Y o‘ r I q n o m a I. Umumiy qoidalar


II. Ashyoviy dalillarni ekspertizaga berish tartibi


Download 51.67 Kb.
bet2/7
Sana02.11.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1739603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
74d8af458978ed405175f43f1aa0edc7

II. Ashyoviy dalillarni ekspertizaga berish tartibi
5. Ekspertizalarni tayinlash, o‘tkazish va ularning tayyor materiallarini rasmiylashtirish tartibi qabul qilingan protsessual normalarga javob berishi kerak.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan bog‘liq ekspertizalarni tayinlash, o‘tkazish va ularning natijalarini, materiallarini rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
26-iyundagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom, 2015-yil
12-noyabrdagi 330-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori, 2008-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq belgilangan.
6. Tekshirish obyektlari va ish materiallari, shuningdek tekshirishlarni o‘tkazish va xulosa yoki mutaxassis fikri berish uchun sud ekspertiga zarur bo‘lgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi kerak.
7. Tekshirish obyektlari, agar ularning o‘lchamlari va xossalari imkon bersa, o‘ralgan va muhrlangan holda sud ekspertiza muassasasiga topshirilishi lozim.
8. Sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish obyektlari, taqqoslovchi materiallar, ma’lumotlarning ishonchli manbalardan olinganligiga sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) mas’uldir.
9. Ekspertizani o‘tkazishda tekshirish obyektlari ekspert tekshiruvini o‘tkazish uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga ekspertizani tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur.
Pul belgilari, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalar,
o‘q otar qurollar va o‘q-dorilar, yuqori qimmatga yoki ahamiyatga ega bo‘lgan raqamli moslamalar, diktofon, kompaktdisklar taqdim etilgan taqdirda, sud eksperti ushbu materiallarni sud ekspertizasiga yetkazib bergan shaxs hamda ekspertiza muassasasi rahbarlaridan birining ishtirokida idishni ochishi, tarozida tortib ko‘rishi, taqdim etilgan obyektlarni qayta sanab chiqishi, shuningdek taqdim etilgan tartib raqamli va boshqa obyektlarning sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) matniga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi shart. Ularning natijalari bo‘yicha esa dalolatnoma tuziladi, u ekspertiza obyektlarini tekshirishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Devonxona mudiri ashyoviy dalillarni qabul qilib olgach, ularni obyektlar saqlanishini ro‘yxatga olish jurnalida va tadqiqot faylining ish materiallari va ashyoviy dalillar harakatida qayd etadi hamda obyektlarga tegishli identifikatsiya raqamlarini beradi.



Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling