Xx asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib axborotga talab va ehtiyoj shu darajada oshdiki, bu talabni qondirish uchun barcha davlatlarda maxsus qarorlar qabul qilindi


Download 75 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2023
Hajmi75 Kb.
#1103710
1   2   3
Bog'liq
Мавзу17-

Axboriy mahsulot – bu insolarning axboriy faoliyatining mahsuloti bo`lib, biror ko`rinishda tarqatish uchun mo`ljallangan ma`lumotlar to`plamidir.
Axboriy xizmat – bu axboriy mahsulotlarni olish va foydalanuvchi ehtiyoriga berishdir. Tor ma`noda axboriy xizmat deganda axborot texnologiyalari asosida kompyuterdan olinadigan xizmatlar tushuniladi.
Axboriy mahsulot va xizmatlar bozori – bu intellektual mehnat mahsulotlarini sotishdagi iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy munosabatlar sistemasidir. Axboriy bozor ham boshqa bozorlarga o`xshaydi, lekin u o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, bozor munosabatlarida quyidagi qatnashchilarni ko`rish mumkin:

  • Xom-ashyo yetkazib beruvchilar – bozorga kitob, jurnal, gazetalar va h.k. yetkazib beruvchi boshlang`ich nashrchilar;

  • Sanoatchilar (ikkilamchi nashrchilar) – ikkilamchi, shu bilan bir vaqtda asosiy mahsulot (dastur mahsulotlari, ma`lumotlar ombori (MO), spravochniklar, kataloglar, to`plamlar va h.k) ishlab chiqaruvchilar;

  • Chakana savdo qiluvchilar – kutubxonalar, do`konlar, axborot va provayder markazlari, internet kafelar;

  • Xaridorlar – axborotning so`nggi foydalanuvchilari va iste`molchilari.

Tabiiyki, bunday rivojlangan axboriy bozorda muvaffaqiyatli ish olib borish uchun ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilar mos axboriy madaniyatga ega bo`lishlari kerak.
Axboriy madaniyat – bu axborot bilan maqsadli ishlash va uni olish, saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun zamonaviy kompyuter, axborot texnologiyalardan, iqtisodiy – matematik usullardan, texnik vositalar va sistemalardan foydalanish demakdir.
Axboriy madaniyat insonning ijtimoiy tabiati bilan bog`liq. U insonning turli ijodiy qobiliyatlarining mahsuli bo`lib, quyidagilarda namoyon bo`ladi.

  • Informatikaning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish bo`yicha ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lishda;

  • O`z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan va ularning asosini tashkil qilgan ko`plab dasturlardan foaydalana olish qobiliyatida;

  • Ma`lumotlar ombori (MO), kompyuter va kompyuter tarmoqlari, Internetdan bemalol ma`lumotlarni ajratib olish va undan foydalana olishda.

Jаmiyatni аxbоrоtlаshtirish jаrаyonidа eng muhim tushunchаlаrdаn biri аxbоrоt zаhirаlаri hisоblаnаdi. Аxbоrоt zаhirlаri аlоhidа hujjаt vа аlоhidа hujjаt to`plаmi, аxbоrоt tizimlаri, ya`ni kutubxоnа, аrxiv, fоnd, mа`lumоtlаr bаnklаri, shuningdеk bоshqа аxbоrоt tizimlаridаgi hujjаtlаr vа hujjаtlаr to`plаmidir.
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir qismi sifatida insonni axborotlar oqimida to`g`ri yo`l topishi uchun xizmat qiladi. Axborot madaniyati insonning ijtimoiy tabiati bilan bog`liq bo`ladi. U insonning ijodiy qobiliyati ma’suloti bo`lib, quyidagilarda o`z aksini topadi:
- texnik qurilmalar (telefonlar, shaxsiy kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari)ni ishlatish ko`nikmasida;
- o`z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalarini ishlatish qobiliyatida;
- turli manbalar (davriy nashrlar va elektron kommunikatsiyalar)dan axborotlarni olish, uni kerakli shaklda ko`rsatish va samarali ishlatish mahoratida;
- axborotni analitik qayta ishlash asoslarini bilishida;
- turli axborotlar bilan ishlash qobiliyatida;
- o`z faoliyat sohasidagi axborot to`plamining xususiyatlarini bilishida.
Axborot madaniyati kibernetika, informatika, axborot nazariyasi, matematika, ma`lumotlar omborini loyihalash nazariyasi va boshqa fanlarning bilimlariga tayangan holda paydo bo`ladi. Axborot madaniyatining tarkibiy qismi bu yangi axborot texnologiyalarini bilishdan va ularni qo`llashdan iborat bo`ladi.
Tа`limiy аxbоrоt rеsurslаriga Internet, Ziyonet, o`quv muassasalarining maxsus saytlari, masofadan o`qitish, axborot resurs markazi, elektron darsliklar, elektron hujjatlar, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari kiradi.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling