Xxii bob. Arktika va subarktika tundrasining tuproqlari. Kriogen tuproqlar


Download 37.28 Kb.
bet1/5
Sana11.11.2023
Hajmi37.28 Kb.
#1766384
  1   2   3   4   5
Bog'liq
arktika va subarktika tuproqlari


XXII – BOB. ARKTIKA VA SUBARKTIKA TUNDRASINING TUPROQLARI. KRIOGEN TUPROQLAR.
Tuproqlar kriogenezi. Kriogen tuproqlar (grekcha kryos – sovuq, muz) – bular juda past haroratli sharoitda shakllangan turli tuproq tiplarining juda katta terma guruhidir, qaysiki ularning umumiy diagnostik belgisi yuzasidan u yoki bu chuqurlikda joylashgan guruntidagi ko‘p yillik muzloq qatlam – «abadiy muzlik» ning mavjudligidir. Shu bilan birga ko‘p yillik muzloq jinslar tuproq profilida mavsumiy muzlaydigan – eriydigan qatlam bilan qo‘shilib ketadi. Agarda ularning pastki qismida abadiy muzloq gurunt joylashgan bo‘lmasa, mavsumiy muzlaydigan, shu jumladan uzoq davrga muzlaydigan tuproqlar ham bu guruhga kiritilmaydi. Shuni ta‘kidlash mumkinki, bircha kriogen tuproqlar yuzasidan to ko‘p yillik muzloq qatlamgacha mavsumiy muzlaydi va yoz paytida ma‘lum chuqurlikgacha eriydi, qaysiki bu erigan qatlam hozirgi davr tuproq paydo qiluvchi qatlamning qalinligini belgilaydi (ko‘p yillik muzloq qatlamda tuproq hosil bo‘lishi kuzatilmaydi). Kriogen tuproqlarning ushbu har yili eriydigan qatlami aktiv qatlam yoki mavsumiy muzlaydigan – eriydigan qatlam deb ataladi. Kriogenez – bu ko‘p yillik (abadiy) muzlikning ta‘siri sharoitida tuproqlarning genezisi (paydo bo‘lishi, rivojlanishi va evolyusiyasi)dir.
«Kriogen tuproqlar» va «kriogenez» atamasiga qarama-qarshi o‘laroq, «kriogenli (muzloq) jarayonlar» va «kriogenli (muzloq) xodisalar» tushunchasi keng qo‘llaniladi va tuproq va guruntlarning uzoq muddatli, shu jumladan mavsumiy muzlashi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlar va xodisalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Kriogenli (muzloq) jarayonlar, shimoliy Tayganing uzoq muddatli mavsumiy muzlaydigan gley-podzolli tuproqlarida yoki MDH Yevropa qismidagi o‘rmon – dasht zonasining mavsumiy muzlaydigansur o‘rmon tuproqlarida uchraydi deb aytish mumkin, ammo bunday tuproqlar «kriogenli» tuproqlarga kiritilmaydi va «kriogenezga» mansub emas. Umuman olganda, kriogen tuproqlar – bular baland kengliklar va baland tog‘lar tuproqlari yoki yanada umumlashtirib aytganda, muzloqli va muzloq davrni o‘tagan viloyatlar tuproqlaridir. Ammo Osiyoda ularning janubiy chegarasi deyarli o‘rta mintaqalarga borib taqaladi (ba‘zi joylarda 480 shimoliy kenglikgacha). Ko‘p yillik muzloq grunt tarqalgan xudud va shunga mos ravishda kriogen tuproqlar, Yer yuzasi barcha muzliklaridan tashqari quruqligining qariyb 25% ni va MDH maydonining yarmini tashkil etadi. Ular arktika va subarktika mintaqalari, mo‘tadil sovuq (boreal) mintaqalarning Sharqiy-Sibir va g‘arbiy Kanada qismlari uchun xarakterli hisoblanadi va keng tarqalgandir; tog‘larda esa ular subnival va nival (sovuq iqlimli) mintaqalar uchun xarakterli hisoblanadi.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling