Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
T/r Xo‘jalik operatsiyasining
Download 0.89 Mb.
|
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schyoti
- 009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schyoti
008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schyoti 008 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - olingan" schyoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur schyotda hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishiga qarab hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir olingan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schyoti 009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schyoti majburiyat va to‘lovlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Agar kafolatda summa ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur schyotda hisobga olingan ta’minot summasi qarzlarning qoplanishiga qarab hisobdan chiqariladi. 009 "Majburiyatlar va to‘lovlarni ta’minlash - berilgan" schyotida tashkilot tomonidan berilgan kafolatlar, kafillik (jumladan, veksel bo‘yicha aval orqali), o‘zga ta’minlashlar, shuningdek veksellar bo‘yicha foydalanish huquqini berish (indossament) hisobga olinadi. Majburiyatlarni ta’minlash korxona hisobida majburiyatlar bo‘yicha da’volar taqdim etish muddati tugagunga qadar hisobda bo‘ladi. Tahliliy hisob har bir berilgan ta’minot bo‘yicha yuritiladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling