Xx asr so'ngi choragi XXI asr boshlarida Afg'oniston va sharqiy turkistonning ijtimoiy iqtisodiy siyosiy axvoli

Download 1.15 Mb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1496064
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XX asr so\'ngi choragi XXI asr boshlarida Afg\'oniston

1991-yilning avgustida Sovet Ittifoqida ro‘y bergan davlat to‘ntarishini amalga oshirishga bo‘lgan urinish Sovet davlatining parchalanishiga olib keldi. Mazkur parchalanish oqibatida Kremlda rasmiy hokimiyatni qo‘lga kiritgan B.Yelsin (1991-1999) boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi hamda AQSH hukumati o‘rtasida 1991-yilning sentabrida imzolangan shartnomaga ko‘ra, 1992-yil 1-yanvardan boshlab Afg‘onistondagi Najibullo hukumatiga qurol-yarog‘ va boshqa turli ko‘makning yetkazib berilishini to‘xtatishga kelishib olindi.

Rossiya Federatsiyasi AQSH bilan tuzilgan mazkur kelishuvga qat’iy amal qilgan bo‘lsa-da, rasmiy Vashington afg‘on mujohidlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi. Shu bilan birga, Pokiston, Saudiya Arabistoni va ba’zi davlatlar esa mujohidlarga qurol-yarog1 yetkazib berishda davom etdilar.

Aynan shu davrda Pokiston va Eronda uzoq yillardan beri Afg‘onistondagi sho‘roparast hokimiyatga qarshi qurolli kurash olib borgan - “Yettilar Ittifoqi” hamda “Shia sakkizligi”ga birlashgan mujohidlar mamlakat siyosiy sahnasiga kirib kelishdi.

Mamlakatda yangi siyosiy vaziyat yuzaga keldi. “Afg‘oniston mujohidlarining islomiy ittifoqi” (“Yettilar Ittifoqi”) AQSH va Pokiston bosimi ostida Peshovar shahrida o‘zining o‘tish hukumatini tuzdi va bundan maqsad Kobulda hokimiyatni egallash edi. Mazkur o‘tish hukumatiga sobiq qirol M.Zohirshoh yetakchiligida yangi hukumat tuzish tarafdorlari ham, shia mazhabiga mansub mujohidlaming vakillari ham kiritilmadi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling