Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
T/r Xo‘jalik operatsiyasining
Download 0.89 Mb.
|
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlarning (8800) bog‘lanishi
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlarning (8800) bog‘lanishi Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar maqsadli moliyalashtirish mablag‘larining holati va harakati, shuningdek a’zolik badallari va maqsadli yo‘nalish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 8810 "Grantlar"; 8820 "Subsidiyalar"; 8830 "A’zolik badallari"; 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari"; 8890 "Boshqa maqsadli tushumlar". U yoki bu tadbirlarni maqsadli moliyalashtirish manbasi sifatida olingan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari, pul mablag‘lari, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, tovar-moddiy qiymatliklar va hokazolarni hisobga olish schyotlari bilan bog‘langan holda, maqsadli moliyalashtirishni hisobga olish schyotlarining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Maqsadli moliyalashtirish mablag‘laridan foydalanish maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bo‘yicha va materiallar, mehnat haqi, ijtimoiy to‘lovlar va hokazolarni hisobga olish schyotlarining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu schyotlar, shuningdek asosiy ustav (notijorat) faoliyati doirasida maqsadli daromadlar (tushumlar)ni va maqsadli xarajatlarni hisobga olishi lozim bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tomonidan ham qo‘llaniladi. Har qanday maqsadli tushumlar daromadlar va xarajatlar smetasi tuzilishini talab qiladi, hisobot davri yakunlangandan keyin esa smeta ijrosi to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi. Asosiy ustav (notijorat) faoliyati doirasida vujudga keladigan xarajatlar smeta (byudjet) moddalari bo‘yicha hisobga olinadi. Ushbu moddalarning bandlarini tashkilot mustaqil ravishda belgilaydi, maqsadli tushumlardan foydalanish yo‘nalishlarini esa o‘zining donorlari, xayriyachilari, grant beruvchilari, a’zolari bilan kelishishi mumkin. Biz "O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobi" deb nomlangan kitob mualliflarining bajariladigan loyihalar ko‘p miqdorda bo‘lganida va ular turli manbalar hisobiga murakkab moliyalashtirilganda schyotlar ishchi rejasiga maqsadli notijorat dasturlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar, masalan, 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar"ni kiritish lozim degan taklifiga qo‘shilamiz. Loyihalar (yoki bosqichlar) bajarilib borgan sari ushbu schyotlarning qoldiq (saldo)lari moliyalashtirishning tegishli manbalariga o‘tkazilib boriladi. Boshqa maqsadli tushumlar uchun schyotlarning namunaviy rejasida qo‘llanilmaydigan, ya’ni 8850, 8860, 8870, 8880 va hokazolardan foydalanish mumkin. Bajarilayotgan loyihalarning soni kam bo‘lib va ularning har biri moliyalashtirishning aniq belgilangan manbai bilan bog‘langan taqdirda, notijorat faoliyat bo‘yicha xarajatlarni bevosita moliyalashtirishning tegishli manbalariga hisobdan chiqarish mumkin. Masalan: - grant bo‘yicha mehnat haqi hisoblangan: Debet 8810-8890 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar" Kredit 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar"; - materiallar sarf-xarajat qilingan: Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar" Kredit 1000 "Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar". Loyihalar miqdori ko‘p bo‘lgan taqdirda, xarajatlar hisobini dastavval xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda olib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan: - mehnat haqi hisoblangan: asosiy ishchilarga: Debet 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar"; ma’muriy xodimlarga: Debet 9420 "Ma’muriy xarajatlar" Kredit 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar"; - materiallar sarf-xarajat qilingan: asosiy xarajatlarga: Debet 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar"; ma’muriy ehtiyojlar uchun: Debet 9420 "Ma’muriy xarajatlar" Kredit 1000 "Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar". Har bir hisobot davrining oxirida hisobga olingan xarajatlar quyidagi o‘tkazmalar bilan hisobdan chiqariladi: Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar" Kredit 2210 "Maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha xarajatlar" Kredit 9420 "Ma’muriy xarajatlar". Nodavlat notijorat tashkilotlarida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani hisobga olish muammosi mavjud, chunki ularning qiymati uzoq muddat davomida moliyalashtirishni kamaytirishga kiritiladi. Faraz qilaylik, maqsadli moliyalashtirish bo‘yicha qiymati 500 ming so‘m bo‘lgan kompyuter olingan. Kompyuterdan foydalanishning me’yoriy muddati 5 yil. Kompyuter olinganda quyidagicha o‘tkazma beriladi: Debet 0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" - 500 ming so‘m. Kredit 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar" - 500 ming so‘m. Asosiy vositalar bo‘yicha eskirish hisoblashning ikki usulini nazarda tutish mumkin. 1. Eskirish hisoblashni quyidagi o‘tkazmalar bilan qayd etish: Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar" - 8,3 ming so‘m. Kredit 0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi" - 8,3 ming so‘m. 2. Grant yoki maqsadli moliyalashtirishning boshqa turi muddati cheklangan taqdirda, asosiy vositalar va amortizatsiya ajratmalarini schyotlarning ishchi rejasiga 8200 "NNTning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardagi jamg‘armasi" schyotini kiritish maqsadga muvofiqdir. Masalan, loyihani o‘zlashtirish muddati - ikki yil. Ushbu vaqt ichida 200 ming so‘mlik eskirish jamg‘ariladi va maqsadli moliyalashtirish schyotidagi qoldiq 300 ming so‘mni tashkil etadi. Mazkur summa quyidagi yozuv bilan aks ettiriladi: Debet 8800 "Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar" - 300 ming so‘m. Kredit 8200 "NNTning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardagi jamg‘armasi" - 300 ming so‘m. Keyinchalik eskirish hisoblanganda quyidagi yozuv beriladi: Debet 8200 "NNTning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardagi jamg‘armasi" - 8,3 ming so‘m. Kredit 0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi" - 8,3 ming so‘m. Soliq va bojxona imtiyozlari natijasida paydo bo‘lgan bo‘shagan summalarni maqsadli vazifalarni hal etish uchun yo‘naltirish sharti bilan berilgan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" schyotida olib boriladi. Soliq va bojxona imtiyozlarini hisoblashda ularni mufassal hisobga olish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar schyotlarining ishchi rejasiga quyidagi schyotlar kiritiladi: a) byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) guruhida "Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)"; b) byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6400) guruhida "Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliq va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)"; v) sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) guruhida "Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar - soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)"; g) turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) guruhida "Importda QQS va aksiz bo‘yicha soliq imtiyozlari hisoblangan (turlari bo‘yicha)". Soliq imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar summasi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi schyotlarda debetlanadi va 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" schyotida kreditlanadi. Soliqlardan ozod qilish natijasida vujudga kelgan summalar berilgan imtiyoz muddati belgilanganda - imtiyoz muddati tugagandan keyin, qolgan holatlarda esa - har yili 8840 "Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari" schyotining debetidan 8530 "Tekinga olingan mulk" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling