Xx asr boshlaridagi o`zbek adabiyoti


Download 74.5 Kb.
bet3/4
Sana09.11.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1758923
1   2   3   4
Bog'liq
20-asrda o`zbek adabiyoti

Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qoʻqon — 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). Soʻng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yoʻl“ jurnallari va „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va Oʻrta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. Oʻzdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va oʻsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Abdulla Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. „Olam yasharadi“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932-yilda bosilgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar eʼlon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida „Qoʻshchinor chiroqlari“ romani hamda „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) va „Muhabbat“ (1968) qissalari muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari „Boshsiz odam“, „Anor“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Dahshat“, „Millatchilar“, „Sanʼatkor“, „Adabiyot muallimi“, „Oʻjar“, „Asror bobo“ kabi oʻnlab hikoyalar yozgan. „Shohi soʻzana“ (1949), „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962), „Ayajonlarim“ (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.
Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937-38-yillarda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan lirik sheʼrlari burjua sheʼriyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, „koʻngil sheʼriyati“ga tamomila zid oʻlaroq, „fajdanlik sheʼriyati“ deb atalgan sheʼriyat namunalarini yaratishga majbur boʻldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga daʼvat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan „Oʻzbekiston“, „Dneprostroy“, „Fanga yurish“, „Raisa“, „Qizlar“ singari oʻnlab sheʼr va dostonlari 30-40-yillar oʻzbek sheʼriyatida muhim voqea boʻldi.
Oybek 40-yillar oxiri — 50-yillar boshlarida „Qizlar“ (1947) dostonidan tashqari, „Hamza“ (1948), Pokiston taassurotlari asosida „Zafar va Zahro“ (1950) va „Haqgoʻylar“ (1952) dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga sigʻinish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida „xrushchyovcha“ harorat jilvalari koʻringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana „sof lirika“ning guzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bagʻishlangan „Davrim jarohati“ (1952), „Guli va Navoiy“ (1968) dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar oʻzbek sheʼriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qoʻshadi.


Xulosa
Xullas, jadid yozuvchilari adabiyotning qariyb barcha tur va janrlarida Milliy uyg`onish davri g`oyalarini xalq ommasi ongiga quyishda qizg`in ishtirok etdilar. Jadid yozuvchilari tufayli o`zbek adabiyotining xalq hayoti bilan aloqasi mislsiz darajada mustahkamlandi, g`oyaviy va estetik ta`sir kuchi oshdi. Jadid adabiyoti xalq ommasining barcha qatlamlariga g`oyaviy ta`sir o`tkazish maqsadini o`z oldiga qo`ygani uchun ham mumtoz adabiyotga xos murakkab obrazlar tizmasiga asoslangan tantanavor-kitobiy tilni isloh qilib soddalashtirdi va jonli xalq tiliga yaqinlashtirdi. eng muhimi, bu adabiyot g`aflat og`ushida yotgan, baxtli va farovon turmush, erk va musatqillik haqidagi orzu-o`ylari ikkiyoqlama zulm sharoitidaso`ngan xalq ommasining ko`zini ochib, uni shahdam qadamlar bilan olg`a borayotgan XX asr bilan, yangi dunyo bilan, ma`rifat va mustaqillik g`oyalari bilan tanishtirdi.
Jadid adabiyoti va uning namoyandalari sho`ro mafkurasi hukmronlik qilgan davrlarda qirg`in-qatag`on etilib, o`rganilmay kelindi. Shuning oqibatida XX asr boshlarida matbuot va adabiyot olamida fidoyilarcha mehnat qilgan kishilarning xalq va vatan oldidagi xizmatlari qadrlanmay, aksincha, tuhmat va malomat toshlari ostida qoldi. Holbuki, jadid adabiyoti g`aflat uyqusida yotgan xalqni uyg`otib, uni yangi hayot uchun kurashga tayyorladi. Agar o`zbek xalqi sho`ro hokimiyati yillarida ijtimoiy hayotda faol qatnashgan bo`lsa, bu avvalo, jadid adabiyotining-uni mudroq holatdan uyg`otgan ijodiy kuchlarning xizmatidir.
Jadid adabiyoti namoyandalari oktabrdan keyin ham muayyan vaqtga qadar ijod qilishda davom etdilar. Agar ularning bir qismi 1929-1930-yillari mahv qilingan bo`lsa, qolganlari 1937-yilga qadar badiiy ijod bilan shug`ullanish imkoniga ega bo`ldi. Shunisi ahamiyatliki, ular oktabrdan keyin ham jadid adabiyoti g`oyalarini xalqqa yetkazish ishiga sodiq qoldilar. Shuning uchun ham ayrim adabiyotshunoslar jadid adabiyotining faoliyat chegarasini 1929-1930-yillar bilan belgilaydilar.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling