Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi
Kompozitor Mirhalil Mahmudov
Download 214.93 Kb.
|
M.Mahmudov ijodiy izlanishda jahon kompozitorlarining eng ilg‘or yutuqlarini va uslublarini ijobiy o‘zlashtiradi va o‘z uslubiy yo‘lini “Navo” nomli ilk simfoniyasidayoq namoyon qildi[2]. Kompozitor M.Mahmudov kelgusi ijodiy faoliyatida bitta simfoniya bilan chegaralanib qolmay yillar davomida, uning qalami ostidan quyidagi simfonik musiqalar bunyodga keldilar: 1972-yili “Simfoniya syuita”, Ikkinchi simfoniya (1976), ulug‘ kompozitor D.D.Shostakovichga bag‘ishlangan “Xotira” nomli simfonik poema (197b), kamer simfonik orkestr uchun “Muxammas va ufor” nomli pyesa (1977), ikkita uvertyura (1978), Uchinchi simfoniya (1982), “Bayramona” syuita va “Fanfarlar” nomli syuita va boshqa simfonik asarlar, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga va kamer simfonik orkestrga yaratgan asarlari bilan o‘zbek simfonik musiqa rivojlantirish jarayoniga samarali hissa qo‘shib kelmoqda.
Milliy musiqa tafakkuri doirasida zamonasining yetuk asarlarini barcha janrlarda namoyon etishga erishadi. Barcha simfonik asarlarida u serquyosh respublikamizning tarixini, mutafakkir ajdodlarimizni, zamondoshlar obrazlarini aks etib, bir qator chuqur mazmundor asarlar yaratadi. Bu sohada uning “Shiroq haqida afsona” nomli simfonik poema(1974), “Bayram uvertyura” (1976); truba va simfonik orkestr uchun “Konsert-rapsodiya” (1978); kamer simfonik orkestri uchun “Avitsena” nomli ikkinchi simfoniya (1984), “Shoirning hayot sahifasi” nomli atoqli shoir Hamzaga bag‘ishlangan uchinchi simfoniya (1990) va “Movarounnahr” nomli to‘rtinchi simfoniyalari yorqin misol bo‘la oladi. M.Bafoyev zamonaviy kompozitorlar orasida eng sermahsul va keng qamrovli kompozitordir. Shu bilan birga uning har bir asarga murojaatining o‘ziga xoslik yondashuvi mavjud. Mavzuga jiddiy yondashish, asl g‘oyani ochib berish, yangi zamonaviy uslublarda talqin etish, eng dolzarb mavzularga murojaat etish kompozitorning ijodiy tamoyilini tashkil etadi deyish mumkin. Uning ijodi bo‘yicha juda ko‘p tahliliy ilmiy-nazariy ishlar yaratilgan. Quyida uning kamer simfonik orkestr uchun yaratgan ikkinchi simfoniyasini qisqacha tahlili qilib ko‘ramiz. Simfoniya buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy obraz xususiyatlari jonli insoniy his tuygularga yo‘g‘rilgan, jo‘shqin ko‘tarinki ruhda aks etilgan. Simfoniya uch qismdan iborat: Simfoniyaning I qismi Andante va sonata-allegrosi shaklida yaratilgan. Falsafiy-lirik, yorqin ohangdor, Buzruk maqomni taronasi asosida tuzilgan bosh mavzu va jo‘shqin ohangdagi raqssimon yondosh mavzular bir-biriga qarama-qarshi (kontrast) bo‘lmay, ekspozitsiyada namoyon bo‘lib, ulug‘ olimning obrazi bilan bog‘langan. Har ikkala tema, rivojlovni o‘rniga, fugata-polifonik holatda kamol topadi. Reprizaga o‘tishda va reprizada esa, qarama-qarshi bo‘lganliklari uchun xuddi yaxlit obraz bunyodga kelganday tuyuladi. Shu bilan birga reprizada, mavzular avj nuqtasiga ko‘tarilganda asarni dramatrgiyasida, mavzularning ajralish holatlari seziladi. Umuman bu qismda yondosh lirik raqssimon mavzu birgina bu qismda emas simfoniyaning barcha qismlarida ustuvor turadi. Simfoniyani II-qismi uch qismli shaklda yozilgan. Bu qismlarni dramaturgiyasini rivojlanish jarayonini o‘ziga xosdir. Ekspozitsiyada milliy ruhda yozilgan uchta original mavzular asosiy rol o‘ynaydilar. Skersosimon mavzu alt, violonchel va skripka cholg‘ularda uch marotaba qaytarilishlarda namoyon bo‘lib, o‘rta tema bilan birlikda goh tez raqssimon harakatda, goh qayg‘u-vahimali jarayonda rivojlanib, reprizada ham davom etadi. Simfoniyaning III qismi Andante-reprizali uch qismli shaklda yozilgan. Bu qism, klassik kompozitorlarga xos, final qism sonata-allegro yoki ronda shaklda yozilgan an’anaga murojaat qilinmay, erkin ravishda turli obrazli musiqiy lavhalarni namoyon qilish bilan bog‘liq. Ya’ni, shu qismni birinchi mavzusi simfoniyaning birinchi qismidagi asosiy birinchi mavzuni ohangi bilan sug‘orilgan, ikkinchi mavzu esa o‘sha qismdagi fugatta asosida tuzilgan. Shu sababli simfoniyada, ham falsafiy ham lirik raqssimon, ham xayoliy g‘amgin nigoh, ham dramatik xayajonli musiqiy obraz lavhalar jaranglaydi va final mayusli lirik xayoliy musiqiy yaxlit his-tuyg‘uli ohang bilan tugaydi. Umuman simfoniyani yaxlit holda xuddi sonata-allegrosi shakliga o‘xshab ketadi. Birinchi qismida falsafiy lirik musiqa ikkinchi qismda skertso va uchinchi qismida xayoli olis-olislarga chorlovchi musiqa bir oz sukunatga ham cho‘miltiradi. Shu bilan birga aytish joizki, simfoniyani tematizmlarini tuzishda ham kompozitorning musiqiy tiliga xos yaxlitlik bor. Ya’ni har bir mavzu uch (ohang) jumladan iborat. Bunday mavzu tuzish simfoniyani birinchi qismini tuzilishiga xos. Shunday qilib simfoniyadagi boshqa qismlar birinchi asosiy mavzuning ohanglari bilan bog‘langan holda tuzilgan. M.Bafoyev o‘zbek musiqa ijodiyotida yorqin asarlar yaratib kelayotgan va samarali faoliyat olib borayotgan sermahsul kompozitor va ibratli ijodkordir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling