Reja: Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi
Download 100 Kb.
|
Islom Karimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Qurolli Kuchlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125moddasida belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasini mudofaa qilish Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasiga muvofiq tajovuzni daf etishga doim tayyorligiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi Qurolli Kuchlar tuzilishida mudofaalanish kifoya qilarli darajada bo‘lishi qoidasiga amal qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari: 1) quruqlikdagi qo‘shinlar; 2) harbiy-havo kuchlari; 3) havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari; 4) maxsus qo‘shinlar; 5) harbiy qurilish-muhandislik qo‘shilmalari; 6) milliy gvardiyadan tarkib topadi. Ularga kundalik rahbarlik qilish va boshqaruv Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarni kadrlar bilan to‘ldirish O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonuniga binoan amalga oshiriladi. Qo‘shinlarning kundalik hayoti va ichki tartibintizomi Qurolli Kuchlar Nizomlari asosida tartibga solinadi. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunda (1991-yil 31-avgust) yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib, Milliy gvardiyani tashkil etish va Mudofaa ishlari vazirligini ta’sis etish zarurligi ta’kidlangan edi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tuzish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. Respublika Hukumatining 1991-yil 25-oktabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining huquqiy maqomi, tashkiliy tizimi va tuzilishi hamda Nizomi tasdiqlandi. Ushbu Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqaro mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqari xizmat maxsus boshqarmasi negizida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori alohida ahamiyat kasb etdi. Unga ko‘ra, sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining respublikamiz hududida joylashgan barcha qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari hamda boshqa harbiy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida zamonaviy ma’rifiy davlatlarga xos demokratik, adolatli norma mustahkamlandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi (1992-yil 3-iyul) yuqoridagi konstitutsiyaviy normani konkretlashtirishda, Qurolli Kuchlarni shakllantirilishi, mustahkamlanishi va boshqaruvini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shuningdek, 1992-yil iyulda «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi hamda «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Qurolli Kuchlarni mamlakat miqyosida joylashtirish Respublika Oliy Bosh Qo‘mondoni (ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti) rahbarligida Mudofaa vazirligi, uning Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududini, chegaralarini, havo chegaralarini ishonchli himoya qilinishini nazarda tutuvchi strategik reja, harbiy doktrina talablari, strategik va operativ rejalar asosida, shuningdek qo‘shinlarni jang oldidan safarbar etib joylashtirish rejalari asosida amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarni tuzish «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarni tuzish harbiy xizmatga shu hududdan va hudud tashqarisidan chaqirishni uyg‘unlashtirgan holda olib boriladi. Armiyani saqlab turish, moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta’minlash davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar miqdori har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimi xodimlari daromad solig‘iga tortilmaydilar. Shuningdek, mudofaa ehtiyojlari uchun davlat buyumlarini bajarish soliqni kamaytirish yoki undan ozod qilish, kredit berish va boshqa imtiyozlar bilan rag‘batlantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarish respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 16-bandiga muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Mamlakat mudofaasiga oid ishlarni tashkil etish, Qurolli Kuchlarning harbiy tayyorgarlik va moddiy-texnikaviy sohasidagi ehtiyojlarini ta’minlash masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ham muayyan vakolatlarga ega. O‘zbekistonning xavfsizligi va ishonchli mudofaasini ta’minlashda 1997-yil 29-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun muhim qadam bo‘ldi. Konsepsiyada diniy ekstremizm, millatlararo va etnik ziddiyatlarning kuchayishi, qurollarning, jumladan yadro qurolining tarqalishi, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, narkotik moddalarning tarqalishi hamda ekologik tanazzul ko‘rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi ta’kidlangan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishi bilan davr ruhiga mos bo‘lgan demokratik davlat va huquqiy tizim shakllandi. Diyorimizda davlat va huquqning shakllanish hamda rivojlanish tarixini xolisona va har tomonlama ilmiy tahlil qilish, uning natijasi o‘laroq obyektiv xulosalar chiqarish va chuqur o‘rganish orqali yosh avlodni Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalash, siyosiy-huquqiy tariximiz yutuqlaridan mustaqil o‘zbek davlatchiligi va uning huquq tizimini takomillashtirishda foydalanish tarixda uchragan kamchiliklarning takrorlanmaslik choralarini ko‘rish, qolaversa, boy va betakror tariximizni jahon jamoatchiligi nigohida namoyish qilish bugungi kundagi alohida ahamiyatga molik ishdir. Download 100 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling