O‘zbek vokal san’atining yorqin namoyandasi, an’anaviy va akademik vokal ijro uslubining mohir ijrochisi, Xalq artisti Saodat Qobulova
30-yillarga kelib janr rivojiga taniqli bastakor – kompozitorlardan tashqari Toshkent davlat konservatriyasining talabalari ham o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘sha boshlaydilar. Xususan: M.Burhonovning “Tabassum qilmading hech...”, “Ey bulbul, girya makun” romanslari, A.Kozlovskiyning “Tanovar”, “O‘zgancha”, “Gul yuz uzra”, “Fig‘on” kabi vokal – simfonik asarlarini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
Keyingi yillarda vokal musiqa yangi janr turlari bilan boyidi. Mavjud qo‘shiq va romanslardan tashqari a’kapella xorlari, yirik vokal shakllar sohasida esa kantata, oratoriya va syuitalar yuzaga keldi.
Qo‘shiq janri rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan keksa avlod kompozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M.Ashrafiy, M.Leviyev, S.Yudakovlarning nomini alohida eslab o‘tish joiz.
Bastakorlar o‘zbek milliy usullari negizida vals usuliga ko‘proq murojaat eta boshlaydilar. Misol tariqasida Nabijon Hasanovning “Toshkent piyolasi”, “Dilrabodan bu chiroy” qo‘shiqlarini keltirish mumkin.
Shuningdek mazkur janr rivojida O‘zbekiston (gimn) madhiyasini (1946) yaratish yuzasidan e’lon qilingan tanlov ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Ko‘plab kompozitorlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishlariga qaramay, M.Burhonov tomonidan yaratilgan
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |