Xxii bob. Arktika va subarktika tundrasining tuproqlari. Kriogen tuproqlar
Download 37.28 Kb.
|
arktika va subarktika tuproqlari
Muzloq – tayga tuproqlari.
Muzloq tayga tuproqlari – bular ko‘pgina qumoq mexanik tarkibli ko‘p yillik muzloq jinslar ustida sovuq iqlim sharoitda (o‘rtacha yillik harorat manfiy (-2….-40C) ekstrakontinental sharoitlarda –160S gacha) igna bargli taygada shakllangan och tusli va O-OA(A,OB,Bf)-Bg-C(Cg) tipdagi profili bilan xarakterlanadi. Muzloq tayga tuproqlari ustki qismida kuchli harakatchan nordon dag‘al gumus va amorf temirning gidroksidi to‘planadi; bularda temirning kriogenli migrasiyasi, ko‘pincha sozga aylanish, teksotropiya jarayonlari mavjud. Muzloq-tayga tuproqlari O‘rta va Shimoliy Sibirda va Uzoq Sharqning shimoliy qismida tekislik va tog‘li rayonlarda tarqalgan. Bundan tashqari, muzloq-tayga tuproqlari Boyqolorti, Yaqutiston, Kolim va Chukotka kabi shimoliy va qisman o‘rta taygalar uchun ham xarakterli. Kanadada muzloq-tayga tuproqlarining katta maydoni uchraydi. MDH da muzloq-tayga tuproqlarining umumiy maydoni 200.mln gektarga yaqin. Yevroosiyoda tekislik muzloq-tayga tuproqlari 2 mlrd. 230 mln gektarni ya‘ni hududning yaqincha 4% ini; Shimoliy Amerikada 529 mln gektarni yoki hududning 2,4% ni tashkil etadi. Muzloq-tayga tuproqlarining paydo bo‘lishi va xossalari. Ko‘p yillik muzlik va temperatura rejimining o‘ziga xos xususiyatlari muzloq-tayga tuproqlari rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Tuproq profilining past harorati vegetasiya davrida o‘simliklar tomonidan oziq elementlarning singdirilishini qiyinlashtiradi, ularning o‘sishi va rivojlanishini susaytiradi, o‘simlik qoldiqlarining chirishiga to‘sqinlik qiladi. Buning hammasi moddalar biologik aylanishini susaytiradi. Ko‘p yillik muzloq tuproqning suv va issiqlik rejimiga, mikrorelyefning shakllanishiga va kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarning yo‘nalishiga ta‘sir etadi. Muzloq-tayga tuproqlarining genezisi va ularning xossalari va ishlab chiqarish sifatlarining shakllanishida kriogenli hodisalarning ahamiyati katta ekanligini e‘tiborga olib ularni kriozemlar deb atash tavsiya etilgan.(Ye.M.Naumov, 1972). Muzloq tayga tuproqlari hali kam o‘rganilgan va ularning sisematikasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Ular 3 tipga bo‘linadi: muzloq-tayga gleyli tuproqlar; muzloq-tayga neogleyli (gomogenli kriozemlar I.A. Sokolov, 1980); muzloq sarg‘ish tuproqlar (Ye.N.Ivanova, 1970; I.A.Sokolov, R.M.Bistryakov, 1980). Muzloq–tayga gleyli tuproqlar yuzasida kam qalinli o‘rmon to‘shamasiga ega, uning pastida esa – gleylashgan sur-ko‘kimtir gorizont, qaysiki tusining o‘zgarishisiz muzloq gorizontga o‘tadi. Tuproqlar yarimgidromorf, podzollashmagan yoki kuchsiz podzollashgan, nordon (karbonatli jinslarda-kuchsiz ishqorli), yozda 50-100 sm gacha eriydi. Qumoq va soz tarkibli muzloq – tayga tuproqlarning eng sezilarli xususiyati – kriogenli xodisalar ta‘sirida tuproq massasining aralashuvi va ularning tiksotropligi. Muzloq-tayga tuproqlari biologik faolligining kuchsizligi va unumdorligining pastligi bilan ajralib turadi. Ularni o‘zlashtirishda o‘g‘itlarning yuqori normasini qo‘llash va kislotali tuproqlarni ohaklash tavsiya etiladi. Muzloq-tayga tuproqlari tarqalgan maydonlar asosan bug‘uchilik, ov qilinadigan xo‘jalik, mo‘ynali hayvonlarni boqishda asosiy baza hisoblanadi. Muzloq-tayga tuproqlarining ustki qatlami ko‘pincha yo‘sun va lishayniklar (buta va butachalar bilan birga)dan tashkil topgan, shu sababli ular bug‘u yaylovlari sifatida foydalaniladi. Muzloq – tayga tuproqlarining sovuq iqlim sharoitida shakllanishiga qaramasdan, ular tarqalgan rayonlarda yana go‘sht-sut chorvachiligi, yilqichilik(Yakutiya), yopiq va ochiq guruntdagi sabzavotchiliklar ham rivojlanmoqda. Yetarli miqdorda o‘g‘itlar qo‘llanilganda va ekinlarni parvarishlash sistemasini to‘g‘ri tashkil etilganda sabzavot va yem-xashak ekinlaridan yetarli darajada barqaror hosil yetishtirish mumkin. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling