Xxii bob. Arktika va subarktika tundrasining tuproqlari. Kriogen tuproqlar


Download 37.28 Kb.
bet4/5
Sana11.11.2023
Hajmi37.28 Kb.
#1766384
1   2   3   4   5
Bog'liq
arktika va subarktika tuproqlari

Tundra gleyli tuproqlar. Tundra gleyli tuproqo‘lar – bular qisqa va sovuq vegetasiya sharoitida (o‘rtacha yillik harorat manfiy: -4 - -140S, parlanishga nisbatan yog‘in miqdori ko‘p) buta-lishaynik-yo‘sunlardan iborat o‘simliklar qoplami ostida ko‘p yillik muzloq, ko‘pincha qumoq yotqiziqlar ustida shakllangan, O(T)-(A)-(Bg)-G tipdagi gleylashgan profili bilan xarakterlanadigan tuproqlardir. Qumoq yotqiziqlar ustidagi tundra tuproqlari profili umumlashgan holda quyidagicha tuzilgan: O yoki AO to‘shama ostida gumusli yoki chirindili A yoki OA/A gorizont, so‘ngra gleylashgan o‘tuvchi Bg gorizonti va undan pastda gleyli G gorizonti, pastda esa ona jinslar (C) joylashadi. Tundra gleyli tuproqlarining genezisida dog‘ xosil bo‘lish, shishib do‘ppayish, yoriqlar xosil bo‘lish kabi kriogen jarayonlar muhim rol o‘ynaydi.
MDH tuproqlari sistematikasiga tundra gleyli tuproqlar tipi Ye.I.Ivanova tomonidan 1956 yilda kiritilgan.
Tundra tuproqlari tundra landshaftli-geografik zonasi uchun xarakterli. Ular Yevroosiyoning shimoliy chegarasigacha va Shimoliy Amerikada turli kenglikdagi polosa shaklida tarqalgan. Yevroosiyoda ushbu tuproqlar qit‘aning 2,7% maydonini, Shimoliy Amerika tuproq qoplamidagi ularning maydoni 2600 ming. km2 ni tashkil etadi.
Tundra uchta zonachaga bo‘linadi: janubiy butali (yo‘sun-butali) tundra, tipik yo‘sunli (hurpaygan-yo‘sunli) tundra va arktika tundra zonachalari.
Tundrada o‘simlik xazonlari zaxirasining ancha ko‘pligiga sabab, yerga tushgan qoldiqlarning minerallashuvining sustligi, bakteriyalarga kambag‘alligi, tuproq haroratining qulay emasligidir. Chirimagan organik moddalarda tundra biogeosenozi energiyasining ancha miqdori to‘plangan. Tundra o‘simliklari mahsuldorligining pastligi va kam kulliligi tufayli tundrada moddalarning biologik aylanishi sust, turg‘un, hajmining kichikligi bilan xarakterlanadi.
Tundra zonasida tundra gleyli poligonal tuproq; botqoq gleyli; botqoq-torf gleyli; chimli o‘tloq-podzol gleyli; torfli podzol gleyli tuproqlar uchraydi. Tundra zonasida tundra gleyli tuproqlar zonal tuproq tipi hisoblanadi va keng tarqalgan.
Tundra gleyli tuproqlar 4 tipchaga bo‘linadi: tundra kuchsiz gleyli gumusli; tundra gleyli chirindili; tundra gleyli torfli; tundra gleyli podzollashgan.
Tundra gleyli tuproqlari profilidagi gleylanish xarakteriga ko‘ra farqlanishi mumkin. Tundraning Yevropa qismida gleylanish ko‘pincha yuzasida (yuza-gleyli tuproqlar), g‘arbiy-sibirda jinslarning granulometrik tarkibi bo‘yicha almashingan gorizontida (kontakt-gleyli tuproqlar), sharqiy-sibir tundrasida esa ko‘pincha muzloq ustida uchraydi (muzloq usti- gleyli tuproqlar). Agarda gleyli gorizont yaxshi rivojlangan bo‘lsa, unda gleyli tuproq sifatida klassifikasiyalanadi, agarda profilida faqat dog‘ holida gleylanish uchrasa – gleysimon deb yuritiladi. Gleysimon tuproqlar tundraning shimoliy zonachasi-arktika tundrasi uchun xarakterlidir.
undra gleyli tuproqlari genetik gorizontlarining yalpi tarkibi bo‘yicha farqi, odatda, katta emas. Arktika tundrasida tuproq profilii loyqa va bir yarim oksidlar miqdori bo‘yicha qariyib differensiyalanmagan. Tipik va janubiy tundrada qulay sharoit mavjud bo‘lganda profilining kuchsiz differensiasiyalanishi kuzatiladi. (33- rasm)
Tundra gleyli tuproqlarini tekshirgan ko‘pchilik tadqiqotchilar ularning granulometrik tarkibida yirik chang va mayda qum fraksiyalarining ustunligini qayd etganlar. Bu hol kriolitogenezda (muzloq jarayon ta‘sirida turli tog‘ jinslarining o‘zgarishi) nozik donador maxsulotlar asosan fizikaviy nurash hisobiga hosil bo‘ladi, kimyoviy nurash esa ancha sust namoyon bo‘ladi.
Tundra gleyli tuproqlarining gumusi fulvokislotalar tipidagi rangsiz, harakatchan gumusli moddalarning ustunligi bilan xarakterlanadi. Gumusning tarkibida bir yarim oksidlar bilan birikkan fraksiyalar ustun; ancha qismini (30-40%) gumusga xos bo‘lmagan moddalar tashkil etadi. Dag‘al gumus miqdori 2-7,5 foiz atrofida bo‘lib, tuproq oziq elementlarga kambag‘al. Ko‘pchilik tundra tuproqlarining yuqorigi torfli gorizontlari kislotali va kuchli kislotali reaksiyaga ega. Gidrolitik kislotalilik ko‘rsatgichi 100g tuproqda 3-4 mg.ekv. ni (pH 4,4-6,6) tashkil etadi. Tuproqlarning asoslar bilan to‘yinish darajasi 20-70 foiz.Tundra shimoliy bug‘uchilik uchun asosiy yem-xashak bazasi hisoblanadi. Bu zonaning 75,6 foiz maydoni (136 mln.ga) bug‘uchilik maydonlaridan, 4 o‘rmon va bo‘tazorlardan 3,4 botqoqliklardan va 10 foiz yaroqsiz yerlardan iborat (N.N.Rozov).
Keyingi yillarda Rossiya Federasiyasining shimoliy o‘lkalarida sanoatning rivojlanishi, aholining o‘sib borishi, bu yerda intensiv dehqonchilikni rivojlantirish, go‘sht-sut maxsulotlarini yetishtirishni va kartoshka sabzavotchilikni (yopiq va ochiq guruntlarda) ko‘paytirish vazifasini qo‘yadi. Tundra tuproqlarini o‘zlashtirayotganda va undan foydalanilayotganda tuproqning biologik aktivligini oshirish, aerasiyasini, issiqlik va oziq rejimini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlarga katta e‘tibor berish kerak. Tuproqqa ko‘p miqdorda mineral va organik o‘g‘itlar solish, qishloq xo‘jalik ekinlarining tez pishib yetiladigan va sovuqqa chidamli navlarini tanlab ekish muhim ahamiyatga ega.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling