Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervni hisobga


Download 0.89 Mb.
bet52/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervni hisobga
oluvchi schyotlarning (4900) bog‘lanishi

4910 "Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv" schyoti dargumon qarzlar bo‘yicha rezervning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida tan olinadi. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobot yili oxirida korxona debitorlik qarzlarining inventarlash natijalari asosida tashkil etiladi. Rezerv hajmi har bir dargumon qarz bo‘yicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (to‘lov qobiliyati) va qarz summasini to‘liq yoki qisman to‘lash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Tashkil etilgan rezerv summasiga 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debeti va 4910 "Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv" schyotining kreditida yozuvlar beriladi.
Agar shubhali qarz bo‘yicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning ma’lum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qo‘shiladi va foyda solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazaga qo‘shilmaydi.
Ilgari korxona tomonidan dargumon qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 "Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv" schyotining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan schyotlar)ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv summasining u tashkil etilgan yildan keyingi yil foydasiga qo‘shilishi 4910 "Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv" schyotining debetida va 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Qayd etish zarurki, qonunchilik bilan dargumon debitorlik qarzini hisobdan chiqarishning ikki usuliga ruxsat berilgan: bevosita (to‘g‘ri), ya’ni dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil etilmasdan hisobdan chiqarish usuli hamda rezerv tashkil etish orqali hisobdan chiqarish usuli. Korxona mazkur usullardan birini tanlashi va uni hisob siyosatida aks ettirishi mumkin.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling