Xx asrning 30 yillarida O'zbekistoda ijtimoiy -iqtisosdiy va madaniy hayot. II jahon urushi yillarida O'zbekiston. O'zbekiston 1946-1985 yillarda


Bu o’zbekistonliklarning fashist bosqinchilarini tor-tor etishga qo’shgan ulkan hissasi sifatida jahon tarixidan munosib o’rin oldi


Download 130.5 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1604593
1   2   3   4
Bog'liq
XX asrning 30 yillarida O\'zbekistoda ijtimoiy -iqtisosdiy va madaniy hayot. II jahon urushi yillarida O\'zbekiston. O\'zbekiston 1946-1985 yillarda.

Bu o’zbekistonliklarning fashist bosqinchilarini tor-tor etishga qo’shgan ulkan hissasi sifatida jahon tarixidan munosib o’rin oldi.
Transport va aloqa. Respublikamizda transport va aloqa vositalarining to’xtovsiz va samarali ishlashini ta’minlashga e’tibor berildi. 1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temir yo’li ishi to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Temir yo’l harbiy holatga o’tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majbur qilib quyildi.
1941-1945-yillarda temir yo’llar 2 barobar uzaydi. Toshkent-Angrenugol, Boysun-Otquloq-Turangli, Toshkent tovar stantsiyasi temir yo’llari qurilib ishga tushirildi. Respublika avtotransportida tashilgan yuklar hajmi 1945-yilda 1940yilga nisbatan 2,5 barabar o’sdi va 2116 ming km tonnadan 5139 ming km tonnaga etdi.
Aloqa, telefon, telegraf xodimlari ham urush talablariga moslashib ishladilar.
Aloqa xodimlari O’zbekistonni Markaz bilan, Respublika rahbariyatini viloyat, shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari bilan aloqasini yo’lga qo’ydilar. Toshkent-Samarqand-Ashxabad, Toshkent-Samarqand-Boku, ToshkentSamarqand-Krasnovodsk Toshkent-Samarqand-Buxoro telefon aloqa yo’llari qurildi. 1943-yilda qurib ishga tushirilgan 500 kilometrlik telefon yo’li Respublika poytaxtini Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston bilan bog’ladi.
Yirik korxonalarning o’zlarida ham 50-100 o’rinli telefon stantsiyalari qurildi. Natijada xo’jaliklarga rahbarlik qilish, ularga o’z vaqtida ko’maklashish ishlari yaxshilandi.
Qishloq xo’jaligi. Urush respublika qishloq xo’jalik xodimlarini qattiq sinovdan o’tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyimkechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo’jaligi asosan paxta yetishtirishga yo’naltirilgan bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlari ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish to’xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur bo’lib qoldi. Ikkinchidan, ko’chirilib keltirilgan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko’payishi oziq-ovqatga bo’lgan talabni yanada oshirdi. Uchinchidan, kuch-quvvatga to’lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqatli ishlari keksalar, ayollar, o’smirlar zimmasiga tushgan edi. To’rtinchidan, MTS va sovxozlarga G’arbdan yangi traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to’xtab qoldi. Bugina emas, xo’jaliklardagi traktorlar, otlarning bir qismi Qizil Armiya ehtiyojlari uchun frontga olib ketildi.
Urush yillarida respublika dehqonchiligining tarkibiy tuzilishi keskin o’zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda, don, qand lablagi, kanop, pilla, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish tadbirlari ko’rildi. Birinchi navbatda ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish tadbirlari ko’rildi.
O’zKP(b) MQning birinchi kotibi Usmon Yusupov 1941-yil dekabrda bo’lgan MQning V Plenumida O’zbekistonda g’alla masalasini hal qilish, o’zimiznio’zimiz un-non bilan ta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan, sug’oriladigan yer-maydonlari kengaytirildi. Zarang yerlar, qo’riqlar, lalmikor yerlardan ham foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar, 1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g’alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlarini yetishtirish ko’payib, 1941-yilgi 4,8 mln. s. o’rniga 1943-yilda 5,3 mln. s. don olindi.
Qishloq xo’jaligida O’zbekiston uchun yangi tarmoq-qand lavlagi yetishtirish yo’lga qo’yildi. Samarqand, Farg’ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo’yicha ixtisoslashtirilib, 1942-yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlagi ekildi.
Respublika bo’yicha 1944-yilda davlatga 1 mln. 373 ming s., 1945-yilda esa 1 mln. 646 ming s. qand lavlagi topshirildi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakar-qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Krasnogvardeysk, Qo’qon, Yangiyo’l qand zavodlari qurildi. Urush yillarida O’zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to’rtdan bir qismini berdi. Respublikamiz qishloq xo’jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 4 mln. 806 ming tonna paxta xomashyosi, 1282 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go’sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.
Urush yillarida ishchi va dehqonlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, yordam yanada mustahkamlandi. Ular mustahkam jipslashib frontni moddiy jihatdan ta’minlash orqali dushman ustidan qozonilgan g’alabaga salmoqli hissa qo’shdilar. O’zbekiston xo’jalik xodimlari urush yillarida dushmandan ozod etilgan viloyat, shahar, tuman, xo’jaliklarini qayta tiklashga ham ko’maklashdilar. Rossiya g’arbiy viloyatlari, Ukraina, Belorussiyada ko’plab korxonalar, temir yo’llar, kolxoz va sovxozlarni tiklashga moddiy jihatdan ham, mutaxasislarni safarbar etish yo’li bilan ham yordam berildi.
Urush yillarida fan, maorif va madaniyat. Urushning dastlabki kunlaridayoq Ittifoq Fanlar Akademiyasining o’zbek filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stantsiya va boshqalar, barcha olimlar xo’jalikni harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Ularning zavodlar, fabrikalar, temir yo’l, va avtomobil yo’llari, transport korxonalari bilan bevosita aloqalari o’rnatildi.
Boshqaruvning mamuriy buyrukbozlik usullari va iktisodiyotni kattik rivojlantirish prinsipi urushdan keyingi yillarda butun sobik Ittifok xududida vaziyatni mushkullashtirib, sanoat rivojlanishining tabiatda jiddiy ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Usha davrda mazkur Ittifokning tarkibiy kismi bulishi Uzbekiston ana shunday sharoitda na siyosiy, na iktisodiy jixatdan mutakillikka ega bulmay Ittifok raxbariyati tomonidan ishlab chikiraladigan va belgilab beriladigan iktisodiy siyosatni amalga oshirib berishga majbur edi. Bu narsa xalk xujaligini rivojlantirishning usha paytlarda besh yilliklarga ajratib beriladigan barcha rivojlanish rejalarga talukli edi. 1946 –1950 yillarga muljallangan 5 yillik reja ana shunday buldi . Bu reja asosida Uzbekiston Oliy Soveti respublika iktisodiyotining asosiy rivojlanish yullarbni belgilab berdi. Bular shunday axborot buldi-ki, ajratilgan kapital mablaglarining kattagina kismi ogir industriya soxasiga berildi. Urushdan keyingi xar besh yil 100 taga yakin sanoat obektlari ishga tushirildi . 1985 yilga kelganda respublikada 1500 dan ortik ishlab chikarish ilmiy – ishlab chikarish birlashmalari , kombinatlar va korxonalar bor edi. Sanoat maxsulotlari ishlab chikarish 1940 yildagina karaganda 21 baravar kupaydi .
2.Ommaviy katagonlar va bedodlikning dastlabki kuchli tulkini Uzbekiston buylab 30- yillarda yuz bergandi. Buning natijasida bir necha un minglab vijdonli begunox odamlar zulm kurdi.Urush tomom bulgandan keyin oradan kup utmay Uzbekiston buylab yana bir yalpi terror tulkini bulib utdi 30- yillardagi katagonlar asosan partiya, sovet, xujalik va xarbiy kadrlar xususida bulgan bulsa 40- yillardagi katagonlar esa asosan madaniyat va ilmiy Fan arboblariga taallukli buldi . Respublikaning partiya organlari markazning yul yuriklariga tayanib , dunekarashi va ijodi partiya mafkurasiga tugri kelmaydigan ijodiy ziyolilar vakillariga xujum kila boshladilar. Ularning asarlariga gue millatchilik goyalari «olib kirilganda» ayblash uchun baxona buldi. Partiya organlari ba’zi yezuvchilar , shoirlarning ijodiy ishda jiddiy goyaviy xatolarni topadilar. Masalan Oybek, Abdulla Kaxxor, M Boboev, U Rashidov, Mirtemir Shayxzoda va boshkalar singari uzbek yozuvchilari badnom kilindi .
Milliy cheklanganlik uchun «Shark yulduzi «Zvezda Vostoka» jurnallarning taxririyatlariga xam jiddiy ayblar kuyildi. 1951yil avgustda respublika matbuotida « Ba’zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg‘unliklar tugrisida» degan makola e’lon kilinib, unda Turob Tula, Kamtar Otaboev, Mirtemir, A. Bobojonov, Sobir Abdulla, Xabibiylar millatchilar deb noxak ayblandilar. Shundan keyin «uzbek sovet adabiyoti o‘z vazifalaridan chetda» degan makola paydo buldi, unda uzbek adbiyotining Oybek, Zaripov, Yokubov, Sultonov va boshka arboblar « jiddiy mafkuraviy xatolar va buzgunlik»da ayblandilar. Yozuvchilardan Maksud Shayxzoda, Shukrillo Yusupov, Gulom Alimov va ba’zi boshka adiblar 1951 yili «sovetlarga karshi millatchilik faoliyati»da ayblanib, kamokka olindilar , keyin esa 25 yil muddat bilan ozodlikdan maxrum etishga xukm kildilar. Plenumda fosh kilish, jamiyatshunos olimlarga xam anchagina yoyildi. Faylasuf V.Zoxidovning ilmiy ishlariga burjua - millatchilik xatolari takaldi, tarixchi A Boboxujaev, iktisodchi A. Aminova panturkizmni tashvik kilishda ayblandi.
3. 70-yillarnin boshlarida usha vaktdagi ittifok xukumati mexnatkashlar turmush sharoitini ko‘tarish yulini e’lon kildi. Xalk uchun mollar yetkazib berish va xizmat kursatishda xam sifati xam mikdor jixatidan ijobiy uzgarishlarni taminlab berishga karor kilindi. Xalk istemoli mollari ishlab chikarishni ancha kupaytirish kuzda tutildi. Bu bir oz turtki berdi. Xalk iste’moli mollarini ishlab chikarish 1.5 barobar, maishiy xizmatlar kursatish xajmi 2 barobar oshdi.
Birok 70-yillarning 2-yarmida sanoat tarakkiyotida ogir mashinasozlik yana birinchi uringa chikib oldi. Xalk iste’moli mollari ishlab chikarishning yana kamayib ketgani ma’lum bulib koldi. Bu mollarning sifati iste’molchilarning talablariga javob bermas edi. Ijtimoiy soxadan budjetdan kilinadigan sarf – xarajatlar salmogi kamayishda davom etib bordiki bu narsa respublika axolinig kashshoklashishiga olib keldi. Chunonchi ijtimoiy madaniy extiyojlarga kilingan sarf –xarajatlarning salmogi Uzvekiston budjetida 1940 yili 67,9 foizni tashkil etgan bulsa, 1980 yili 46,9 foizgacha kamaydi. Jon boshiga xisoblanganda urtacha daromad oyiga 75 sumdan kamrok bulgan axoli soni deyarli 45 foizni tashkil etdi. Respublikaning kishlok joylarida iste’mol kilish boshka respublikalardagiga karaganda 5-6 barovar , sut maxsulotlari iste’mol kilish 21,6 barovar kam buldi. Ijtimoiy- maishiy infrastruktura soxalari, turar joy –kommunal xujaliklari ,maishiy xizmat kursatish mushkul axchvolga tushib koldi.
4 Yuzdan ortik millat va elatlar birgalikda yashab, mexnat kilib kilayotgan Uzbekistonda tabiiyki, millatlararo munosabatlar muamolari paydo bulib turar edi. Bu tugrisida ovoz chikarib gapirilmas, gazetalarda yozilmas edi-yu, lekin xalk kunglida pinxoniy amal kuchayib borardi. 1946-1985 yillarga unitar davlat shartnomalarida vujudga kelgan uzbek xalki va respublikasidagi boshka xalklarni manfaatlarini xisobga olmasdan ma’muriy buyruklar usullari asosida, markazdan turib xam xal kilinar edi. Milliy siyosatda aynishlar bulganiga karamay, shu davr mobaynida respublikamizdagi millat va elatlar, jumladan uzbek xalki iktisodiy va madaniy rivojlanishida bular urtasidagi munosabatlarni mustaxkamlash, dustlik xis tuygularini mustaxkamlashda xar kalay ma’lum natijalarga erishildi. Partiya va xukumatning davlat kurilishidagi asosiy vazifasi yagona ittifok davlatni xar tomonlama mustaxkamlashdan iborat buladi. Kompartiya «maxalliyligik va ilmiy cheklanganlikning xar kanday kurinishlarga karshi, kurinishlarga karshi», yani uz istikloli milliy madaniyatini ximoya kilishga karatilgan. Milliy xarakatlarga karshi kattik kurash olib bordi. Partiya sovet organlari va davlat xavfsizligi organlari erkin fikr yuritishni ta’kib kilar, respublika mustakillikka erishini xar kanday kurinishlarni bugib kuyar edi. Ma’muriy-buyrukbozlik xukm surib turgan respublikaning xak-xukuklari cheklab kuyilgan sharoitlarda maxalliy xokimiyat organlari uz xalkining manfaatlariga mos keladigan siyosat yurgizish, uz mintakasining eng muxim muammolarini xal kilish imkoniga ega emas edilar.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling