Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Yakuniy moliyaviy natijani hisobga


Download 0.89 Mb.
bet117/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Yakuniy moliyaviy natijani hisobga
oluvchi schyotlar (9910) bo‘yicha bog‘lanish

9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lari, kreditida esa daromad (foyda)lari aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni ko‘rsatadi.


Har bir hisobot davri oxirida 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debeti va krediti bo‘yicha aylanmalar yig‘iladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot bo‘yicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Hisobot yili tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyoti 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyoti bilan bog‘langan holda yopiladi. 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyoti bo‘yicha kredit aylanmalari debet aylanmalariga qaraganda ko‘p bo‘lsa, farq quyidagi o‘tkazma bilan yopiladi:
Debet 9910 "Yakuniy moliyaviy natija"
Kredit 8710 "Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)".
Debet aylanmalari kredit aylanmalaridan ko‘p bo‘lgan taqdirda, farq ushbu hisobot davrida korxona zarar bilan faoliyat ko‘rsatganligini ifodalaydi va u quyidagi o‘tkazma bilan hisobdan chiqariladi:
Debet 8710 "Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)"
Kredit 9910 "Yakuniy moliyaviy natija".

T/r


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling