Xx asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
Download 20.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqXx asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli-hozir.org
Xx asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib ketdi. Manjurlarning Sin sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi. Shoshilinch korilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yaxshilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga tosiqqa aylangan yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari ortasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manjurlar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. Xorijiy davlatlar Xitoyda oz mavqelarini mustahkamlab oldilar. Xitoy milliy sanoati rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bolsa-da, har yili 50 tadan koproq korxona ishga tushirildi. Natijada, eksport 1901- yildan 1911- yilgacha 122 mln. dollardan 245 mln. dollarga osdi. Xorijiy davlatlar ichida Angliya tovar ayirboshlashda birinchi orinda (50 foiz) turar edi. 1914- yilga kelib Xitoy xorijiy davlatlardan 835 mln. dollar qarz bo`lib qoldi Muvaqqat Respublika hukumatining tuzilishi Sun Yat Sen tashkiloti konstitutsiyaviy monarxiya haqidagi fikrlarni qoraladi. Sin sulolasini umuman yoqotib, Respublika tuzish talabi qoyildi. Bu chaqiriqlar manjurlarga qarshi harakatni yanada kuchaytirdi. Bu harakat 1911- yili chet elliklardan temiryo'1 qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgach, qurolli qarshilik tusini oldi. Hatto armiyada ham norozilik boshlandi. Uxan shahrida askarlar yotogini tintuv qilishga kirgan manjur ma'muriyati tarafdorlarini askarlar oldirdilar. Qurol-aslaha omborini bosib oldilar. Boshqa qoshin qismlari ham ularga qoshildi. Inqilobchilar 11- oktabrda Uxanni tola qolga kiritdilar. Ular Respublika hukumati tuzdilar va barcha Xitoy viloyatlarini Respublika atrofida birlashishga chaqirdilar. Manjur sulolasi hukmronligi tugatilgani e'lon qilindi. Bu inqilob Xitoy tarixiga «Sinxay inqilobi» nomi bilan kirgan. Shunday qilib, «Sinxay inqilobi» qurolli qozgolon yoli bilan Xitoyda XVII asrdan boshlab hukm surgan manjurlar hokimiyatini agdarib tashladi Sun Yat Senning Prezident etib saylanishi Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen (1866—1925) Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi edi. U Guanchjou (Kanton) yaqinida dehqon oilasida tavallud topdi. Sun Yat Sen 90- yillarning boshida Gonkong (Syangan)da ingliz tibbiyot institutini tamomladi. Keyingi hayotini u siyosiy soha bilan bogladi. Sun Yat Sen 1905- yil avgust oyida «Xitoy uyushmalari ittifoqi» (Tunminxay) degan siyosiy tashkilot tuzdi. Yirik shaharlarda bu ittifoqning yashirin bolimlari ochildi. Ittifoq 1905- yil noyabrida «Minbao» (Xalq gazetasi)ni chiqara boshladi. «Ittifoq» Sun Yat Sen rahbarligida dastur qabul qildi. Dasturda Sin monarxiyasini agdarib tashlash, Xitoyda Respublika ta'sis etish va yerga egalik huquqini tenglashtirish, mustaqillikni tiklash, millatparvarlik, demokratiya va xalq farovonligi talab etilgan edi. Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust taraqqiy etgan Xitoyda yerga egalik huquqini tenglashtirish yoli bilan, ijtimoiy adolatli tuzum yaratish mumkin, degan fikrda edi. 1911- yil 25- dekabrda kop yillik muhojirlikdan song Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi. Uni xitoy xalqi xursandchilik bilan kutib oldi. 29- dekabrda Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi toplandi. Millat Majlisi Xitoyni Respublika deb e'lon qildi va muhojirlikdan qaytib kelgan Sun Yat Senni Xitoy Respublikasining vaqtincha Prezidenti etib sayladi. 1912- yil 1- yanvardan Sun Yat Sen oz prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Millat Majlisi vaqtincha qabul qilgan Konstitutsiyada barcha fuqarolarning tengligi va turli demokratik erkinliklar e'lon qilinsa-da, dehqonlarning orzutilaklarini ifoda etuvchi «yerga egalik qilishda teng huquqli bo'lish» shiori Konstitutsiyada ham, Millat Majlisining ko'rgan.choratadbirlarida ham oz aksini topmadi. Buning sababi — yerga egalik qilishda teng huquqqa ega bolishga qarshi kuchlarning katta mavqega ega bo`lganligi edi. Yuan Shikay diktaturasi Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Ularning biri—Xitoy Respublikasi hokimiyati, ikkinchisi — Shimolda saqlanib qolgan imperator hokimiyati edi. Pekindagi imperator hukumatining boshligi Yuan Shikay edi. Chet el monopolistlarini Xitoydagi mavqelarining qay ahvolda qolishi tashvishga solib qoydi. Shu sababli ular turli bahonalar bilan Xitoyning ichki ishlariga tobora koproq aralasha boshladilar. Xorijlik bosqinchilar Xitoydagi inqilobni qurol kuchi bilan bostirish maqsadida oz kuchlarini birlashtirishga erishdilar. Rivojlangan xorijiy davlatlarning Pekin hukumatini qollabquwatlashdan maqsadi Xitoyning ichki ishlariga oz bilganicha aralashish edi. Biroq bu Xitoyda umumiy norozilik keltirib chiqardi. Aholi chet el tovarlarini boykot qila boshladilar. Shunday sharoitda reaksiya Bosh vazir Yuan Shikay atrofiga birlashdi. Pekin saroy ahli unga monarxiyaning homiysi—xaloskori deb qarar edi. Biroq Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan 1912- yil 12- fevral kuni Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi. Hukmron tabaqalar butun hokimiyatni unga topshirishga urindilar. Yuan Shikay Nankinda hukumat tuzdi. Bu orada, xorijiy davlatlar ham Sun Yat Senning hukumat «tepasidan» ketishini ochiqdan ochiq talab qildilar va Xitoyga intervensiya uyushtirishga oshkora tayyorgarlik kora boshladilar. Xitoyga qarshi intervensiya xavfi ostida 1912- yil 1aprelda Sun Yat Sen prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur boldi. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling