Xxii bob. Arktika va subarktika tundrasining tuproqlari. Kriogen tuproqlar
Arktika tuproqlari, ularning tabiiy sharoitlari, tarqalishi, hosil bo’lishi, tasnifi, tarkibi va xossalari
Download 37.28 Kb.
|
arktika va subarktika tuproqlari
Arktika tuproqlari, ularning tabiiy sharoitlari, tarqalishi, hosil bo’lishi, tasnifi, tarkibi va xossalari.
Bular qutb sovuq quruq iqlimli (yog‘in miqdori 50-200 mm, iyulning xarorati 5 0 S dan yuqori bo‘lmagan manfiy o‘rtacha yillik temperaturali –14 dan 18 0S gacha) sharoitda, suv o‘tlari- lishaynikli plyonkasi va tagida yo‘sinlar va gulli o‘simliklar (suv ayirgichlarda yuqori o‘simliklar suv yuzasining 25 % ni qoplaydi yoki umuman bo‘lmaydi) va A-C tipdagi kuchsiz rivojlangan kam qalinli tuproq profili bilan xarakterlanadigan yaxshi zovurlangan yuqori Arktika va Antarktikaning tuproqlaridir. MDH tuproqlari sistematikasiga arktika tuproq tipi Ye.I.Ivanova tomonidan 1956 yilda kiritilgan. Rossiya va chet el olimlarining Shimoliy Muz okeanidagi orollarda o‘tkazilgan tadqiqot ishlarining natijalari yuqori Arktika tuproqlarini maxsus tipga ajratish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. MDH shimoliy qismi territoriyasi o‘ziga xos qutbiy tuproq-bioiqlim viloyatiga kiradi hamda arktika va subarktika tundrasi zonalariga bo‘linadi. Arktika zonasi Shimoliy Muz okeanining eng shimoliy orollari (Yangi Yer orolining janubi va Koluchev orollaridan tashqari) ni hamda Sibirning uncha keng bo‘lmagan qirg‘oq maydonlarini o‘z ichiga oladi. Subarktika tundra zonasi arktika zonasidan Janubda joylashgan bo‘lib, Kola Yarim orolining Shimoliy-G‘arbiy qismidan boshlab Bering qo‘ltig‘igacha borib yetadi va Janubdan o‘rmon-tayga zonasi bilan chegaradosh. Shuningdek, subarktika tuproqlari boshqa rayonlar, jumladan tayga-o‘rmon zonasining tog‘li o‘lkalarida ham tarqalgan. Arktika va Subarktika tundrasining umumiy maydoni 180 mln gektarga yaqin. Bundan tashqari MDH ning tog‘li rayonlarida 160 mln. gektarga yaqin tundra tuproqlari mavjud. Arktika tuproqlari arktika landshaft geografik zonasi uchun xarakterli tuproq tipi hisoblanadi. MDH xududida arktika tuproqlari Shimoliy Yer, Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, De-Long orollarida, Novosibirsk orollarida, Taymirning Shimoliy qirg‘oqlarida (Chelyuskin ko‘rfazida) tarqalgan. Bundan tashqari Shimoliy Amerikada (Kanada Arktika arxipelagida), Grendlandiyada va boshqa joylarda keng tarqalgan. Arktika tuproqlari hozirgi zamon Amerika klassifikasiyasiga binoan entisollar va inseptisollar tartibiga kiradi, Kanada klassifikasiyasiga ko‘ra esa kriogen regosollar va kriosollarga kiradi. O‘simliklari asosan yo‘sunlar, lishayniklar, turli xildagi suv o‘tlaridir. O‘simlik qoplami sovuqdan hosil bo‘lgan yoriqlar, qurishi tufayli hosil bo‘lgan yoriqlar va boshqa genezisdagi kichik depressiyalarda tarqalgan. Dengiz sathidan 100 m balandlikda o‘simlik qoplami deyarli bo‘lmaydi. O‘simliksiz (yalang) gurunt 70-95% ni egallaydi. Tuprog‘i bor - yo‘g‘i 30-40 sm qalinlikda va 1,5 oyga yaqin muddatga eriydi. Arktika tuproqlarining profili bahorda va yozning boshlanishida muzloq ustidagi gorizont muzining erishi tufayli hosil bo‘lgan suvning yig‘ilib qolishi tufayli kuchli o‘ta namlanadi; yozda tuproq yuzasi sutka davomida insolyasiya (tushadigan quyosh nuri) va kuchli shamollar ta‘sirida quriydi va yoriladi. Arktika tuproqlari profili uchun morfologiyasi bo‘yicha kam, tarkibiga ko‘ra ham kuchsiz differensiasiyalanishi harakterli hisoblanadi. Profili A va C (yoki R) gorizontlaridan, ba‘zan o‘tuvchi gorizont AC yoki AR lardan (31-rasm) tashkil topgan. Profili yuqori qismining tusi odatda jigarrang-qo‘ng‘ir va pastki qismida esa qo‘ng‘ir yoki sur. Profilining yuqori qismida strukturasi donador, pastida-kesakli. Yuqoridagi qatqaloq (3-4 sm) juda g‘ovak, ayniqsa o‘simliklarsiz dog‘li yalang guruntda chag‘irtoshli yotqiziqlar ustida yirik siniq parchalarning muzlashi evaziga har doim chag‘irtoshlar qatlami mavjud. Tuproqning eriydigan qatlami har doim vertikal yoriqlar bilan bo‘lingan. Arktika tuproqlari yalpi kimyoviy tarkibi bo‘yicha juda kuchsiz differensiyalashgan (32 rasm). Faqat o‘simliklar o‘sadigan chimli qatlam qismida 1 dan 4% gacha organik moddalar bor. Reaksiya si kuchsiz kislotali (pH 6,4-6,8). Singdirish sig‘imi 100g tuproqda 12-15 mg-ekv, to‘yingan (96-99%). Arktika tuproqlarini ikkita tipchaga bo‘lish mumkin: 1) arktika cho‘l va 2) arktika tipik gumusli. Arktika tuproqlarining eng xarakterli xususiyatlaridan quyidagilarni hisoblash mumkin: 1) mikrorelyef xarakteri va poligonalligi bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq qoplamining kompleksliligi; 2) tuproq paydo bo‘lish jarayoni jadalligining pastligi va mavsumiy erishining uncha chuqur bo‘lmaganligi uchun profilining qisqaligi; 3) moddalar xarakati jadalligining kichikligi tufayli tuproq profilining to‘liq emasligi va differensiasiyalashmaganligi; 4) fizik nurashning ustunligi sababli sklet qismining ko‘pligi; 5) yog‘in miqdori kamligi sababli sozga aylanishning bo‘lmasligi; 6) yuqori gorizontlarda temirning kriogenli to‘planishi va ishqorsizlanishning kuchsiz namoyon bo‘lishi. Arktika va Antarktida xududlari kishilarning qishloq xo‘jalik sohasidagi faoliyatidan tashqarida turadi. Arktikada bu rayonlar ov qilish maydoni va xayvonlar (oq ayiq, Kanada oq g‘ozi va x.z)ning noyob turlarini saqlash va ko‘paytirish uchun rezervatlar sifatida foydalanish mumkin. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling