Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni


Download 0.89 Mb.
bet99/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni
hisobga oluvchi schyotlarning (8700) bog‘lanishi

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlar korxonaning butun faoliyat davri va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)";
8720 "Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)".
8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotida korxonaning hisobot davrida faoliyati bo‘yicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Sof foyda summasi hisobot davrining oxirida yakuniy yozuv bilan 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining kreditiga, zarar summasi esa ushbu schyotning debetiga 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyoti bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
Taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar to‘lash uchun yo‘naltirilganda 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debetida va 6610 "To‘lanadigan dividendlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilikda belgilangan tartibda rezerv kapitalini shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyoti debetlanadi va 8520 "Rezerv kapitali (jamg‘armasi)" schyoti kreditlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (3-son BHMS) "Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot" (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 25 avgustda 43-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 27 avgustda 484-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 17-bandiga muvofiq taqsimlanmagan foydadan oldingi davrda sodir etilgan muhim xatolarni tuzatishda va hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilganda foydalanish mumkin.
Hisobot davridagi taqsimlanmagan foydani taqsimlashdan keyin qolgan summa 8710 "Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotidan 8720 "Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)" schyotiga o‘tkaziladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling