Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Rezerv kapitalini hisobga oluvchi


Download 0.89 Mb.
bet96/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Rezerv kapitalini hisobga oluvchi
schyotlarning (8500) bog‘lanishi

Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar";
8520 "Rezerv kapitali (jamg‘armasi)";
8530 "Tekinga olingan mulk".
8510 "Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotida mulklarni qayta baholash natijasida qiymatida vujudga kelgan o‘zgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va to‘ldirilishi mazkur schyotning kreditida qayta baholash natijasida qo‘shimcha baholangan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati arzonlashtirilsa, kamaygan summa o‘sha mulkning avvalgi qo‘shimcha baholanishi hisobiga to‘ldiriladi va u ushbu schyotning debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotida aks ettirilishi lozim.
8520 "Rezerv kapitali (jamg‘armasi)" schyoti korxona tomonidan ta’sis hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitalining shakllanishi 8520 "Rezerv kapitali" schyotining kreditida 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi, rezerv kapitalidan foydalanish esa - ushbu schyotning debetida aks ettiriladi.
8530 "Tekinga olingan mulk" schyoti korxona tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Tekinga olingan mulklar 8530 "Tekinga olingan mulk" schyotining kreditida korxona mulklarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida korxonaning umumiy daromadiga qo‘shiladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling