Y o‘ r I q n o m a I. Umumiy qoidalar


Izshunoslik va avtotexnikaviy ekspertiza ashyoviy dalillarini saqlash


Download 51.67 Kb.
bet4/7
Sana02.11.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1739603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
74d8af458978ed405175f43f1aa0edc7

Izshunoslik va avtotexnikaviy ekspertiza ashyoviy dalillarini saqlash:
23. Izshunoslik va avtotexnikaviy ekspertizasi obyektlari ashyoviy dalillar, ularni hajmi va mohiyati (qimmat-arzonligi)ga qarab xizmat xonalari yoki seyflarda (qimmabaho obyektlarni), yoxud maxsus jihozlangan, begonalarni kirishini istisno etuvchi xonalarda saqlanadi.
Bunday xonalar kiyim, yo‘l-transport hodisasi joyidan olingan transport vositasi qismlari va shunga o‘xshash ashyoviy dalillarni saqlash uchun javonlar, shuningdek ularni ko‘zdan kechirish uchun stol va elektr yoritkichlar bilan jihozlanishi lozim. Jabrlanuvchilarning kiyimlari odatda qon, boshqa biologik moddalar bilan ifloslangan bo‘lganligi sababli xona havo tortkich va bakteritsid lampalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
24. Boshqa ashyoviy dalillar (noyob buyumlar va taqinchoqlar; spirtli suyuqliklar solingan shisha idishlar; qulf-kalitlar; tugun va xalqalar; qo‘l, oyoq va boshqa izlar qolgan buyumlar va hujjatlar) xizmat xonalarida va seyflarda saqlanishi kerak.
25. Avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirib va tadqiq qilib bo‘lgach, o‘sha zahoti namunalar egasiga yoki tergovchi (surishtiruvchi)ga qaytarilishi maqsadga muvofiq. Transport vositasini uzoq tekshirish zarurati tufayli qoldirish kerak bo‘lganda, ekspertiza tayinlagan organni xabardor qilgan holda u Markaz hovlisi (garaji)da saqlanadi va qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘riqlanadi.
Fonografiya ekspertizasi ashyoviy dalillarini saqlash:
26. Diktofon, raqamli moslamalar va kompaktdisklar saqlanadigan xona havosini nisbiy namligi 50 foizdan oshmaydigan, harorat 5°C dan 40 °C gacha bo‘lgan, isitiladigan va havo aylanadigan bo‘lishi kerak.
27. SFE obyektlarini uzoq muddat quyosh nuri tushishidan saqlash kerak.
28. Raqamli diktofon saqlanishida, qulflash uchun o‘rnatilgan (Hold) tugmasiga qo‘yilishi lozim;
29. Raqamli texnologiyalarni uzoq muddat saqlashda (10 kundan ortiq) quvvat manbalaridan (batareya, akkumulator) uzish, raqamli texnologiyalarni va quvvat manbayini har birini alohida-alohida saqlash zarur. Ishlash tartibi bunga yo‘l qo‘ymaydigan, ya’ni quvvat manbayidan uzilgandan so‘ng xotirasi o‘chib ketishi mumkin bo‘lgan raqamli texnologiyalar bundan istisno.
30. Kompakt disklarni mexanik shikastlanmasligi (yuzasini qirilishi), barmoq izlari qolmasligi va changdan himoya qilish maqsadida, maxsus disk uchun mo‘ljallangan yumshoq qoplamali g‘iloflarda saqlash lozim.
31. Kompakt disklarni yuza qismini yelimlash yoki tarkibida yelim bo‘lgan jismlar bilan ta’sir ko‘rsatilishini oldini olish zarur.
32. Raqamli diktofon, video kamera, uyali telefon aparati va kompakt disklarni jismlarni og‘ir yuk bilan yuzasiga ta’sir ko‘rsatishidan saqlash lozim.

Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling