010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha
berilgan asosiy vositalar" schyoti
010 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar" schyoti, ijara shartnomasi shartlari bo‘yicha mol-mulk ijarachining balansida hisobga olinishi lozim bo‘lgan taqdirda, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mazkur schyotdan moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki shartnomaning boshqa shartlariga ko‘ra qaytarib olingan, shuningdek shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga berilgan har bir asosiy vositalar bo‘yicha alohida, asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |