‘zg‘oloni” 1985 y., “Abdullajon” 1994 y., “Chimildiq” 1998 y; Enmark Solihov “Alpomish”, 1999 y., A.Ergashev “Sharif va Ma’rif” 1992 y., “Yulduzimni ber, osmon” 1995 y.)lar ijodi e’tiborga molikdir.


1990-yildan, ya’ni vatanimizning mustaqillik yillaridan o‘zbek kinosi keskin o‘zgardi. Davlat kinokompaniyasi tashkil etildi. “Inson”, “Yulduz”, “Iymon”, “Vatan”, “5-studiya” kabi o‘z dasturiga ega bo‘lgan mustaqil ijodiy birlashma studiyalar yuzaga keldi. Kino oliy o‘quv yurtlarini bitirib kelgan yosh rejissyor va aktyorlar hisobiga kino ijodkorlari safi kengaydi[5]. Bu davrga kelib, elektron musiqani taraqqiy etishi natijasida, kino musiqa ijodiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Endilikda mazkur jarayonda professional kompozitorlar M.Mahmudov, A.Ergashev, D.Yanov-Yanovkiy, D.Izomov bilan bir qatorda musiqa tanlovchilar, musiqiy bezakchilar, aranjirovkachilar faol ishtirok eta boshladilar. Ular zamonaviy vositalar asosida ustozlar an’analariga tayangan holda kinomusiqani yangi uslublarini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar. So‘nggi yillarda o‘zbek kinofil’mlari uchun musiqa yozishda J.Izomov, U.Karimov, D.Agzamov, Sh.Zokirov, F.Sobirov, U.Shermuhammedov, K.Dehqonov, S.Mo‘minov, S.Ergashev kabi yosh bastakor, aranjirovka ustalari faoliyat olib bormoqdalar. Ular zamonaviy vositalar asosida kinomusiqani yangi uslublarini yaratishga intildilar. Elektron musiqani shakllanishi natijasida kino mahsulotlari orasida tafovutlar paydo bo‘la boshladi.
O‘zbek kino san’ati zamon ta’siri ostida rivojlandi. Kinoning turlari bir-biridan, xususan bu jarayon, filmda gavdalangan material, ifoda vositalari, ilgari surilgan maqsadlari bilan farq qiladi.
1. Badiiy kino. 2. Hujjatli kino –(“Turkiston” (1923), “Turkiston ipakchiligi”, “O’rta Osiyo Bo‘ylab” (ikkalasi 1924) birinchi o‘zbek hujjatli filmlaridir. 70 yillar yaratilgan “Bahordan bahorgacha”, “13 qaldirg‘och”, “Toshkent, zilzila”, “Samarqand hamisha men bilan”, “Qariyalar”, “Mirmahmud Usmonov va uning 100 shogirdi” va h.k.
3. Animastiyali (multiplikatsiyali) kino. O‘zbekistonda multiplikatsion kino ishlash 60-yillardan boshlandi. “6X6 kvadratida” (1965 rej. D.Salimov) kinosi respublikada ishlangan birinchi multiplikatsion qo‘g‘irchoq filmdir, “Sehrli sandiq” (rej. D.Salimov), “Shumtaka” (rej. Q.Kamolova), “Kichik yolg‘onchi” (rej. 3.Royzman) va h.k.[6].
Kinoning turli janrlarida yozilgan kinomusiqalar, o‘zining vazifasi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi:

Download 351.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling