Y osh zukko matematik-2023 olimpiadasi
Download 0.6 Mb.
|
4-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsulotlar Narxlar(somda)
4 BALLIK SAVOLLAR
9. Mening kuchuklarimning oyoqlari soni ularning burunlari sonidan 18 ta ko’p. Mening nechta kuchugim bor? A) 4 (B) 5 (C) 6 (D)8 (E) 9 10. Quyidagi rasmda panda ortida qanday son bo`ladi? (A) 16 (B) 18 (C) 20 (D) 24 (E) 28 11. Qutida 4 ta turli rangdagi to'plar ketma-ket joylashtirilgan (qutidagi to'plarning ranggi: qizil, yashil, sariq va ko'k).Yashil to'p 2-o'rinda emas. Qizil to'p 1-da ham emas, oxirgida ham emas. Sariq to'p esa, qizilning ham yonida emas, ko'kning yonida ham emas. Qaysi to'p oxirgi o'rinda? (A) sariq (B) yashil (C) qizil (D) ko'k (E) ko`k va sariq 12. Nodir 2 ta non, 2 kg kartoshka, 1 kg sabzi va 1kg go'sht sotib olishi uchun do'konga keldi. U quyidagi narxlar jadvalini ko'rdi va o'ziga eng qimmat narxdagi narsalarni sotib oldi. Nodir jami necha so'mlik maxsulotlar sotib olgan? Maxsulotlar Narxlar(so'mda) 1 ta buxanka 2 000 2 ta non (shirmoy) 5 000 Kartoshka(oddiy) 6 900 Kartoshka(qizil) 7 500 Pomidor 8 000 Sabzi 15 000 Qo`y go'shti 74 900 Mol go'shti 65 900 (A) 109 900 (B) 108 700 (C) 98 700 (D) 108 900 (E) 107 900 1 3. Rasmda sonlarni qo`shish tasvirlangan. So`roq belgisi turgan joyda qanday son bo`ladi? (A) 10 (B) 12 (C) 13 (D) 15 (E) 16 14. Daraxtning 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo’lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang. (A) 16 (B) 64 (C) 20 (D) 128 (E) 32 15. Alisher, Bobur, Sarvar, Diyor va Eldorlar 2 martadan narda toshini tashlashdi hamda tushgan tosh ustidagi sonlarni hisoblashdi. Ularning natijasi quyidagicha: Kimning natijasi eng katta? (A) Alisher (B) Bobur (C) Sarvar (D) Diyor (E) Eldor 16. Podshoning ajoyib bog’i bor ekan. Podshoni davolagan tabib xizmati evaziga boryo’g’i bog’dagi olmalardan bir donasini olishga ruxsat so’rabdi.Podsho ruxsat beribdi. Bog’ uchta devor bilan o’ralgan bo’lib, bog’ga kirish uchun uchta eshikdan o’tish kerak ekan. Tabib bog’ga kirish uchun birinchi eshikdan kirayotganda qorovul: “ Bu eshikdan qaytib chiqayotganda qo’lingdagi olmalarning yarmini menga qoldirasan”, debdi. Ikkinchi va uchinchi eshikdagi qorovul ham huddi birinchi eshikdagi qorovulning gapini aytibdi. Tabib shu bog’dan bitta olmani qiziga olib borishi uchun bog’dan nechta olma olishi kerak? (A) 3 (B) 4 (C) 6 (D) 10 (E) 8 Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling