Xx asrning 50 yillarida yangi fan informatikaga asos solindi. Informatika termini


Download 156.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana08.01.2022
Hajmi156.85 Kb.
#236239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Amaliy mashgulot-1 Axborotni oʻlchash va tasvirlash (1)

Axoborot tushunchasi.

Axborot tushunchasi bilan biz har kuni to’qnash kelganimizga  qaramay, uning umum e’tirof

etilgan aniq ta’rifi yo’q.

Shuning  uchun,  odatda,  ta’rif  o’rniga  axborot  haqidagi  tushunchadan  foydalaniladi.

Tushunchalar  ta’riflardan  farqli  o’laroq  bitta  ma’noda,  bir  qolipda berilmaydi,  misollar  bilan

kiritiladi, bunda har bir fan o’zining pred-meti va vazifalariga eng  yaxshi  holda mos keladigan

komponentlarni asosiy komponentlar sifatida ajratib, ko’rsatib ish ko’radi.

Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik



Klod Shennon axborot narsalar haqidagi

bilimlarimizda  noaniqlikning  bartaraf  etilishi  kabi  e’tirof  etgan.  Kibernetika  fanining  asoschisi



Norbet  Vinner axborot  bizni  va  sezgilarimizni  tashqi  olamga  moslashuvimizdagi  mazmunni

ifodalash kabi izohlagan.

Аxbоrоt hаr bir kishi uchun bilimdir. Hаr bir kishi muаyyan yangilikni turli mаnbааlаrdаn

оlаdi.  Qаchоnlаrdir  biz  оtа-оnаmizdаn,  o’qituvchilаrimizdаn  kitоblаrdаn,    shаxsiy  tаjribаmiz

оrqаli nimаlаrni bilgаn, o’rgаngаn bo’lsаk, ulаrni hаmmаsini xоtirаmizdа sаqlаymiz. Shuningdеk,

kitоblаrdа,  jurnаllаrdа,  gаzеtаlаrdа  nimа  yozilgаn  bo’lsа,  yozilgаn  mаzkur  mаtnlаr  muаllifning

bilimini аks ettirаdi. Chunki bulаrni hаmmаsi аxbоrоtdir.



2

Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga aytiladi.

Axborot lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki

biror narsa yoki hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.

Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolarimiz (ko’z, quloq,

burun, og’iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma’lumotni tushunamiz

Tabiatni  kuzatib,  insonlar  bilan  muloqatda  bo’lib,  kitob  va  gazetalar  o’qib,  televizion

ko’rsatuvlar ko’rib, biz axborot olamiz.

Mаsаlаn,  ko’chаdа kеtаyotgаnimizdа ko’zimiz оrqаli аxbоrоt  yig’аmiz.  Ko’zning  nеrv

hujаyrаlаridа yig’ilgаn аxbоrоt murаkkаb  rаvishdа аlmаshinаdi  vа bоsh  miyaning  ko’rish

bo’limlаrigа uzаtilаdi.    Bu еrdа аxbоrоtgа nаvbаtdаgi  ishlоv  bеrilаdi  vа ishlоv  nаtijаsidаn  shu

zаhоtiyoq fоydаlаnilаdi.




Download 156.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling