Reja: Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi
Download 100 Kb.
|
Islom Karimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi
Mavzu O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining joriy etilishi.I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Pezidenti etib saylanishi.hokimiyatlar bo’linishi prinspiReja: Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi O‘zbekistonning tamomila yangi konstitutsiyasini tayyorlashga turtki bo‘ldi. Aynan Oliy Sovetning ushbu ikkinchi sessiyasida mustaqillik g‘oyalari va tamoyillariga tayangan holda davlatimizning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq O‘zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishidan ancha avvalroq boshlangan edi. Ma’lumki, 1990-yil 24-martida O‘zbekiston Prezidenti lavozimi ta’sis etilishi ana shunday islohotlarning dastlabkisi edi. Prezidentlik boshqaruvining ta’sis etilishi «sovetlar» hukmron bo‘lgan davlat boshqaruv shakliga barham berib, amalda davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga o‘tishini anglatardi. Prezidentlik institutining kiritilishi davlat hokimiyati vakolatlarining yangicha taqsimlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiyaboshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi. Jumladan, 1990-yil 1noyabrda «O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti birlashtirilib, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Ijroiya hokimiyat Prezident qo‘lida mujassamlashdi. U ham hukumat rahbari, ham davlat boshlig‘i bo‘lib qoldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta’sis etishdan iborat bo‘ldi. Ayni vaqtda, 90-yillarning boshlarida Sobiq Markazni saqlab qolish, uning mavqeini kuchaytirish yo‘lidagi harakatlar davom ettirildi. Totalitar tuzum tarafdorlari jon-jahdlari bilan talvasali urinishlar qildilar. Xususan, 1991-yil 19–21-avgustda Moskvada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harakat qilib ko‘rildi. To‘ntarishni uyushtirgan shaxslar mamlakatda boshboshdoqlik va parokandalik avjiga chiqqan paytdan foydalanib qolmoqchi bo‘lishdi. Ular markazda hokimiyatni qo‘lga olib, Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKCHP)ni tashkil etdilar. O‘sha davrdagi SSSR hududida g‘ayrikonstitutsiyaviy siyosat yurita boshladilar. O‘zbekiston rahbariyati bunday g‘alamislik niyatlariga yon bermadi. 20 avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlis bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Yuzaga kelgan vaziyatni aniq baholab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1991-yil 25-avgustda «Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi komitetini O‘zbekiston SSR yurisdiksiyasiga olish to‘g‘risida»gi va 1991-yil 29-avgustdagi «KPSSning O‘zbekiston SSR hududidagi mulki to‘g‘risida»gi farmonlarni chiqardi. Shunday sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir jumhuriyatning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustaqillik yo‘lidagi barcha to‘siqlar olib tashlanishi, har bir jumhuriyat so‘zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo‘lishi lozim edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidlash lozim. Unda «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yildi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» e’lon qilindi. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror va «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bayonot orqali Oliy Kengash O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini e’lon qildi. Davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi deb O‘zbekiston Respublikasining ozod mustaqil xalqi tan olindi. Davlat hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshirishi mustahkamlandi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun g‘oyat katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi. U 17 ta moddadan iborat bo‘lib, davlat suverenitetining asosiy belgilari mustahkamlandi. Jumladan, qonunning dastlabki moddasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqil demokratik respublika deb e’lon qilindi. Xalq suveren va davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega ekanligi, o‘z milliy davlat va ma’muriy hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilashi, mustaqil tashqi siyosat olib borishi, respublika fuqaroligi joriy tashkil etilishi, o‘z davlat ramzlariga ega bo‘lishi, o‘z moddiy va tabiiy boyliklarini o‘zi erkin tasarruf etishi, mustaqil pul-kredit tizimiga ega bo‘lishi kabilar qonunlashtirildi. 1991-yil 30-sentabrda parlament qarori bilan ushbu qonunga «Konstitutsiyaviy qonun» maqomi berildi. Mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki davrlaridan boshlab davlat boshqaruv organlari tizimi shakllantirildi, shu maqsadda mustaqil davlat organlarini vujudga keltiruvchi farmonlar qabul qilindi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida»gi farmon o‘ta muhim qadam bo‘ldi. 1991-yil 26-sentabrda Prezident farmoni asosida O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi ittifoq-respublika komiteti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi. Bundan tashqari, «O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini tashkil etish to‘g‘risida», Oltin, olmos va boshqa nodir metallarni chetga chiqarilmasdan respublikaning o‘zida qoldirish va ularning zaxiralarini tashkil etish to‘g‘risida, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi (1991yil 25-oktabr) farmonlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmon bilan bu vazirlikning ittifoq-respublika maqomi tugatilib, mustaqil davlatimizning alohida Adliya vazirligiga aylantirildi. Unga mamlakatda huquqiy siyosatni shakllantirish va uni o‘tkazishda davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi. «O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida» (1992-yil 28-yanvar), «O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida»gi farmon bilan Prokuratura ham faqat respublikaga bo‘ysunuvchi mustaqil idoraga aylantirildi. 1992-yil 28-fevral farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlarining bo‘linmalar, harbiy qismlar hamda harbiy o‘quv yurtlari, havo hujumidan mudofaa harbiy qismlari, kimyoviy qo‘shinlarning harbiy qismlari tegishli farmonlar bilan O‘zbekiston yurisdiksiyasiga o‘tkazildi. Ular mamlakatimizning davlat suverenitetini himoya qilish, davlat chegaralarini qo‘riqlash va mudofaani ta’minlash ishlariga safarbar etildilar. «O‘zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat aksionerlik assotsiatsiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi (1992-yil 7-noyabr) va boshqa farmonlar fikrimizning yorqin dalilidir1. Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling