Xx asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari
Glagolev Nil Alekseyevich (1888-1945)
Download 343.03 Kb.
|
XX asrdagi Rossiyalik olimlarning ilmiy faoliyatlari. Chizma geometriya fani boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy konferensiyalar va chop etilgan toʻplamlar, maqolalar. Maskiva Leligirat va Sanpeterburg ilmiy maktablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dobryakov Aleksandr Ivanovich (1895-1948)
- Gromov Mixail Yakovlevich (1884-1963).
Glagolev Nil Alekseyevich (1888-1945) Professor, fizika- matematika fanlari doktori atoqli rus geometri bo‘lib, o‘z davridagi proyektiv maktabning rahbarlaridan biri hisoblanadi. 1922-23-yillarda Moskvadagi Bauman nomidagi texnika oliy o‘quv yurtining muhandis quruvchi fakulteti talabalariga chizma geometriya kursini proyektiv geometriya asosida o‘qigan. 1923- yilda shu kurs asosida konspekt chop etgan. U nomografiya va
yasashlarni mexanizatsiyalashtirish kabi ishlarni chizma geometriya faniga kiritgan. Uning chizma geometriya fanidan original darslgida pozitsion va metrik masalalarni qardoshlik mosligi asosida bayon etgan. Dobryakov Aleksandr Ivanovich (1895-1948) Professor, texnika fanlari doktori tomonidan chop etilgan «Chizma geometriya kursi» ancha mukammal darslik hisoblanib, arxitektura-qurilish institutlari uchun yozilgan bo‘lib, kitobda arxitektura fragmentlarining turli elementlarida soyalar va perspektiv yasashlar to‘liq ko‘rsatilgan. Bu klassik darslikda chizma geometriyaning barcha bo‘limlari nazariy tomondan berilgan bo‘lib, ularning tadbig‘i qurilishning turli muhandislik sohalarida keltirilgan. Professor A.I.Dobryakov tomonidan sirtlarni kesishish usullari, sirtlarni klassifikatsiyasining nazariyasi kabi ishlanishlar ham bajarilgan. A.I.Dobryakov chizma geometriya va chizmachilik fanlari bo‘yicha Oliy attestatsiya komissiyasiga N.A.Rinindan keyin raislik qilgan. Chizma geometriya va muhandislik grafikasini rivojlantirishda o‘zlarining eng ko‘p hissalalarini qo‘shgan Sovet geometrlaridan Rossiya professorlari texnika fanlari doktorlari N.F.Chetveruxin, N.I.Kotov, V.O.Gordon, N.N.Rijov, S.A.Frolov, A.V.Bubennikov va boshqalarning xizmatlari juda kattadir [15.277-278]. Gromov Mixail Yakovlevich (1884-1963). Professor, texnika fanlari doktori Bir necha yillar Moskvadagi Butun ittifoq sirtqi politexnika institutida faoliyat olib borgan, chizma geometriya kafedrasiga rahbarlik qilgan Ilmiy xodimlar tayyorlagan V.A.Bubenikov, professor M.Ya.Gromovning birinchi shogirdlaridan hisoblanadi. Ular birgalikda chizma geometriya fanini egri chiziqlar va sirtlar bo‘limini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Tekis va fazoviy zgri chiziqlarni tabiy koordinatlari, sirtlarni hosil bo‘lishining turli usullari sirtlar yuzalarini va hajmlarini grafik usulda aniqlash, konform almashtirish kabi masalalarni hal qilishda katta hissa qo‘shgan olim hisoblanadi. Professor M.Ya.Gromov va A.V.Bubenikovlar chizma geometriya fanidan 1965-, 1973-yillarda yozilgan darsliklari fanning klassik adabiyotlaridan hisoblanadi. Kitobning barcha bo‘limlari nazariy tomondan boy va chizmalar rangli tasvirlarda keltirilgan. Bu darsliklarda keltirilgan nazariy ma’lumotlardan ilmiy tadqiqotlar va magistrlar va loyihalash institut xodimlari keng foydalanib kelmoqda. Professor M.Ya.Gromov 1953-yilda mavzusida chizma geometriya fanidan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1935-1941- va 1945-1946-yillarda Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedrasida mudirlik qilgan. Shu davrlarda u kafedrada ilmiy va metodik ishlarni rivojlantirib, yoyiluvchi chiziqli sirtlar nazariyasi va konform almashtirish usullarini yaratdi va chizma geometriyani egri chiziqlar, sirtlar va ularni yoyilmalari bo‘limlariga yangi nazariy asoslar kiritdi. 1937-yilda rus tilida «proyeksion chizmachilik» bo‘yicha masalalar to‘plami kabi o‘kuv qo‘llanmalar yaratdi. M.Ya. Gromov 1941-1945-yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti (hozir Toshkent Irrigatsiya va Meliratsiya instituti) «Chizma geometriya va mashinasozlik chizmachiligi» kafedrasida mudir bo‘lib ishlab, u shu yillarda O‘rta Osiyo politexnika institutiga (hozirgi Toshkent Davlat Texnika universiteti) chizma geometriyadan ma’ruzalar o‘qitan. Bu davrda u o‘zining «Chizma geometriya» darsligining 1 va 2 qismlariga tegishli nazariy va amaliy izlanishlarni yaratdi [15.277-278]. Download 343.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling