Xxi bo‘lim. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va o‘zbekiston respublikasining ayrim hududlarida soliq olishning o‘ziga xos xususiyatlari


-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish


Download 96.34 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi96.34 Kb.
#1581612
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Soliq to\'lovchilarning ayrim toifalariga

480-modda. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish

  • Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan stavka bo‘yicha to‘laydi. Bunda foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
  • Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb e’tirof etiladi.
  • Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
  • Foyda solig‘i to‘langanidan keyin xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.

711-bob. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

  • 4801-modda. Umumiy qoidalar
  • O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning 4802-moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
  • Soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi.

4802-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari

  • O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
  • 1) foyda solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
  • 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qo‘llaniladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i har chorakda yigirma besh ming so‘m miqdorida to‘lanadi;
  • 3) ijtimoiy soliq bo‘yicha:
  • yuridik shaxslar uchun (bundan budjet tashkilotlari mustasno) — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondiga nisbatan qo‘llaniladi;
  • O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida;
  • 4) aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tushumining O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.

Download 96.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling