Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Asosiy vositalar eskirishini hisobga


Download 0.89 Mb.
bet10/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Asosiy vositalar eskirishini hisobga
oluvchi schyotlarning (0200) bog‘lanishi

Korxonaga egalik qilish huquqida tegishli bo‘lgan va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar eskirishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish quyidagi schyotlar orqali amalga oshiriladi:


0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
Tahliliy hisob tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijdagi asosiy vositalarning eskirishi mavjudligi va harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Mazkur guruh schyotlari krediti bo‘yicha, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish aks ettiriladi.
Korxonaga egalik qilish huquqida tegishli bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarini tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish, kamomad yoki nobud bo‘lish natijasida hisobdan chiqarishda ular bo‘yicha jamlangan eskirish summasi asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling