Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni
Download 0.89 Mb.
|
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni
hisobga oluvchi schyotlarning (7200) bog‘lanishi Mazkur guruh schyotlari korxonaning uzoq muddatga kechiktirilgan majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 7210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"; 7220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"; 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar"; 7240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar"; 7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar"; 7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar". 7210 "Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirmasi) va ustamasi bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. 7220 "Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul mablag‘larini olish va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari orasidagi farq bilan bog‘liq korxona majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. 7240 "Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" schyotida qonunchilikka muvofiq vakolatli hokimiyat organlarining qarori bo‘yicha bir necha yilga kechiktirib to‘lashga ruxsat etilgan soliqlar bo‘yicha byudjet oldidagi uzoq muddatli qarzlar va majburiy to‘lovlar aks ettiriladi. 7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar" schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan foyda solig‘i summasi aks ettiriladi. Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar korxonaning hisob siyosatiga ko‘ra hisoblanadi. Ushbu xarajatlar korxona tomonidan daromadni olish davomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib hisoblangan foyda solig‘i xarajatlari va soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan to‘lanadigan foyda solig‘i o‘rtasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinadi va 7250 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar" schyotining kreditida aks ettiriladi. 7290 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar" schyotida 7210-7250 schyotlarida ko‘rsatilmagan korxonaning boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlarning kreditida uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar shakllantiriladi, debetida esa ularning joriy qismga o‘tkazilishi aks ettiriladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling