Xx asr boshlaridagi o`zbek adabiyoti


G`afur G`ulom Oybek va Abdulla Qahhor asarlari


Download 74.5 Kb.
bet2/4
Sana09.11.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1758923
1   2   3   4
Bog'liq
20-asrda o`zbek adabiyoti

G`afur G`ulom Oybek va Abdulla Qahhor asarlari.
G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.
G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.
G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan.
1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
1923 yildan G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.
G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.
Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o‘z aksini topdi.
Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948) va boshqalar.
“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan.
Shoir “Millatga xitob” singari o`nlab she`rlarida xalq qo`shiqlarining musiqiy ohanglaridan keng foydalanib, g`aflat uyqusida yotgan vatandoshlarini uyg`otishga birinchilardan bo`lib kirishdi:
Ko`zlaring och, ey millat, ko`p zamon g`ofil yotding,
Umring o`tdi yotmakda, qayg`uga toza botding.
Hamza “Milliy ashulalar uchun milliy she`rlar majmuasi” va “Gul” to`plamlariga kirgan she`rlarida xalq va yurt hayotidagi achinarli jihatlarni shafqatsizlik bilan ochib tashladi. U g`aflat uyqusida yotgani uchun “Ruhsiz tandir, xanjar ursa qoni sochilmas”, deb butun shoirlik kuchini shu mudroq elning basirat ko`zlarini ochishga sarfladi. Hamza bu milliy she`rlari bilan jadid she`riyatini yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tardi.
Tavallo, boshqa jadid shoirlaridan farqli o`laroq, o`z she`rlariga real hayot hodisalarini olib kirdi. U xalqning umuman qoloq hayoti manzaralarini emas, balki, masalan, tramvaydan tushar paytida umvaloq oshib ketishi yoki skameykada chordona qurib o`tirishini, boshqa xalqlar osmonga aeroplan bilan ko`tarilganlarida, musulmonlarning varrak uchirib yurishi yoki boshqa xalqlar grammofonni ixtiro qilganlarida ularning patnis bilan azongacha baqirib ashula aytishlarini mazax qildi. Uning kulgusi zaxarli bo`lsa ham asossiz emas edi. “Ravnak ul-islom” ni tashkil etgan ana shunday she`rlarining birida Tavallo o`z xalqiga qarata bunday ta`na toshlarini otdi:
... Simsiz birovlar so`ylashib, millat g`amini o`ylashib,
Yurganda siz to`y-to`ylashib, hech bir uyalmaysiz hanuz.
Gimnazu seminar borib, tahsil ulug` etdi o`qub,
Sizlar hamon zambil to`qib, adris yozolmaysiz hanuz.
Chiqdi birovlar osmon, mashinasi aeroplan,
Sizlar tramvaydan hamon nechun tusholmaysiz hanuz?
Tavalloning xalqqa nihoyatda yaqin uslubda ijod etib, uning turmushi va ongidagi nuqsonlar ustidan kulishi bejiz ketmadi. U xalq o`rtasida hatto Avloniy va Hamzaga ko`ra ham katta shuhrat topdi.
Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad oʻgʻli; 1905.10.01 — Toshkent — 1968.1.07) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Oybek hunarmand-boʻzchi oilasida tugʻilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda (1911-1917), soʻng Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan „Namuna“ maktabida (1918-1921) boshlangʻich maʼlumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi taʼlim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach (1921-1925), Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925-1927), Leningrad xalq xoʻjaligi institutida (1927-1929) oʻqiydi va ogʻir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oʻqishni tugatadi (1930).
Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik koʻlam Oybek sheʼriyatiga xos xususiyatlardir. U lirik sheʼriyat bilan bir qatorda dostonnavislik sohasida ham izlanishlar olib borib, „Dilbar — davr qizi“ (1932), „Oʻch“ (1933), „Baxtigul va Sogʻindiq“ (1934), „Qahramon qiz“ (1936), „Gulnoz“, „Kamonchi“, „Navoiy“ (1937) singari dostonlarni yozdi. Shoir bu dostonlarida oʻz davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy-maʼnaviy masalalarini koʻtarish bilan birga tarixiy oʻtmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-epik sheʼriyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir sanʼatkor ekanini namoyish etadi. „Oʻch“ va „Navoiy“ dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak „Qutlugʻ qon“ va „Navoiy“ romanlari uchun oʻziga xos eskiz vazifasini oʻtadi.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling