Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi


“Musiqali drama, opera va balet”


Download 214.93 Kb.
bet50/56
Sana05.01.2022
Hajmi214.93 Kb.
#212561
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56

“Musiqali drama, opera va balet”


Mavzu: “Musiqali drama, opera va balet”

 “Farhod va Shirin” musiqali dramasining premyerasi 1936-yili 25- fevralda birinchi marotaba simfonik orkestrning ishtirokida o‘tdi. Spektaklni tomoshabinlar nihoyatda zo‘r qiziqish va olqishlar bilan kutib oldilar. Jamoatchilik ham teatrning mazkur ishiga katta baho berdi va matbuotda turli maqolalar chop etildi. Mutaxassislar tomonidan bir ovozdan o‘zbek teatrining, umuman o‘zbek professional san’atining rivojlanish  jarayonida ham ulkan ijodiy yutuq deb baho berildi.“Halima” musiqali dramasi[1]. G‘ulom Zafariy pyesasi. Musiqalarni xalq namunalaridan Shorahim Shoumarov va bastakor To‘xtasin Jalilovlar tanlab spektaklga kiritganlar. Asar 4 pardadan iborat. Voqea O‘zbekistonda XX asr boshlarida o‘tadi[2]. 

O‘zbek musiqali teatrlarining ilk namunalarida asosan musiqalar xalq musiqasidan tanlab olingan va spektakllarga moslangan. Asosan Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari, Shashmaqom va xalq yo‘lidagi  asarlardan keng foydalanilgan. Ushbu an’anadan qaysidir ma’noda zamonaviy kompozitorlar ham foydalanib keladilar.

“Farhod va Shirin”[3] musiqali dramasining ikkinchi tahriri 1936-yilning 21- dekabrida respublika jamoatchiligiga havola qilindi[4]. Dramaning musiqasi professor Uspenskiy tomonidan qaytadan ishlab chiqildi. Musiqaning orkestrovkasi Mushel va Sveyfel hamkorligida V.A.Uspenskiy tarafidan bajarildi. O‘zbek musiqa tarixida birinchi marta rechitativ, duetlar, ikki va uch ovozli xorlar kiritildi. Bosh rollarda: Karim Zokirov, Boborahim Mirzayev (Farhod), Halima Nosirova, Nazira Inog‘omova, Fotima Boruxova, Nazira Axmedova (Shirin), Muhiddin Qoriyoqubov (Xisrov), Sa’dulla Norxonov (Shopur). Matn va kuylarni o‘rganishda spektakl harakatlarini o‘zlashtirishda respublika xalq artisti M.Uyg‘ur ishtirok etdi”.

Nurxon”. Atoqli bastakor T.Jalilov dramaturg K.Yashin (Nug‘manov) bilan hamkorlikda o‘zbek ayollarining orasida teatr san’atiga birinchilardan bo‘lib qadam qo‘ygan yosh aktrisa Nurxon Yo‘ldoshXo’jayeva (milliy istiqlol dushmanlari tomonidan qatl qilingan) hayotiga bag‘ishlangan (bu 20-yillarda sodir bo‘lgan) tarixiy fojia asosida “Nurxon” nomli musiqali dramasini bunyodga keltirdilar. Spektaklning premyerasi 1942-yil 23-dekabrda Muqimiy nomidagi musiqiy teatrda o‘tgan. Asar tomoshabinlar tomonidan qizg‘in olqishlar bilan kutib olingan va respublikaning madaniy hayotida katta voqeaga aylanib ketgan. 1942-yildan 1952-yilga qadar asar musiqasi o‘zbek xalq cholg‘u ansambli jo‘rligida ijro etilgan. 1952-yildan buyon ikkinchi tahrir asosida kompozitor G.Sobitovning simfonik orkestrga yozgan partiturasi tufayli simfonik orkestr tomonidan ijro etilmoqda.

Alisher Navoiy Astrabodda”. Tarixiy biografik mavzuda yaratilgan musiqali sahna asarlari orasida “Alisher Navoiy Astrabodda” musiqali dramasi ham e’tiborga molik. Pyesa muallifi Inoyat Maqsumov. Musiqani ulug‘ bastakor Yunus Rajabiy kompozitor Sayfi Jalil bilan hamkorlikda yozgan. Spektaklning premyerasi 1968-yili Muqimiy nomidagi musiqali teatrda o‘tgan. Asar ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavalludining 525-yilligiga bag‘ishlangan.




Download 214.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling