Xxii bob. Arktika va subarktika tundrasining tuproqlari. Kriogen tuproqlar
Ko’p yillik va uzoq fasliy muzlagan mintaqalarda tuproq hosil bo’lish xususiyatlari, moddalarning biologik aylanishi
Download 37.28 Kb.
|
arktika va subarktika tuproqlari
Ko’p yillik va uzoq fasliy muzlagan mintaqalarda tuproq hosil bo’lish xususiyatlari, moddalarning biologik aylanishi.
Muzloqlarning tuproq hosil bo‘lishiga ta‘siri juda ham turli-tumandir. Kriogen tuproqlarda ularning namoyon bo‘lishi aynan tuproq qoplamining muntazam mexanik buzilishida, deformasiyasida va tuproqning muzloq nano (mikro) relyef va poligonalligining o‘ziga xosshakllari paydo bo‘lishida kuzatiladi. Poligonal tuzilishning hosil bo‘lishida eng asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi: 1) muzlash va erish paytlarda guruntning siqilishi; 2) materiallarning saralanishi, yirik zarralarning tuproq yuzasiga siqib chiqarilishi; 3) yer osti muzlari yoriqlari va linzalarining rivojlanishi (S.P.Kachurin, 1960). Mikrorelef kriogenli shaklining hosil bo‘lishidagi jarayonlarning quyidagi ketma-ketligi kuzatiladi (B.N.Dostovalov, V.A.Kudryavsev, 1967): mavsumiy eriydigan qatlamni tashkil etuvchi, nozik dispersli guruntning yorilishi (sovuq ta‘sirida yoki qurishi sababli); 2) mavsumiy-eruvchi qatlamning muzlashi va shu tufayli guruntning muzlagan qismi bilan o‘ralgan yopiq sistemaning hosil bo‘lishi; 3) yopiq sistemalarda kuchlanishning, deformasiyalanishning, ba‘zan esa uzilishning rivojlanishi. Bu jarayonlar mikrorelyefning turli-tuman poligonal shakllarining paydo bo‘lishiga olib keladi: «dog‘li tundra», «dog‘-medalyonlar», «toshli-gulchambarlar», «qaynaydigan qozonlar» va x.z. Mikrorelyef shaklining turli-tumanligi (ser dog‘liligi)dan tashqari, Subarktikada yana tepachasimon va past-baland xosilalar ko‘p tarqalgan, qaysiki ularning xosil bo‘lishi shishib do‘ppayish (ko‘pchish) jaryoni bilan bog‘liq. Gruntlarning shishib do‘ppayishi deb guruntdagi suvning muzlashi natijasida uning kristallanishi tufayli 9 foyizga kengayishi va guruntga va muzlaydigan maydonga tashqaridan oqib kelgan suvlarning muzlashi tufayli ular xajmining notekis kengayishiga aytiladi. Qumli guruntlarda suvning kamto‘planishi tufayli ular amalda shishib do‘ppayishga uchramaydi. Aksincha qumoq, ayniqsa soz tuproq-guruntlarda muzlash maydoniga suvning ko‘chishi va uning keyinchalik muzlashi tufayli kengayishi jadal sodir bo‘ladi. Shuning uchun shishib do‘ppayish jarayonlari ko‘proq namli sharoitdagi og‘ir sozli guruntlarda keng tarqalgandir. Shishib do‘ppayish tufayli hosil bo‘lgang do‘ngcha va past-balandliklar va shunga mos ravishda yuza dog‘ hosil bo‘lishi muzloq rayonlarda soliflyuksiya – qiyalik bo‘ylab guruntning oqish xodisasi tufayli yanada murakkablashadi. Bahorgi erish davrida tuproq qoplamining oshiqcha namlanishi tuproq faol qatlamining suzuvchi konsistensiya holatiga o‘tadi va og‘irlik kuchi ta‘sirida abadiy muzloq gorizonti yuzasi bo‘ylab siljiydi. Muzloq tuproqlarda tuproq massasiningyorilishi va shishib do‘ppayishi, aralashishi va siljishi evaziga tuproq profilining kriogen diformasiyalanishidan tashqari, yana unda sovuqroq tomonga qarab namning va unda erigan nurash va tuproq paydo bo‘lishida hosil bo‘lgan maxsulotlarning mavsumiy ko‘chishi jadal sodir bo‘ladi. Temperatura gradiyenti ta‘sirida qish davrida eritmaning yuqoriga tomon harakati va tuproqning sovuqroq ustki gorizontlarida suvda eriydigan moddalarning ko‘payishi, yoz davrida esa tuproq profilining muzlagan qismi yo‘nalishi bo‘yicha pastga qarab oqishi kuzatiladi. Bundan tashqari pastda joylashgan abadiy muzloq qatlamning tasiri yana uning tuproq profilining pastidan tutashganligi uchun suvni o‘tkazmasligida namoyon bo‘ladi, tuproq ichidagi namning oqib ketishi qiyinlashadi, tuproqning oshiqcha namlanishi va gleylanishiga sabab bo‘ladi va muzloq usti gorizontida gumus va boshqa tuproq paydo bo‘lish jarayonlari maxsulotlarining to‘planishiga sabab bo‘ladi Kriogen tuproq – guruntlari profilining past yoki manfiy xarorati fizikaviy nurashning kimyoviy nurashga nisbatan ustunligini, organik qoldiqlar parchalanish tezligining pastligini belgilaydi. Kriogen tuproqlarning umumiy xossalari quyidagilardan iborat. 1) temperatura va suv rejimining muzloq tipi; 2) moddalar biologik aylanishi tezligi va xajmining pastligi; 3) organogen gorizontlarning torflanganligi va dag‘al gumusliligi; 4) profili mineral qismining genetik gorizontlarga kuchsiz diferensiyalashganligi; 5) proflida kriogen deformasiyalanish va krioturbasiya belgilarining mavjudligi (yuzasining poligonallilik, tepachasimonlilik va dog‘liligi, sovuqdan yorilishi, sklet materiallarning kriogen diferensiyalanishi va x.z); 6) kriogen strukturalanish; 7) biogen nurash va tuproq paydo bo‘lish maxsulotlarining kriogenlik kougulyasiyalanishi. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling