Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi
II BOB. SChYoTLARNING BOG‘LANIShI
Download 0.89 Mb.
|
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ
II BOB. SChYoTLARNING BOG‘LANIShI
IV qism. Xususiy kapital VIII BO‘LIM. KAPITAL, TAQSIMLANMAGAN FOYDA VA REZERVLAR Ustav kapitali (jamg‘armasi)ni hisobga oluvchi schyotlarning (8300) bog‘lanishi Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning (8400) bog‘lanishi Rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarning (8500) bog‘lanishi Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning (8600) bog‘lanishi Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi schyotlarning (8700) bog‘lanishi Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlarning (8800) bog‘lanishi Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini hisobga oluvchi schyotlarning (8910) bog‘lanishi VIII bo‘limning schyotlari xususiy kapital holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni umulashtirish uchun mo‘ljallangan. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosga muvofiq, xususiy kapital sub’ektning majburiyatlari chegirilgandan keyin uning aktivi hisoblanadi. Kapital - bu majburiyatlar chegirilgan aktivlarning qiymatini, ya’ni u kelajakda majburiyatlarni qoplash uchun yo‘naltirilmaydigan aktivlarning qiymatini ifodalaydi. Hisobvaraqlar rejasida xususiy kapitalning quyidagi tarkibiy qismlari alohida aks ettirilishi lozim: - ustav kapitali; - qo‘shilgan kapital; - rezerv kapitali; - taqsimlanmagan foyda; - maqsadli tushumlar; - kelgusi xarajatlar va to‘lovlar bo‘yicha rezerv. Quyidagilar kapital hisobi yuritilishini tartibga soluvchi asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar bo‘lib hisoblanadi: - O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida"gi 310-II-son Qonuni; - O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida"gi 308-II-son Qonuni; - O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 223-I-son Qonuni; - Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda 475-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (3-son BHMS) "Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot" (Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 25 avgustda 43-son bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 1998 yil 27 avgustda 484-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (14-son BHMS) "Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot" (moliya vazirining 2004 yil 1 martdagi 36-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2004 yil 7 aprelda 1335-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - 1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom (2002 yil 29 oktyabrdagi O‘zR MISVning 4-son, MVning 129-son, DSQning 2002-86-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2002 yil 4 dekabrda 1192-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan); - Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va byudjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida nizom (2005 yil 24 fevraldagi O‘zR MVning 29-son, DSQning 2005-25-son, DBQning 01-02/8-3-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zR AV tomonidan 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling