Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga


Download 0.89 Mb.
bet88/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga
oluvchi schyotlarning (7800) bog‘lanishi

Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar korxonaning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan so‘mda va chet el valyutasida olgan uzoq muddatli (12 oydan uzoq muddatga) kredit va qarzlarining holati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari";
7820 "Uzoq muddatli qarzlar";
7830 "To‘lanadigan obligatsiyalar";
7840 "To‘lanadigan veksellar".
Olingan uzoq muddatli bank kreditlari summalari 7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari" schyotining kreditida va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli bank kreditlarini joriy qismga o‘tkazishda tegishli summaga 7810 "Uzoq muddatli bank kreditlari" schyoti debetlanadi va 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi" schyoti kreditlanadi, bunda uzoq muddatli bank kreditining boshlang‘ich qiymati kamaytiriladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schyotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Uzoq muddatli bank krediti hisobiga olingan o‘rnatiladigan asbob-uskuna kirim qilingan



0710, 0720

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



2

Uzoq muddatli bank krediti hisobiga kapital qurilish bo‘yicha ishlar bajarilgan



0810

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



3

Uzoq muddatli bank krediti hisobiga asosiy vositalarni o‘rnatish va sozlash ishlari bajarilgan



0810

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



4

Uzoq muddatli bank krediti hisobiga olingan materiallar kirim qilingan



1010-1090

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



5

Uzoq muddatli bank krediti hisobiga olingan hayvonlar kirim qilingan



1110, 1120

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



6

1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidan foydalanilgan holda uzoq muddatli kredit hisobiga olingan materiallar kirim qilingan



1510

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



7

Uzoq muddatli bank krediti hisobiga olingan tovarlar kirim qilingan



2910

7810

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



8

Uzoq muddatli bank kreditlari hisob-kitob schyotiga olingan

5110

7810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



9

Uzoq muddatli bank kreditlari valyuta hisob-kitob schyotiga olingan



5210, 5220

7810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



10

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

7810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



11

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



9620

7810

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



12

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



7810

6230

Kredit shartnomasi, kurs farqi hisob-kitobi



13

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan bankdan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



7810

9540

Kredit shartnomasi, kurs farqi hisob-kitobi



14

Uzoq muddatli bank kreditining joriy qismga o‘tkazilishi aks ettirilgan



7810

6950

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



15

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga olingan o‘rnatiladigan asbob-uskuna kirim qilingan



0710, 0720

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



16

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga kapital qurilish bo‘yicha ishlar bajarilgan



0810

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



17

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga asosiy vositalarni o‘rnatish va sozlash bo‘yicha ishlar bajarilgan



0810

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



18

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga olingan materiallar kirim qilingan



1010-1090

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



19

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga olingan hayvonlar kirim qilingan



1110

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



20

1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" schyotidan foydalanilgan holda boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga olingan materiallar kirim qilingan



1510

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



21

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kredit hisobiga olingan tovarlar kirim qilingan



2910

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, kredit shartnomasi



22

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kreditlar hisob-kitob schyotiga olingan



5110

7820

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi



23

Boshqa korxona tomonidan berilgan uzoq muddatli kreditlar valyuta hisob-kitob schyotiga olingan



5210, 5220

7820

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



24

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan boshqa korxonadan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

7820

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, kurs farqi hisob-kitobi



25

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan boshqa korxonadan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



9620

7820

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, kurs farqi hisob-kitobi



26

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan boshqa korxonadan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



7820

6230

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, kurs farqi hisob-kitobi



27

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan boshqa korxonadan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



7820

9540

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, kurs farqi hisob-kitobi



28

Kreditlash shartnomasiga muvofiq kredit uchun foizlar kredit bo‘yicha qarz tarkibiga kiritilgan



9610

7820

Kredit shartnomasi, foizlar hisob-kitobi



29

Uzoq muddatli qarz hisobiga to‘lanadigan schyotlar qoplangan



6010

7820

Hisobvaraq-faktura, tovar-transport yukxati, to‘lov topshiriqnomasi, bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



30

Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar chiqarilganligi uchun naqd pul summalari olingan



5010

7830

Kirim kassa orderi, kassir hisoboti



31

Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar chiqarilganligi uchun hisob-kitob schyotiga summalar olingan



5110

7830

Bank hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



32

Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar chiqarilganligi uchun valyuta hisob-kitob schyotiga summalar olingan



5210, 5220

7830

Bank valyuta hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



33

Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar chiqarilganligi uchun maxsus hisob-kitob schyotiga summalar olingan



5530

7830

Bank maxsus hisob-kitob schyotlaridan ko‘chirmalar



34

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan to‘lanadigan obligatsiyalar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

7830

Kredit shartnomasi, kurs farqini aniqlash hisob-kitobi



35

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan to‘lanadigan obligatsiyalar bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



9620

7830

Kredit shartnomasi, kurs farqini aniqlash hisob-kitobi



36

Kurs farqini hisobga olishning jamlash usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan to‘lanadigan obligatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



7830

6230

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, kurs farqini aniqlash hisob-kitobi



37

Kurs farqini hisobga olishning to‘g‘ri usuli bilan chet el valyutasida ifodalangan to‘lanadigan obligatsiyalar bo‘yicha musbat kurs farqi aks ettirilgan



7830

9540

Kredit shartnomasi, to‘lov topshiriqnomasi, kurs farqini aniqlash hisob-kitobi



38

To‘lanadigan obligatsiyalar bo‘yicha uzoq muddatli qarzdan joriy qismga o‘tkazish aks ettirilgan



7830

6830

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



39

Uzoq muddatli to‘lanadigan veksel bo‘yicha pul mablag‘lari hisob-kitob schyotiga olingan



5110

7840

Veksel, bank hisob-kitob schyotidan ko‘chirma



40

To‘lanadigan veksellar bo‘yicha uzoq muddatli qarzdan joriy qismga o‘tkazish aks ettirilgan



7840

6840

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling